Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə90/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126
4. ДАРСЛИК

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Tarbiyachi nutqining bolalar nutqini to'g'ri rivojlanishidagi ahamiyati qanday?

  2. Tarbiyachi nutqiga qo'yiladigan pedagogik talablarni sanang.

  3. Sizningcha bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga va nutqiga qo’yilgan talablar asoslimi? Bu borada sizda qanday takliflar bor?

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
2.D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
3.Jo‘raev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
4.Shodieva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
5.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
6. Shodieva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
7. Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.
8. Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. -T.: Ma'naviyat, 2003
9.Begmatova N.X., Aripov M. Multimediya texnologiyasidan foydalanish. -T., 2012.


18-§:MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI VA OILADA NUTQ O‘STIRISH BO’YICHA METODIK ISHLAR




REJA:
1. Farzand tarbiyasining oilada tutgan o‘rni
2. Maktabgacha ta`lim muassasalari va oilada olib boriladigan ishlar
3. Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish


Tayanch tushunchalar: tarbiya, oila, nutq o’stirish, tarbiyachiga qo’yiladigan talablar, ota-onalarga qo’yiladigan talablar, ota-onalar burchagi, ko’rgazma tashkil etish, ota-onalar qo’mitasi.


1.Farzand tarbiyasining oilada tutgan o‘rni. Bolalar tarbiyasi masalasi azaldan muhokamaga sabab mavzu sanalgan. “Bolalarni kim tarbiya qilishi kerak, oilami yoki davlat” – degan jumboq qadimgi yunon faylasuflari Aflotun ham Arastu davrlaridanoq paydo bo‘lgan. Bu ikki olim ham o‘z qarashlarini bayon etgan. Ularning fikriga ko‘ra, bola tarbiyasi bilan davlat shug‘ullanishi kerak va barcha zarur ishlarni davlat bajarishi kerak edi. Bu fikrni qo‘llab-quvvatlovchilar ham topildi. Biroq sharq mutafakkirlari bu nazariyani rad etishdi, aksincha bola tarbiyasi uchun dastavval ota-ona javobgar degan fikrni ilgari surishdi.
Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni ham tartibga solish zarur ekanligini Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida keltirib o‘tgan. Necha asrlik tarixga ega bo‘lishiga qaramay o‘sha fikrlar hali ham amalda muhim sanaladi. “Ota-onalarning bolalarga tarbiyaviy ta’sirining bor kuchi obro‘ga asoslanadi. Biroq, bu obro‘ tabiatan berilmaydi, sun’iy ravishda yaratilmaydi, qo‘rqitish va zo‘rlik bilan erishilmaydi, balki ota-onaga nisbatan mehr-oqibatdan kelib chiqadi”-degan fikrni yoqlaydi. Hamma ota-onalar ham bolalarini yaxshi ko‘radi. Lekin yaxshi ko‘rish bilan mehr bilan yaxshi ko‘rishni farqi bor. Ba’zi qattiqqo‘l ota-onalar borki, ular garchi qattiqqo‘l bo‘lsalar-da, lekin bolalari ota-onalarini qattiq hurmat bilan yaxshi ko‘radilar. Sababi, garchi qattiqqo‘l bo‘lsalar-da, lekin bolasiga mehr bilan ko‘ziga tik qarab, cho‘kkalab tanbeh bergan-ki, buni bola juda muhimligini tushungan. Shunchaki “bu ish mumkinmas, bunday qilma” deyish o‘rniga qattiqqo‘l bo‘lsalar-da obro‘ topgan ota-onalar bolalarining qo‘llarini ushlab, ular bilan hattoki bo‘ylarini ham tenglash maqsadida cho‘kkalab, do‘stlarcha ko‘zlariga qarab o‘ziga ishongan shaxs ovozida tushuntirishi qilingan xatoning takrorlanmasligini kafolatlaydi. Umrida bolasini ko‘ziga qaramay, faqat shirin so‘zli, erkalovchi ota-onalarning bolalari aksincha, ulardan uzoqlashadilar. Sababi bolalar bilan muloqotda siz ham bolalikka qaytishingiz kerak. Biz kattalar ham ko‘proq tashqaridagi insonlar gapini muhim deb sanaganimiz kabi bolalar ham tengdoshlarini fikrini o‘ziga yaqin olishadi. Shuning uchun ham bolalar bilan bola tilida muloqot qilish kerak. Bu samarali va sinalgan uslubdir. Biz qattiqqo‘l bo‘lish kerak degan fikrdan yiroqmiz, biroq oilada tarbiyachi ota-onalar ekanligini unutmagan holda, bolalar bilan tarbiya masalasida oz bo‘lsa-da qattiqqo‘llik kerak degan fikrdamiz. Bu degani bolani urish yoki shaxsiyatiga tegish emas. Shunchaki bolaga qat’iyat bilan javob berish, ko‘zlar bilan yo‘l ko‘rsatish va o‘zini farzandi uchun ideal darajaga olib chiqish oilada farzandlar oldida ota-onalarning hurmat qilinishini kafolatlaydi. Bundek ota-onalar bolaning erkalanish vaqtini ham, o‘ynash vaqtini ham, oilada o‘zini erkin tutishi muhimligini ham yaxshi biladilar, faqat hukronlikka intilib, bolalar ustidan zug‘m qilish kelajakda yaxshi meva bermasligini tushunadilar. Shuning uchun ham Alisher Navoiy “tarbiyada xato qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak” – degan. Bu fikr nafaqat ota-onalar, balki tarbiyachilar uchunham ta’lluqlidir.
Tarbiyachi bolalarga aslo baqirmasliklari kerak. Tarbiyachining baqirib tanbeh berishi bolalarga salbiy ta’sir qiladi. U rivojlanishdan to‘xtaydi, ya’ni ko‘zga ko‘rinmaslikka harakat qiladi, hech qachon tashabbus ko‘rsatmaydi. E’tiborda bo‘lishdan qo‘rqib yashashadi. Shuni yodda tutish kerakki, faqatgina boladagi tashabbuskorlik, xayrixohlik va erkinlik ularning yaxshi natijalarga erishishida yordam beradi. Shu bilan birga oiladagi sharoit va muammolar ham bolalar psixikasiga ta’sir qiladi. Shuning uchun bolalarni ota-onalari bilan har kuni bu haqida oz fursat bo‘lsa-da, bolaning bugungi kayfiyati haqida so‘rab olish kerak. Tarbiyachi har bir bola bilan individual suhbat chog‘ida o‘shaning kayfiyatga kira olishi va ikkalasi birgalikda kayfiyatni ko‘tarishga erishishi zarur. Yig‘lab turgan yoki hafa holdagi bolaga aslo kulib gapirilmaydi. Bu bolaga ham yoqmaydi. Mahoratli tarbiyachilar yoshga bog‘liq bolalar psixikasini o‘rganadi va ulardagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq sabablarni qidiradi, har bir bolaning individual xususiyatlarini ko‘ra biladi. Aksincha, shunchaki oylik uchun ishlayotgan tarbiyachilar esa bu jarayonda ota-onalar bilan bog‘liq muammolar sababli deb e’tiborsiz qoldiradilar. Garchi ota-onalar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, lekin o‘sha jarayondan chiqib ketish mahoratli tarbiyachilar uchun sevimli kasblaridagi bir imtihon kabi oson kechadi. Shuningdek, bu jarayonda bolaning kayfiyatini, umuman ruhiyatini ko‘tarish uchun ham tarbiyachi bolaning yaqin qarinoshlari bilan yaqindan suhbat qilish kerak bo‘ladi. Bolaning shaxsiyatiga tegmagan holda unga mehr ko‘rsatishga dav’at etish lozim.
Tarbiyachilik eng muhim kasblardan biridir. Kasblarni bir-biridan ustun qo‘yib bo‘lmaydi, lekin tarbiyachilik baribir yuksak e’tirofga arziydi. Aynan bolalar bog‘chasida bolalar dunyoviy bilimlarga qiziqishni boshlaydilar, bu qiziqishni tarbiyachilar uyg‘otadilar. Tarbiyachi bu jarayonda hammani teng ko‘ra bilishi doim eslatilib kelingan. Agar tarbiyachi kimnidir a’lo ko‘radigan bo‘lsa-da, buni aslo bildirmasligi lozim. Shunday vaziyatda tarbiyachining adolatliligi, mehribonligi, mas’uliyatliligi, pedagogik mahoratining mavjudligi yordam beradi. Tarbiyachi ham robot emas, biroq u avvalo insoniy his-tuyg‘ularga aldanmasligi, faoliyati davomida faqat tenglikka amal qilishi lozimligini yodda tutmog‘i shart. Bizning nazarimizda ideal tarbiyachi qanday bo‘lishi kerak? Har kimning qarashi bu borada o‘zgacha. Eng muhimi shuki, tarbiyachi hech qachon to‘xtab qolmasligi, doim mehri bilan intilishda bo‘lmog‘i kerak. Malakasini oshirishi, mualliflik uslubi, qo‘llanmamalari, maqolalarini e’lon qilib borishi ham uning zamonaviy pedagok ekanligini isbotlaydi. Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga ma’suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi o‘z ma’suliyatini anglashga ta’lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishiga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak.
Maktabgacha ta’limda bolalar nutqini o‘stirish, ularni fikrlashga, uni boshqalarga tushunarli bayon etishga o‘rgatish, bolalarning “obrazli, mantiqiy, ijodiy, abstrakt” fikrlashini shakllantirish va maktabga tayyorlashda nutq o‘stirish metodlarining o‘rni, mohiyati muhimdir. Shuning uchun har bir tarbiyachi pedagogning ta’lim metodlarini puxta bilishi, bolalar nutqini rivojlantirishning eng qulay metodlarini tanlashi va qo‘llay olishi, uni takomillashtirishi lozim.
Bizningcha, fikrlash bu – faol jarayon bo‘lib, u biror haqiqat yoki asos to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab olishi bilan ahamiyatlidir.
Erta bolalikdan farqli o‘laroq, maktabgacha tarbiya g‘oyalarga asoslangan. Bola hozirgi paytda nimani sezmaganligini, balki o‘tgan tajribasidan bilgan narsasini o‘ylashi mumkin. Tasvirlar va tasavvurlar bilan ishlash maktabgacha yoshdagi bolaning fikrlashini qo‘shimcha vaziyatga aylantiradi, qabul qilingan vaziyatdan tashqariga chiqadi va bilish chegaralarini sezilarli darajada kengaytiradi. Maktabgacha yoshdagi bolaning fikrlashidagi o‘zgarishlar, avvalambor, fikrlash va nutq o‘rtasida tobora yaqinroq aloqalar o‘rnatilayotganligi bilan bog‘liq. Bunday o‘zaro bog‘liqliklar, birinchidan, batafsil fikrlash jarayoni paydo bo‘lishiga olib keladi - mulohaza yuritish, ikkinchidan, nutq rejalashtirish funktsiyasini bajarishni boshlaganda, amaliy va aqliy faoliyat o‘rtasidagi munosabatlarni qayta qurish, uchinchidan, aqliy operatsiyalarning jadal rivojlanishiga olib keladi. Fikrlash savol berishdan boshlanadi. Savolning mavjudligi fikrlashning muammoli xususiyatini ko‘rsatadi, chunki u bolada paydo bo‘lgan intellektual yoki amaliy vazifani aks ettiradi. Maktabgacha yoshdagi bolada savollar kognitiv xususiyatga ega bo‘lib, qiziquvchanlik, dunyoni bilishga intilish rivojlanganligidan dalolat beradi. Bolalarning savollariga o‘xshab ko‘rinadigan beg‘uborligi ortida borliqning murakkab muammolarini anglash, hodisa yoki jarayon mohiyatiga kirib borish istagi yotadi. Bizningcha, fikrlash bu – faol jarayon bo‘lib, u biror haqiqat yoki asos to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab olishi bilan ahamiyatlidir.
Oila va oilada bola tarbiyasi doimo dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan va bundan buyon ham shunday boiib qoladi. Tarbiya ishi qanchalik erta boshlansa, hosil ham shuncha erta ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ota-onalar va ta’lim muassasalari tarbiyachilari hamda pedagoglaming vazifasi yosh avlodni aqlan etuk, jismonan sogiom, axloqan pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Sog’lom bola avvalo sog’lom va mustaxkam oilada dunyoga kelishi, muqaddas dargoxda o'sib, ulg‘ayib, tarbiyalanib voega etishi hammaga maium. Oilada farzand tarbiyasida qo‘yilgan har bir xato va kamchilik insonning kelajagiga o‘z ta’sirini oikazmasdan qolmaydi va aksincha to‘g‘ri va sogiom bola tarbiyasi kelajak poydevor boiib xizmat qiladi.
Bola tarbiyasi bilan shug‘ullangan oilalaming bolalari ta’lim muassasasida o‘z imkoniyatlarini mashg'ulot jarayonida qiynalmasdan koisata oladilar. Oila va taiim muassasaslarining uzluksizligi bolani nafaqat jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki uni ma’naviy shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oila va taiim muassasalari tomonidan bolalarga berilayotgan taiim-tarbiya, pandu- nasihatlari haqiqat yoiida xizmat qilishga da’vat etishidan iborat boiishi lozimdir.
Oila va maktabgacha taiim muassasalarining eng dolzarb vazifalaridan biri sogiom bola tarbiyasi ekan , demak Maktabgacha taiim muassasalarida hozirgi zamon talablarig mos ravishda , har tomonlama mukammal tarizda singdirilgan bilim, tarbiya yosh go‘dak qalbida, ongida muxirlanib qoladi. Bolalami jismonan barkamoletib tarbiyalash, etuk, yuqori ahloqli shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya’ni akliy tarbiya, ahloqiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va nafosat tarbiyasiga xos bo‘Is a, oilada ota-onalarimizning zimmasida sogiom nasil, sogiom bola tarbiyasi mas’uliyati, bolalarni sharqona uslubda tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni kundalik hayotga tadbiq etish, yoshlar qalbida Vatanga muxabbat ruxida tarbiyalash, imonu-e’tiqod, insofu-diyonat xaqida ma’lumotlami to'liq bilish bilan birga bolalardagi mexir oqibat, kattalarga boigan xurmat, kabi xislatlami shakllantirish vazifalari turibdi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun treninglar, munozaralar, testlar, topshiriqlar, savol nomalar, interfaol metodlari vaqti- vaqti bilan o'tkazilib turilsa, ayniqsa maktab yoshdagi 6-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalaming ishtirokida olib boriladigan har-bir mashg‘ulotlar farzandlarining nimaga qodir ekanliklarini anglab olishlariga yaqindan yordam berilardi va bolalarni maktabga tayyorlashda oila a’zolarining mas’uliyati oshardi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin