Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Suhbat mashg'ulotining borishida



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə46/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126
4. ДАРСЛИК

Suhbat mashg'ulotining borishida tarbiyachining tushuntirishi, ko'rsatmasi, bergan savollari asosiy o'rinni egallaydi. Suhbat uchun savollarni to'g'ri tanlay bilish juda muhimdir. Savollar bolalarga tushunarli boiishi lozim. Shuning uchun bolalarga beriladigan savollarni tuzishda tarbiyachi oldiga quyidagi talablar qo'yiladi:

  1. Savol aniq va sodda bo'lishi kerak.

  1. Savolni tuzayotgan vaqtda tarbiyachining o'zi bolalardan
    qanday javob chiqishini ko'z oldiga keltirishi lozim.

  2. Bolalarning idrok qilishlari turlicha bo'lishini hisobga olib,
    tarbiyachi yordamchi savollar berish orqali asosiy savolning
    mazmunini bolalarga anglatishi lozim.

Masalan, bolalarning oshpaz mehnati haqidagi tushun-chalarini aniqlash va mustahkamlash maqsadida tarbiyachi ularni oshxonaga olib boradi va oshpazning ishini kuzatish jarayonida bolalar bilan suhbat o'tkazadi. Buning uchun suhbat olib borish jarayonida quyidagi savollarni berish mumkin:

  • Biz hozir qayerga keldik?

  • Oshxonada kimlar ishlaydi?

  • Ular qanday ishlarni bajaradilar?

  • Qanday ovqatlarni tayyorlaydilar?

  • Nimalarni qovuradilar?

  • Nimalarni qaynatadilar?

  • Hozir qanday ovqatlarni tayyorlamoqdalar?

  • Bu ovqatlarni pishirish uchun qanday asboblar kerak bo'ladi?

  • Ovqat tayyorlash uchun qanday masalliqlar kerak?

  • Oshpaz ovqatni kimlar uchun tayyorlaydi?

— Qani ayting-chi, oshpaz mehnati yengilmi yoki og'irmi? Tarbiyachi suhbatni topishmoq, she'r, maqol, ashula aytib
berish, suhbat mavzusiga taalluqli suratni ko'rsatish, axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan mantiqiy xulosalar qilish bilan yakunlaydi.
Suhbat mazmuni va mavzulari.
Suhbat mazmuni — bu „Dastur"ning „Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va ijtimoiy hayot hodisalariga qiziqishni tarbiyalash" bo'limidagi materiallar hisoblanadi. Bunga tevarak-atrof va ona-Vatan, maishiy mavzudagi, buyuk siymolar va bayramlar, harbiy qo'shinlar, mashhur sarkardalar, kattalar mehnati, transport va aloqa vositalari, maishiy-xo'jalik va mehnat buyumlari, xalq ijodi, tabiat, shuningdek, bolalar bog'chasida bolalarning turli faoliyatlari (o'yinlari, mehnat, o'zaro yordam va hokazo) kiradi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin