8-mavzu. O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar.
Reja
1. Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va
rivojlantirilishi.
2. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz
munosabatni shakllantirish.
Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari
va rivojlantirilishi.
Bozor munosabatlari sharoitida aholining ish bilan bandligini ta’minlash
muhim masalalardan biri hisoblanadi. CHunki, ishsizlik muammosining
mavjudligi bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. SHunday ekan, ishsizlik
muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad - aholining ish bilan bandligini oshirish
orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini
yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat Jahonda ro‘y
berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirida dunyo bo‘yicha 56 million
kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda O‘zbekistonda yuz
minglab yangidan-yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli
tomoni shundaki, bu yerda yangi ish o‘rinlarini yaratishning o‘ziga xos
mexanizmlari tarkib topib, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha izchil amal qilib
kelmoqda.
Mamlakatda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsad
chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi
farovonligini oshirishni ta’minlamoqda. Aholi real daromadlarining oshishida
respublikada makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez
sur’atlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasaygani, iqtisodiyotdagi
tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani ham
asosiy omil boiib xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini
oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq miqdorlarini kamaytirish,
inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida
aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati
barqaror suratda o‘sib bormoqda. Jumladan, 2009-yilda 2000-yilga nisbatan
o‘rtacha ish haqi 28,5 barobar, pensiyalarning o‘rtacha miqdori qariyb 18 barobar,
aholi jon boshiga nisbatan pul daromadlari esa 12 barobar oshgan boisa, birgina
2012-yilning o‘zida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa
va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga, aholining real daromadlari yil mobaynida
17,5 foizga ortdi. Umuman, aholi jon boshiga real daromadlar 2000-yilga nisbatan
8,6 marta, o‘rtacha ish haqi esa iste’mol savatchasi qiymatidan 4 martadan ko‘proq
oshdi.
Aholining o‘sib borayotgan to‘lov qobiliyati bilan mamlakat korxonalarida
ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari hajmi o‘rtasida ichki bozorda
mutanosiblikni ta’minlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish, bozorlari ular
bilan ishonchli tarzda to‘ldirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki,
aholining turmush farovonligi ko‘p jihatdan uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Mazkur masalani hal etishda ushbu
mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer
xo‘jaliklari faoliyatlaridan yanada samarali foydalanish zarur boiadi.
Aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish
jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy
gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat
aholisiga tabiiy gaz qo‘shni davlatlardagiga nisbatan arzon narxlarda yetkazib
beriladi. Masalan, aholiga 1 ming m3 hajmdagi tabiiy gazni sotish uchun
Qirg‘izistonda 309 dollar, Tojikistonda 303,5 dollar, Qozog‘istonda 100-140
dollar, 0 ‘zbekistonda esa 30 dollar narx belgilangan. SHuningdek, mamlakat
mustaqillikka erishgach, aholi uy-joylari va xonadonlarni gazlashtirishga katta
e4ibor qaratildi. Ayniqsa, bu borada shahar va qishloqlaming gaz bilan
ta’minlanish darajasi o‘rtasidagi tafovutni keskin qisqartirishga ahamiyat berildi.
Buning natijasida 2010-yilda mamlakatdagi xonadonlaming gaz bilan ta’minlanish
darajasi shahar joylarda 85 foizni, qishloq joylarda esa 78,7 foizni tashkil etdi. SHu
kunga qadar jami gazlashtirilgan xonadonlar soni 4270,6 mingtani tashkil etib,
shundan 2419,8 mingtasi shaharda, 1850,8 mingtasi esa qishloqda joylashgan.
Mamlakat tarixida ulkan tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, juda muhim
ijtimoiy dasturlar ham qabul qilinib, ulaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishi
yurtning gullab-yashnashida, yoshlar tarbiyasida o‘zining ijobiy samarasini
bermoqda. Mamlakat jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaganidan keyin,
1996-yilga kelib dastlabki ijtimoiy dasturlar qabul qilindi. Bu, avvalambor, har
qaysi yilga alohida nom berish va shu asosda Davlat dasturlarini qabul qilish bilan
bog‘liqdir.
Yillarga alohida nom berishning mazmun-mohiyati yagona maqsadga, shu
muazzam o‘lkada yashayotgan har bir insonning hayoti yanada mazmunli, zavqli,
to‘laqonli bo‘lishiga yetarli sharoit va imkoniyatlarni yaratish bo‘lib, uning asosiy
g‘oyasi “Bu muqaddas vatanda azizdir inson” degan so‘zlarda o‘z mujassamini
topgan. Har bir yilda inson hayotining qaysidir jabhasini o‘rganishga,
takomillashtirishga zamin yaratuvchi dasturlar ishlab chiqildi va rejalashtirilgan
vazifalar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatda 1997-yil “Inson manfaatlari yili”
deb e’lon qilinib, hur o‘lkada yashayotgan har bir inson manfaatiga e’tibor berish,
jamiyat manfaatlari bilan har bir shaxs manfaati uyg‘unligini ta’minlash va komil
insonni tarbiyalash uchun qulay tarbiyaviy muhitni vujudga keltirish bosh maqsad
qilib belgilandi.
“Inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida davlat byudjetidan 123
milliard so‘m yoki barcha byudjet xarajatlarining qariyb 40 foizi ajratildi.
SHu yili 6,7 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, shundan 5,4
million kvadrat metr uy-joy qishloq joylarda barpo etildi. Toshkentda “
Yunusobod” y’opiq tennis korti va “Jar” sport-sogiomlashtirish majmuasi qurib
tugallandi. “Inson manfaatlari yili” dasturining mantiqiy davomi sifatida 1998-yil
“Oila yili” deb e’lon qilindi. Oila manfaatlarini ta’minlash borasidagi davlat dasturi
kompleks mazmunga ega bo‘lib, u bir yuz ellikdan ortiq tadbirni o‘z ichiga oladi.
1998-yilda ushbu tadbirlarni bajarish uchun davlat byudjetidan 144,8 milliard so‘m
mablag‘ ajratildi. Farzandning barkamol shaxs sifatida kamol topishida va jamiyat
taraqqiyotiga xizmat qiluvchi insonni yetishtirishda onaning roli beqiyos. SHu
sababli 1999-yil “Ayollar yili” deb e’lon qilindi. Ayollar sog‘ligi, xususan, onalar
salomatligini yaxshilash, ularning ijtimoiy, boshqaruv faoliyatidagi ishtiroklarini
ta’minlash va kengaytirishga xizmat qiluvchi huquqiy asos yaratildi. 2000-yilga
“Sog‘lom avlod yili” deb nom berildi. Har qanday davlatning mustahkam bo‘lishi
va taraqqiy etishining birinchi sharti – aql-idroki mukammal, ma’naviy-axloqiy
jihatdan yetuk, ruhi tetik, o‘zining fuqarolik burchi va mas’uliyatini to ia anglab
yetgan sogiom avlodni shakllantirish bilan bog‘liqdir.
2001-yil mamlakatda “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilindi.
O‘zbekistondagi ayollarning 90 foizi tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Orolbo‘yi mintaqasidagi murakkab ekologik sharoitda yashayotgan xotin-qizlar va
bolalarning yoz mavsumida yaxshi dam olishini tashkil etish va salomatligini
tiklashga alohida e’tibor berildi. Toshkent, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona
vodiysining sog‘lomlashtirish oromgohlarida 4 ming 500 nafar xotin-qizlar, 20
mingdan ortiq bolalar hordiq chiqarib, malakali tibbiy yordam oldi. Bu maqsadlar
uchun jami 560 million so‘m mablag‘ sarflandi. 2002-yil mamlakatda “Qariyalarni
qadrlash yili”, deb e’lon qilindi. Bunday nom berishdan maqsad - mamlakatda olib
borilayotgan davlat siyosati, qurilayotgan davlat tizimi, barpo etilayotgan yangi
jamiyat, hayotda qaror topayotgan ezgu qadriyatlar zamirida, avvalo,
O‘zbekistonning buyuk kelajagini o‘ylab, yillar davomida shu oliyjanob ishga o‘z
hissasini qo‘shgan, ana shu poydevorining tamal toshini qo‘ygan insonlarni
ulug‘lash, ko‘lami rozi qilish edi. 2002-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida
“Taxiyatosh” sanatoriy-profilaktoriyasi, Namangan viloyatida urush va mehnat
faxriylariga mo‘ljallangan “Kosonsoy” sihatgohi va, shuningdek, yolg‘iz qariyalar
uchun Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida yirik saxovat uyi barpo etildi.
2003-yil “Obod mahalla yili” deb nomlandi. “Obod mahalla yili” davomida
5 ming 630 ta mahalla hududida ko‘plab kichik va xususiy tadbirkorlik
korxonalarini tashkil etish hisobidan qariyb 155 mingta yangi ish o‘rni yaratildi va
buning natijasida kam ta’minlangan fuqarolardan 110 ming nafari ish o‘rniga ega
bo‘ldi. Bu muhim ishga tijorat banklari tomonidan 36 milliard 155 million so‘mlik
kredit mablag‘lari ajratildi. Dastur doirasida 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya
yordami ko‘rsatildi. 2004-yil “Mehr va muruvvat yili” deb nomlandi.
Mamlakatdagi mavjud 93 ta “Mehribonlik uyi” va maxsus maktab-internat binolari
to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi va rekonstruksiya qilindi. Bunda, faqatgina
“Mehribonlik” uylarining o‘ziga 24 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, ishlarning 85
foizi homiylar tomonidan bajarildi. Bunday xayrli ishlarga nafaqat mamlakatdagi,
ayni paytda xalqaro miqyosdagi tashkilotlar ham o‘z hissasini qo‘shayotgani
diqqatga sazovordir. CHunonchi, “UNISEF”, “World koncern”, “Engrag”,
“Amerikers” va boshqa tashkilotlar tomonidan 6 milliard 500 million so‘mlik
insonparvarlik yordami ko‘rsatildi. “Sihat-salomatlik yili” deb nomlangan 2005-
yilda respublikadagi 38 ta shifoxona va sihatgoh yangitdan barpo etilib, 93 ta
davolash-profilaktika muassasasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.
SHuningdek, bir smenada 10 ming 500 bemorni qabul qila oladigan ambulatoriya-
poliklinika muassasalari, jumladan, 210 ta qishloq vrachlik manzili ishga tushirilib,
qancha-qancha odamlarning shifo topishiga, kasalliklarning oldini olishga xizmat
qilmoqda. 2006-yil Prezident tashabbusi bilan “Homiylar va shifokorlar yili” deb
nomlandi. Davlat va nodavlat tashkilotlar hamda homiylar ko‘magida ko‘p bolali,
kam ta’minlangan oilalarga 10 milliard so‘mlikdan ziyod qoramol olib berilgani
mamlakatda saxovat va himmatlilikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Millionlab fuqarolar ishtirok etgan umumxalq xayriya hasharlaridan tushgan
mablag‘lar hisobidan 2 ming nafar yolg‘iz keksa va 66 ming kam ta’minlangan
oilaning 3 million 570 ming kvadrat metr uy-joyi ta’mirlab berildi. SHuningdek,
kam ta’minlangan oilalarga mansub salkam 725 ming nafar boshlang‘ich sinf
o‘quvchisi 16 milliard so‘mlikdan ziyod kiyim-bosh bilan ta’minlandi.
SHuningdek, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili” , 2008-yilga “Yoshlar yili,
2009-yili “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010-yilga “Barkamol avlod
yili”, 2011 yili “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012-yil “Mustahkam
oila yili”, 2013-yil “Obod turmush yili”, 2014 yili “Sog‘lom bola yili”, 2015-yil
“Keksalarni e’zozlash yili”, 2016 yili “So‘lom ona va bola yili”, 2017 yili “Xalq
bilan muloqot va inson manfaatlari yili ”, 2018 yili “Faol tadbirkorlik, innovasion
g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab- quvvatlash yili”, 2019 yili “Faol
investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili ”, 2020 yili “Ilm ma’rifat va raqamli
isrisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlangangan. Yuqorida keltirilga yillarning
barchasida inson omili va uni himoya qilish masalasi ustivorligini anglash qiyin
emas.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-
tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini,
inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini
ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi,
fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratdi.
“Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga
suyangan holda, – dedi Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi marosimiga bag‘ishlangan nutqida, –
o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan
iborat.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining IV bo‘lim Ijtimoiy sohani
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlanib unda: 1. Aholi bandligi va
real daromadlarini izchil oshirish, 2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni
saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini
oshirish, 3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga
oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport,
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda
modernizatsiya qilish, 4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, 5. Yoshlarga oid
davlat siyosatini takomillashtirish masalalari kompleks tizimli ravishda amalga
oshiriladigan vazifalar berilgan.
Dostları ilə paylaş: |