O`yinchoq-ovutmachoqlarharakatchan, ko‘pincha ovoz chiqaradigan boladi. Ular bolalarni o‘zlarining ajoyib xatti- harakatlari bilan quvontiradilar, syujetlari esa vaqtichog‘lik bag‘ishlaydi.
Qo‘lbola o‘yinchoqlarnikattalar bolalar bilan birgalikda tayyorlaydilar va turli ertak, hikoyalami sahnalashtiradilar.
O‘yinchoqlami materialiga ko‘ra: hunarmandchilik, qo'lbola usulida, fabrikada tayyorlanadi.
Taniqli pedagog A.S.Makarenko o‘yinchoqlaming 3 turini ajratib ko‘rsatgan edi: tayyor o‘yinchoqlar, yarim tayyor o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari. Birinchi turi bolalarni buyumlar va narsalar- ning rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasavvurini o‘stiradi. Ikkinchi turi boladan faol faoliyatni talab qiladi, mantiqan va aqlan o‘sishga yordam beradi. Uchinchi turi bevosita bolaning ijodiy faoliyatini ta’minlaydi.
Bola tarbiyasida milliy o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlarning roli.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilaming aqliy tafakkurini shakllantirish turli xil vositalar orqali amalga oshiriladi. Avvalo tarbiyalanuvchilaming aqliy tafakkuri har xil faoiiyatlar vositasida katta kishilarning mehnati bilan tanishtirish jarayonda (masalan, qo‘g‘irchoq yasash ishi), har xil mashg‘ulotlar va mashg‘ulotlardan tashqari, ta’lim berish asosida, mustaqil topshiriqlarni bajarish bilan rivojlantirib boriladi. Bundan tashqari, har xil bayramlar, turli xil tadbirlar, shoir va yozuvchilarning tavallud topgan kunlarini nishonlash jarayonlari, san’at vositalari, bolalar badiiy adabiyoti, tasviriy va amaliy san’at, o'yinchoq va o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, kino va turli xil multfilmlar, xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lgan ertaklar, rivoyat va topishmoqlar, maqollar tarbiyalanuvchilaming aqliy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu hamma vositalardan keng ravishda, izchillik va tizimlilik asosida foydalanib borsagina bolalar aqliy tafakkurining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi bolalar tafakkur va bilimlarini faqat o‘yin-mashg‘ulotlarda yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Tarbiyalanuvchilar tomonidan o‘zlashtirib olingan aqliy tafakkur jarayoni tasawur va tushunchalami ongli ravishda tushunib yetishlari, fikrlashlari dastlab mashg‘ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat, ayrim topshiriqlami mustaqil bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Ana shunday vositalardan biri maktabgacha yoshdagi (3-5 yoshli) bolalar aqliy tavakkurini shakllantiruvchi asos qo‘g‘irchoqlardir. Qo‘g‘irchoqlar voqea, hodisa va jarayonning obrazli ko‘rinishidir. Qo‘g‘irchoqlar milliy va umuminsoniy xususiyatlarga egaligi bilan insoniyat sivilizatsiyasida yashagan bo‘lib kelmoqda. Uning obrazlilik xususiyati maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tafakkurini, maqsadni shakllantirish imkonini beradi. Bu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, aqliy tafakkur tushunchasida bilish, emotsional va anglash tafakkuridan shu jihatlari bilan aqliy tafakkur farq qiladi. Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalami tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik shart-sharoitlar yaratadi, bolalami maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Shunday shakllardan biri qo‘g‘irchoqlar vositasida tarbiyalashdir.
O'zbek tilining izohli lug‘atida qo‘g‘irchoq - odamga yoki boshqa biror narsaga o‘xshatib yasalgan bolalar o‘yinchog‘idir. Shu ma’noda qo‘g‘irchoq o‘yinchoqning bir turi va har turli ashyolardan yasaladi. Qo‘g‘irchoqlaming to‘la, shartli va natural ko‘rinishlari bor.