Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


-§: BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA OTA-ONALARNING O’RNI



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə95/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126
4. ДАРСЛИК

19-§: BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA OTA-ONALARNING O’RNI




REJA:

  1. Bolalarning nutq madaniyatining oshishida oilaning o’rni

  2. Ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamkorligi to’g’rsidagi bilimlarni shakllantirish

  3. Ota-onalarda farzandlarini maktabga tayyorlashdagi mas’uliyatini oshirish



1. Bolalarning nutq madaniyatining oshishida oilaning o’rni. Maktabga umumiy va maxsus tayyorgarlik ko‘rishga jiddiy talablar qo‘yilgan, shuning uchun bolani maktabga doimiy ravishda tayyorlash kerak. Tayyorgarlik o‘z-o‘zidan, avtomatik tarzda paydo bo‘ladi. Faqat maqsadga yo‘naltirilgan va uzoq muddatga mo‘ljallangan tarbiya jarayoni bolani maktabga yaxshi tayyorlanishiga olib keladi. Bolani qachon va qancha tayyorlash kerakligi haqida kattalar orasida turli fikrlar mavjud. Ko‘pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir yil qolgungacha tayyorlashni kuchaytirish kerak deb hisoblashadi. Ammo boshqalar faqat maktabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak deb aytishadi. Ba’zi ota-onalar bola bog‘chaga borishi bilan maktabga tayyorgarlik boshlanadi, deb o‘ylashadi.
Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? MTT tarbiyachilari bolani maktabga tayyorlash butun bog‘cha davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur talablariga binoan uni amalga oshirishadi. Lekin aynan maktabga borishdan avval ular tayyorgarlikka alohida diqqat e’tiborini qaratishadi: talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etishadi, bilimlarni bir sistemaga solishadi, qo‘llarning mayda harakatini rivojlantirishadi va hokazo. Lekin, oila - bola tug‘ilishidan keyin yashaydigan birinchi ijtimoiy muhit. Oilada bola o‘zining birinchi ijtimoiy tajriba va malakalarini orttiradi, ota-ona va kattalar namunalari orqali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalarni tushunib yetadi va qadrlaydi. Shuning uchun bolani maktabga tayyorlashda oila hal qiluvchi, muhim ahamiyatga ega.
Ota-onalarning ko‘pchiligi bolani maktabga tayyorlashda bog‘cha bilan oilaning hamkorligi zarur deb hisoblashadi. Ba’zi ota-onalar esa bolani maktabga tayyorlashda javobgarlikni bog‘chaga yuklashadi, ba’zilari esa butun javob-garlikni o‘z bo‘yniga olishadi.
Y.A. Kamenskiy o‘zining «Onalar maktabi» kitobining maktabga tayyorlash bobida yozishicha, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma’lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Ota-onalar shuni o‘ylab,o‘z bolalarini maktabga tayyorlashadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikdan tashqari, Kamenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifalarni ko‘rsatadi:
1. Bolalarda maktabga borganda, o‘z tengdoshlari bilan o‘qigan vao‘ynaganda xursandchilik hissini tug‘dirish.
2. Bolalarga maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish.
3. Bolalarda bo‘lajak o‘qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish.
Hozirda ota-onalar bolalarni maktabga qanday tayyorlashmoqda. Ota onalarning ko‘pchiligi maktabda yaxshi o‘qishning shartlaridan biri shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblashadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishi eng asosiysi deb bilishadi, shuning uchun mashg‘ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va xotirani rviojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o‘ringa bolaning o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo‘yishadi, yodlatishadi, suhbatlashishadi, birgalikda mantiqiy o‘yinlar o‘ynashadi. Gohida mehnat, sport, ashula yoki raqs bilan shug‘ullantirishadi. Xulosa qilib aytganda, bolani maktabga tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari bilan ota-onalarning hamkorlikda ish yuritishi ijobiy natija beradi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin