O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi
va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
O‘zbekistonining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”
asarining “Xavfsizlikka tahdid” deb nomlangan birinchi qismida yangi asr
bo‘sag‘asida halqaro vaziyat, kuchlar nisbatidagi tub o‘zgarishlar tahlil etilgan,
umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlik masalalari, ularning o‘zaro bog‘liqligini
ko‘rsatib berilgan va har tomonlama teran ochib bergan. Ayni shu asarda uyushgan
jinoyatchiliq mahalliychiliq qarindosh urug‘chiliq korruptsiyaning davlat va
jamiyat, qo‘yinki insoniyat uchun ulkan xavf ekanligi dalillangan.
Har bir davlat o‘z tarixida yangilanish yoki ijtimoiy sifat bosqichi
o‘zgarayotganda, siyosiy – iqtisodiy jihatdan “o‘tish davri” bosqichida afsuski,
qator jinoiy illatlar, korruptsiya va uyushgan jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa
bilan birga yuz bergan. SHu bilan birga, jinoyatchilikning o‘sishi nafaqat islohotlar
yo‘liga jiddiy to‘siq, bilki o‘tish davrida belgilangan maqsadlariga erishishga ham
qarshi bevosita tahdid tug‘dirishi o‘zining isbotini topgan.
Darhaqiqat, O‘zbekiston tarixida yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar davri
boshlandi. Va o‘z-o‘zidan aniqki bu o‘zgarishlar osonlik bilan bormaydi, ichki va
tashqi g‘ayrli kuchlar yangilanishlarga yo‘l qo‘ymasligi tabiiy. Bunday jarayonda
hushyorlik muhim bo‘lsada, aksariyat davlatlarda korruptsiya vujudga kelib, eng
avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishni
boshlaydi. Bu esa jinoyatchilik va korruptsiyaning jamiyatga yetkazadigan zararini
xavfsizlik va barqarorlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid sifatida baholash imkonini
beradi. Ayniqsa, davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo‘g‘inlari va turli
darajalari vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushganini sezmay
qoladi. Korruptsiya domiga ilingan mansabdorlar shaxsiy boylik orttirish
maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat va umummilliy
manfaatlardan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga
hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish korruptsiyaga
qarshi kurashishning asosiy choralari bo‘lmish huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya
tizimini takomillashtirishni, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va
fuqarolar tomonidan qonun va huquqqa bo‘lgan ijobiy munosabatga yetishish,
aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy
faolligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev o‘z
ma’ruzalarida davlat ishida faoliyat olib boruvchi har bir rahbarining lavozim
doirasidagi burchini xis etgani holda quyidagi muhim vazifalarni ta’kidlab:
“Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu
Bosh vazir yoki uning o‘rinbosalari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar
hokimi bo‘ladimi ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak” degan
edi
Korruptsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor
shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan
o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid
ravishda foydalanishini anglatadi. SHuningdek korruptsiya bilan bog‘liq
vakolat, imkoniyatlar, shaxsiy manfaatlar uchun urinishlar, qonun va va ahloqiy
printsplarga zid bo‘lgan xatta-harakatlar yig‘indisini ham qamrab oladi .
Korruptsiyaning tizimli tabiati shundaki, u mamlakatning muhim sohasi bo‘lgan
iqtisodiyotga va uning rivojiga to‘sqinlik qiladi, halq ruhiyatida davlat
idoralariga nisbatan ishonchsizlik xissini orttiradi.
Transparency International, Jahon banki va boshqa halqaro tashkilotlar
korruptsiyani shaxsiy manfaatlar uchun ishonchli hokimiyatni suiistemol qilish
deb tushunadilar. Bu siyosiy jarayonlarda yirik monopoliyalarning byurokratik
apparatiga qarata ishlatilishi mumkin. Korruptsiya dunyoning barcha
davlatlarida jinoyat sifatida qonunchilikda huquqqa qarshi xati-harakat sifatida
qaraladi. Siyosiy va iqtisodiy tadqiqotlar natijalariga e’tibor qaratsaq
davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga korruptsiya ulkan to‘siq
ekanligini tasdiqlaydi.
Mamlakatimiz hukumati yirik bir siyosiy tashkilot sifatida jamoatchilik
organlari bilan hamkorlik qilar ekan, avvalo inson va uning manfaatlarini ustun
qo‘yadi. Bu yo‘lda tushuntirish, targ‘ibot usullarini jadallashtirib, davlat
idoralarining
faoliyatini
ochiqligi
va
shaffofligi
ta’minlashning aniq
mexanizmlarini yaratib bormoqda. SHu maqsadda davlatimizda bir qancha qonun
hujjatlari ishlab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston o‘zining taraqqiyot dasturida
2014 yil 18 iyunda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik” to‘g‘risidagi Qonunning 4-
moddasida ijtimoiy sheriklikning printsiplari bayon etilgan bo‘lib, unda ijtimoiy
sheriklikning asoiy printsplari etib, qonunga bo‘ysunish, teng huquqliliq ochiqlik
va shaffofliq hammabopliq mustaqilliq xolisliq o‘zaro hurmat, manfaatlarning
inobatga olinishi va ma’suliyat, majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi kabilar
belgilab berilgan.
2017 yil 17 yanvarda mamlakatimizda “Korruptsiyaga qarshi kurash
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, unda korruptsiyaga qarshi kurashishning eng
maqbul usullari tartibga solingan. Ularga qonuniyliq fuqarolar huquqlari,
erkinliklari va va qonuniy manfaatlarining ustivorligi, ochiqlik va shaffofliq
tizimliliq davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyani oldini olishga
doir chora tadbirlar ustivorligi hamda javobgarlikning muqarraligi kabi
tushunchalar kiritilgan. Bugun yurtimizda ham asosiy maqsad davlatda adolat,
tengliq qonunning ustuvorligiga erishish yo‘lida tegishli chora tadbirlar amalda
qo‘llanilmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurashda avvalo, hukumat idoralari
xodimlari, ishchi va xizmatchilari shaxsiy na’muna ko‘rsatmas ekan, qonunlar o‘z
ijrosini ta’minlay olmaydi va u hech kimga foyda bermaydi deb o‘ylaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-35 moddalarida mamlakat
hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish va har bir shaxs
bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga,
muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat
qilish huquqilari belgilab berilgan.
O‘zbekiston antikorruptsion siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish,
korruptsiyani oldini olish uchun instituttsional bazani mustahkamlash maqsadida
muhim bo‘lgan qadamlarni tashladi. Ushbu choralarni amalga oshirish natijasida
mamlakatimizda qonuniylik va huquqiy tartibot ishlari mutloq ta’min etildi,
davlat xizmati organlarining faoliyati ochiqligi va shaffofligiga erishish uchun
jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq orasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz
madaniyat shakllandi, eng muhimi odamlarning davlat idoralariga nisbatan
ishonchi mustahkamlandi.
Dostları ilə paylaş: |