Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə87/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126
4. ДАРСЛИК

Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Bolalarni o’qish, yozishga qiziqtirishda nimalar ahamiyatli sanaldi?

  2. Bolalarni savodga tayyorlash muhiti nima?

  3. Turli faoliyat doirasida bolalarni savodga tayyorlashda nimalarga ahamiyat berish kerak?

  4. Savodga o’rgatishning tayyorgarlik davri qanday rejalashtiriladi?

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
2.D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
3.Jo‘raev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
4.Shodieva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
5.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
6. Shodieva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
7. Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.
8. Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. -T.: Ma'naviyat, 2003
9.Begmatova N.X., Aripov M. Multimediya texnologiyasidan foydalanish. -T., 2012.


17-§: TARBIYACHI NUTQIGA QO'YILADIGAN PEDAGOGIK TALABLAR




REJA

  1. Tarbiyachi nutqining bolalar nutqini to'g'ri rivojlanishidagi ahamiyati.

  2. Tarbiyachi nutqiga qo'yiladigan pedagogik talablar

  3. Tarbiyachi o‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashning zarurligi



Tayanch tushunchalar: madaniyatli munosabat, ilg'or tajribali, haqiqatgo‘ylik, madaniy axloq, texnikaviy vositalar, ravon nutq, pauza, ritm, tembr, ohang, sheva, mahalliy so ‘zlashuv, ibora, nutqning shoshqaloqligi.

Tarbiyachi nutqining bolalar nutqini to'g'ri rivojlanishidagi ahamiyati. Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash – bu uning o'z kasb-koriga tayyorligini belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi. Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o'rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo'yicha mashhur mutaxassis, professor Y.I.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: "Bog'chada bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog'bon)ning tilidir, tarbiyachining tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda kuchli ta'sir ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtiradigan bo’lishi kerak. Bog'bonning tili bekam-u ko'st, adabiy talaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo'lishi lozim".
Tilshunoslik bolalar nutqni kattalarga taqlid qilish yo’li bilan egallab olishlarini isbotlab berdi. Tarbiyachining nutqi ona tilini endigina o'rganayotgan bolalar uchun namuna va ularga ta'sir etish vositasidir. Bolalar hali tajribalari yo'qligi, nutqlari yaxshi rivojlanmaganligi sababli kattalar nutqidagi yaxshi jihatlarga ham, yomon tomonlarga ham bir xilda taqlid qilaveradilar. Har bir yosh guruhidagi bolalar, o'z tarbiyachilari bilan maishiy-xo'jalik, mehnat, o'yin faoliyatida muloqotda bo'ladilar. Tarbiyachi bolalar o'yinini tashkil etadi, badiiy asararni o'qib beradi yoki hikoya qiladi. Mana shu jarayonda tarbiyachi nutqining yaxshi tomonlari ham, nuqsonlari ham yaqqol namoyon b’ladi va bu xususiyatlar tarbiyalanuvchilar nutqida o'z aksini topadi. Demak, bolalar bog'chasi tarbiyalanuvchilarining nutq xususiyatlari to’laligicha tarbiyachi nutqiga bog'liq. Doimo bolalarning diqqat markazida bo'lgan tarbiyachining nutqi bolalar muhim madaniy nutq namunasi hisoblanadi.
Tarbiyachi har doim o’z nutqiga tanqidiy nuqtayi nazardan qarashi, agar nutqida biror kamchilikni sezsa, uni darhol bartaraf' etishga harakat qilishi kerak. Biroq u har doim o’z nutqidagi kamchilikni aniqlashga muvaffaq bo'lmaydi. Chunki unina diqqati nutqining shakliga emas balki mazmuniga qaratilgan bo’ladi.Bundan tashqari, uzoq vaqtgacha o’z nutqiga ehtiyotsizlik bilan qaraganligi tufayli, ayrim kamchiliklar nutqiga mustahkam o'rnashib qolishi va bu nuqson o'ziga rnutlaqo sezilmasligi mumkin. Buning uchun. tarbiyachi hamkasblarining ko’rsatmalariga amal qilishi va bu kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilishi kerak.
Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, haqiqatgo‘ylik, yaxshilik, jasurlik, kamtarinlik, adolat, kattalarga hurmat bilan qarash, kuzatuvchanlik, tabiatga qiziqish, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Xalq san’ati, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, musiqa, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi.
Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati o‘qituvchi – tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni xurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo‘la oladi. Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarni chinakam ma’naviy murabbiysi bo‘lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog‘likdir. Pedagogik qobiliyat – pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik mahorat – bu yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:

  1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq eta oladigan bo‘lishi;

  2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa olishi;

  3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;

  4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ularning diqqatini jalb kilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;

  5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi;

  6. Kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;

  7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi;

  8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashtirib turishi;

  9. Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo‘lsa ovuntira olishi;

  10. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak. Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, har bir tarbiyachi o'z nutqidagi nuqsonlarni aks ettiruvchi daftar tutishi, unga kamchiliklarini belgilab borishi, so'ngra ularni bartaraf etish bo'yicha reja tuzib, ishni tashkil etishi kerak.
Har bir tarbiyachi-pedagog nutqiga qo'yilgan talablarni juda yaxshi bilgan holda o'z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etib borishi kerak.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin