Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə83/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126
4. ДАРСЛИК

Maqsad:
«d» tovushi va «Dd» harflari bilan tanishtirish, o‘rganilgan unli harflar bilan bo‘g’in, so‘z tuzish va o‘qish.
Vazifalar:

  • «D» tovushining undosh tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish,uning to‘g’ri talaffuzini o‘rgatish;

  • «D» tovushli so‘zlar bilan bolalar lug’atini boyitish;

  • «D» tovushli so‘zlarni bo‘g’inga bo‘lish;

  • Bo‘g’inlardan so‘z tuza olish.

Kutilayotgan natijalar:

  • «D» tovushi va «Dd» harflaritsh bilib oladilar.

  • «D» tovushining undosh tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

  • «D» tovushli so‘zlarni ayta oladilar;

  • «D» tovushli so‘zlarni bo‘g’inlarga bo‘la oladilar.

Kerakli jihozlar:

  • «Dd» harflari;

  • «D» tovushi qatnashgan predmetlar suratlar;

  • «Bo‘g’inlardan so‘z tuzing» ta’limiy o‘yini uchun materiallar.

Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi bolalarga o‘rganilgan harflarni Harf jildidan o‘qitadi. Ularga xos xususiyatlarni savollar yordamida eslatadi: Bular qanday xarflar? Ular nimalarni ifodalaydi? Unli tovushlar qanday aytiladi? Ular nimadan hosil bo‘ladi? Ular nima hosil qiladi? (bo‘g’in hosil qiladi.). Bu harflarning nechta shakli bor?
Bolalar, bugun «D» tovushi va bosh va kichik «Dd» harflari bilan tanishamiz. Bosh «D» va kichik «d» ko‘rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi. Bosh «D» harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (bosh shakli – bosh D harfi) Bosh «D» harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu («D») qanday harf? (bu kichik «d»harfi) U qaysi so‘zlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men ko‘rsatgan «Dd» harflarini nimalarda o‘qiysiz?

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin