Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


«Sen ta’rifla, men topaman»



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə41/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126
4. ДАРСЛИК

«Sen ta’rifla, men topaman».
Didaktik vazifa - Kattalarning savollariga narsaning xarakterli belgisini ajratib va nomini aytib javob berish.
O‘yin harakati - Kattalarga topishmoqni aytish.
O‘yin qoidasi - Ta’riflanayotgan narsaning nomini aytish mum­kin emas.
Tarbiyachining savollariga aniq va to‘g‘ri javob berish.
Jihozlash - Sabzavot va mevalami stol ustiga qo‘yiladi. Tarbiya­chi stulini o‘simliklar ko‘rinmaydigan qilib qo‘yiladi.
O‘yinning borishi - Tarbiyachi bolalarga stol ustidagi sabzavotlardan bittasini tanlang. Men sizdan uning qandayligini so‘rayman. Siz javob berasiz. Faqat uning nomini aytmang. Sizlaming javoblaringizdan men uni topishga harakat qilaman, deydi. Keyin tartib bi­lan tarbiyachi savol beradi: «Shakli qanday?, hamma tomoni shardek dumaloqmi?, chuqurchasi bormi?, rangi qanday?» va boshqa.
Bolalar savollargato'la javob berishadi. Bolalar narsaning xarak- terli belgilari haqida gapirib berganlaridan keyin tarbiyachi topishmoqni topadi.
Mashg‘ulotda, o‘yinda, tabiat burchagida va maydonchadagi mehnatda, ekskursiya va sayr vaqtida tarbiyachi bolalarga atrofda- gi olamning turli-tumanligini, chiroyini ko‘rsatadi, o‘simlikning turli xususiyatlari, sifatlari bilan tanishtiradi, o‘simlik va hayvonot olami haqida elementar tushunchani shakllantiradi. Bolalarning jozibali munosabati tarbiyachining hikoyasidan faol- roq o‘zlashtirib olishga imkon beradi. Mashg‘ulotlarda, ’didaktik o‘yinlarda qo‘yilgan vazifani hal etishda bola buyum va hodisalarning ayrim xususiyatlarini ajratishga, solishtirishga, umi miy xu- susiyatlarga, belgilariga qarab guruhlarga ajratishga, klassifikatsi- ya etishga o‘rganadilar. Bolalar fikr yuritishga, xulosalsr chiqa- rishga o‘rganadi, bolalar diqqati, xotirasi va ixtiyoriy idroki rivojlanadi. Mashg‘ulotni, o‘yin vazifasini hal etishda bola o‘zining xatti-harakatini tushuntiradi. Bu esa nutqining o‘sishiga yordam beradi. Mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar davomida turli maktabga­cha yoshdagi bolalar ko‘p marotaba takrorlash orqali Maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya dasturiga xos bilimlar majmuini o‘zlashtiradilar. Tabiiy materiallar bilan o‘ynaladigan o‘yinlami tanlashda tarbiyachi o‘yinning mazmuni atrof-muhitda- gi, tabiatdagi o‘zgarishlarga mosligini unutmasligi lozim.
Masalan: «Urug‘ sotib olish» o‘yini bahorda, «Hosil yig‘ishtirish» esa yoz yoki kuzda o‘tkazilishi kerak. Tarbiyachining o‘zi ham mashg‘ulot, o‘yinning turlicha variantlarini o‘ylashi mumkin: o‘yinga, mashg‘ulotga qo‘shimcha vazifa, yangi rol, bolalaming atrof-olam haqidagi bilimlarini boyitish va boshqalar. Ba’zi bir di­daktik o‘yinlami turli variantda, turli yoshdagi bolalar uchun tavsiya etiladi. O‘yinlar o‘simliklar, hayvonlar yoki boshqa predmetlarning soni oshishi, turlicha qoida va o‘yin harakatlarining oshishi hisobiga murakkablashadi. Masalan: paypaslab bilish uchun sabzi, bodring, olma va boshqalar olish mumkin, keyinchalik shakli o‘xshash bo‘lgan meva va sabzavotlarni kiritish mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga barg, gullar bilan o‘ynash ko‘pincha guruh xonasini, ovqat stolini bezash, guldasta, barglami kattalarga, kichik bolalarga sovg‘a qilishga xohishlari bilan bog‘lanadi. Bunday o‘yinlarni, mashg‘ulotlarni o‘tkazishda bolalami o‘simliklarga nisbatan ehtiyotkorlik, gullami bekordan-bekorga uzmaslikka o‘rgatish lozim.
Agar bola olma yoki boshqa predmetlaming shakliga diqqatini qaratganbo‘lsa, unga olmani dumalatib ko‘rish, koptokdek silab ko‘rish, uning silliqligini aniqlashni taklif etish lozim. Bolalarda rang, shakl, kattalik tushunchalarini ishlatishga o'rgatish lozim. Xilma-xil tabiat hodisasi olamida oolalaming bevosita kuzatishlari uchun eng tushunarligi o‘simlik va uy hayvonlaridir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda tabiatga nisbatch muhabbat tarbiyalanadi, hayvonlami parvarishlashga, o‘simliklarni o‘stirishga nisbatan istaklari tarbiyalanadi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin