Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə108/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126
4. ДАРСЛИК

Qiziqarli o‘yinlar.

«Asosiy oyna» belgisini «sichqoncha» yordamida ochilsa, tabiat qo‘ynida daraxt mavjud, ushbu daraxtdan esa to‘rtburchak ramkaga solingan turli xarflar daraxtning mevasi shamoldan tebranib yerga tushgandek katakcha ichida xarflar pastga tushadi. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz joizki, katakchadagi har bitta harfning boshi bilan keladigan tovush belgisini Alifbe nomli elektron darslik predmetlari ko‘rsatgan:



Masalan; «A» harfi ostida avtobus. «B» harfi ostida banan v.,x. Dasturning pastki tomonida «Bosh menyu» deb nomlangan belgi mavjud. «Sichqoncha» yordamida harflarga ko‘rsatgich barmoqlarni olib borsa, harflarning talaffuzi ifodalanadi: «Sssss, OOOO, AAAAA» va xokazolar .So‘ngra topishmoqlar oynasi ochiladi bola agar to‘g’ri yozsa, ekranda rag’batlantiruvchi ovozli animatsiya paydo bo‘ladi, agar noto‘g’ri keltirilsa, ekranda «Noto‘g’ri» degan ovozli animatsiya hosil bo‘ladi. Ko‘rsatilgan xarf tog’ti yozilsa, kenyingi bosqich ya’ni topishmoqlar oynasi ochiladi. Bunda bola tarbiyachi yordamida topishmoqni o‘qiydi va mustaqil javobni kiritadi


So‘ngra didaktik qismga o‘tiladi - ya’ni, didaktik qismi ochilganda, ekranda to‘rtburchak qilib harflar joylashtirilgan va to‘rtburchakning o‘rtasida bolaning surati - o‘ylanib turgan holati tasvirlangan .

Alifbe nomli elektron darslik.
To‘rtburchak ramkaga solingan xarflarning bittasi «sichqoncha» yordamida ikki marta bosilsa, oyna ochiladi va bu oynadagi xarflarni bolalar tarbiyachi yordamida takrorlaydi. «Bosh menyu» ga qaytsak, dasturning uchinchi «Qiziqarli o‘yinlar» deb nomlangan qismiga kiriladi. Ekranning chap qismida ramkada hayvonning surati, o‘ng qismidagi ramkada esa, hayvon haqida ma’lumot berib o‘tilgan. dasturning chap bo‘limiga kirganda yog’och doskada mevaning shakli berilgan, doskaning atrofida , daraxtning atrofida turli mevalarning surati mavjud. «Sichqoncha» orqali mevaning shaklini mo‘ljallab bola kerakli mevani ochsa, meva uchi borib doskadagi mevaning kolipiga joylashadi (3-rasm).
O‘yin shu tariqa davom ettiriladi. To‘g’ri topilgan mevaning evaziga rag’batlantiruvchi smayliklar hosil bo‘ladi. Multimediali slaydimiz ana shulardan iborat.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalarni savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg’ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotiraga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi:

  • maktabgacha ta’lim-tarbiya ishlarini samarali, davlat ta’lim standartlari asosida amalga oshirish maqsadida mutaxassislar tomonidan tuzilgan «Bolajon» tayanch dasturida savodga o‘rgatishga doir mavzular bilan bola shaxsida zarur sifat va hissini tarbiyalash imkoniyati bo‘ladi;

  • maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilari orasida bolalarni tarbiyalashda katta tajriba orttirganlari ham bor. Biroq ko‘pchilik tarbiyachilar bolalarning yaxshi o‘zlashtirishi, ta’lim-tarbiya ishlariga faol ishtirok etishni ta’minlashga e’tibor berib, alohida bola, uning ichki dunyosi, his-tuyg’ulari, munosabatlari ta’siri;

  • maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishda katta imkoniyatlarga ega;

  • maktabgacha ta’lim muassasida texnik vositalar bilan taminlash va tarbiyachilarning kompyuter bilimlarini oshirish;

  • maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlarini hisobga olib, yangi bilim beruvchi mashg’ulotlarda kompyuterlardan bevosita dialog metodi asosida foydalanish;

  • maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanilgan holda mashg’ulotni amalga oshirish;

  • -mashg’ulotlarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarining yoshiga va ta’lim dasturiga mosligi e’tiborga olingan holda, multimedia texnologiyasi asosida tashkil etish va Maktabgacha ta’lim muassasalarining maktabga tayyorlov guruhlari o‘quv rejasi asosida olib borish maqsadga muvoffiqdir.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin