Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə100/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126
4. ДАРСЛИК

Masalan: shakllarni ustma-ust qo‘yish o‘yinida, birinchidan, o‘yin vazifasi bo‘yicha bola shakllarni ustma-ust qo‘yish natijasida qanday shakl hosil bo‘lishini topsa, ikkinchidan, tarbiyachining topshirig’i bo‘yicha shakllar sonini sanab berishni, shakllar qanday ko‘rinishda ekanligini va ularning nomlarini aytishni, ranglarni ajratib berish vazifalarini bajaradi (ta’limiy jihati). Bundan tashqari, tarbiyalanuvchi «sichqoncha»dan foydalanib kompyuterda ishlash malakasini hosil qiladi va kompyuter savodxonligini oshiradi.
Multimedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
Axborotning xilma-xil turlari: ananaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofil’mlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompakt-disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
Muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati, operativ(tezkor) va video-xotira, katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
Multimedia vositalari asosida ta’lim-tarbiya berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, mant, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini maktabgacha yoshdagi bolalarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir.
Multimedia vositalari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish quyidagi afzalliklarga ega:
A) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati bor;
B) ta’lim-tarbiya olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
V) ta’lim-tarbiya olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
G) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Demak, kompyuterli didaktik o‘yinlar ta’lim bilan bevosita bogliq bo‘lib, ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam qiladi. Kompyuter va uning xotirasidagi ta’limiy o‘yinlar birgalikda, multimedia texnologiyasi (kompyuterli ta’lim)ning o‘yinlar bo‘yicha asosiy didaktik vositasi hisoblanadi. Kompyuter xotirasidagi o‘yinlardan tashqari, qo‘shimcha didaktik o‘yinlar tayyorlash mumkin.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin