3.Tarbiyachi o‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashning zarurligi. O‘qituvchi - tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak.
Bolalarning nutq madaniyati pedagogning (va boshqa kattalar¬ning) nutq madaniyatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Doimo kichkintoylaming diqqat-e’tibori markazida turadigan va ular bilan muloqot qiladigan tarbiyachining nutqi bolalar ona tili, nutq madaniyati namunalarini oladigan asosiy manba hisoblanadi, shuning uchun u nafaqat to‘g‘ri so‘zlashi, ona tilining barcha tovushlarini aniq va tushunarli qilib talaffuz etishi, balki u muayyan balandlikdagi ovozda bo- siqlik bilan so‘zlashi, uning nutqi intonatsion jihatdan ifodali, grammatik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan, ravon, tushunish uchun oson bo‘lishi hamda so‘z bilan belgilash to‘g‘ri va aniq amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyachining ifodalilik vositalaridan foydalangan holda o‘qigan hikoyasi bolalarda qiziqish uyg‘otadi, ularda qayg‘urish, so‘z kuchini his qilish, uring mazmunini anchagacha yodda saqlab qolish imkonini beradi; agarda aynan shu hikoya tez va qumq ohangda his-haya- jonlarsiz o‘qib berilsa, u faqatgina badiiy asarga nisbatan zerikish va befarqlikni shakllantiradi.
Pedagog o‘z nutqiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishi va unda kamchiliklar borligini sezsa, ularni darhol bartaraf etishga intilmog'i lozim.
Biroq o‘z nutqining kamchiligini aniqlash har doim ham oson kechmaydi, chunki muloqot jarayonida so‘zlovchining diqqat-e’tibori eng av¬valo nutqning shakliga emas (qay tarzda aytish), balki uning mazmuniga (nimani aytish) qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘z nutqiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ayrim kamchiliklar tilga qattiq o‘mashib qolishi va keyinchalik so‘zlovchi uni sezmay qolishi mumkin. Masalan, nutqning shoshqaloqligi, tushunarsizligi, bir ohangdaligi (monotonligi), ovozning kuchliligi, ayrim tovushlar, so‘zlarni noaniq talaffuz qilish kabi nuqsonlar sezilmasdan qoladi.
O‘z nutqining nomukammalliklari haqida bilish uchun pedagog o‘z o‘rtoqlarining mulohazalariga quloq tutishi darkor. Ochiq darslarni videokassetaga yozib olish va uni keyin muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Shunda tarbiyachi nutqini tovush, leksik vositalardan foydalanish, grammatik jihatdan rasmiylashtirish nuqtayi nazaridan tahlil qilish mumkin bo‘ladi.
Ayni paytda shuni hisobga olish lozimki nutqni yozib olish chog‘ida tarbiyachining o‘zini-o‘zini nazorat qilishi evaziga nutq si¬fati yaxshilanadi. Shuning uchun nutqda aniqlangan kamchiliklarga tarbiyachining o‘zi va uning o‘rtoqlari diqqat-e’tibor bilan yondashishlari zarur.
Nutqda aniqlangan kamchilik(nomukammalliklar)larni (yomon diksiya, leksik-grammatik rasmiylashtirishdagi xatoliklar va h.k.) tarbiyachi maxsus daftarga qayd etadi, so‘ngra reja ishlab chiqadi va kamchiliklarni bartaraf etishga doir ishlarni tashkil qiladi.
O‘z tarbiyalanuvchilarida ana shunday kamchiliklar paydo bo‘lishining oldini olish uchun pedagog o‘z nutqiga nisbatan qanday talablarni qo‘yishi zarur?
Bolalar aniq va tushunarli so‘zlaydigan, iboralar, so‘zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo‘lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlami muvaffaqiyatli ravishda o‘zlashtiradilar. Ko‘pincha pedagoglaming talaffuzi biroz noaniq va tushunamz bo‘ladi, ular tovushlar va so‘zlami og‘izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.
Pedagog talaffuzning adabiy me’yorlariga rioya qilishi, o‘z nutqida turli shevalar, mahalliy so‘zlashuvlar ta’sirini bartaraf etishi, so‘zlarda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yishi lozim.
Nutqda hissiyotlar, fikrlarning eng nozik qirralarini ham ifodalash mumkin. Bunga nafaqat tegishli so‘zlar yordamida, balki ifodalilikning intonatsion vositalari, ovoz kuchi, sur’ati, mantiqiy urg‘usi, pauza, ritm, tembr, ohangdan to‘g‘ri foydalanish tufayli erishiladi. Ushbu vosita¬lardan foydalanilganda tarbiyachi tomonidan bolalarga o‘qib berilgan she’rlar, ertaklar, hikoyalar ulaming mazmunini yaxshi tushunish, ona tilining qudrati va go‘zalligini his qilish imkonini beradi.
Bir xil ohangdagi nutq kichik tinglovchilami toliqtirib qo‘yadi, matn mazmuniga bo‘lgan qiziqishni pasaytiradi. Bolalar bunday nutqni tinglash davomida tez toliqib qoladilar, boshqa tomonlarga qaraydilar, chalg‘iy boshlaydilar, keyinroq esa umuman tinglamay qo‘yadilar.
Tovush apparati uch bo‘limdan iborat: generator, energetik, rezonator.
Tovushning hosil botishi:
1. Bu tovush kuchi bilan bog‘liq (nutq apparati organlari bilan bog‘liq).
2. Tovush jarangdorligi (tovush jarangdorligini turli masofalarga yuborib baland pastligini o‘zgartirish).
3. Tovushning egiluvchanligi va harakatchanligi (tovushni o‘zgartira olishi, tovushning baland-pastligi).
4. Diapazon-tovushning hajmi (chegarasi eng baland va eng pastki ton bilan belgidir).
5. Tembr-tovushning yaqinligi, yumshoqligi, silliqligi, xususiyligi. Tovush apparatining charchashi, tovushda bor bo`lgan nuqsonlar va buzilishlar orqali yuzaga keladi.