Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə104/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126
4. ДАРСЛИК

Ananaviy o‘qitish modeli

Interfaol o‘qitish metodi

Afzalliklari

Kamchiliklari

Afzalliklari

Kamchiliklari

O‘qitishning tizimliligi

Mashg’ulotlarning bir qolipliligi,bir xilligi

O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi

Ko‘p vaqt talab etilishi

O‘quv materiallarini tartibli izchil berilishi

Mashg’ulot jarayonida faqat dastlabki yo‘nalish beriladi, keyingi darajalar uy vazifasiga beriladi.

O‘z vaqtida aloqalarning taminlanishi

Bolalarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi

Ommaviy o‘qitishda resurslarning oqilona harajati

Ishtirokchilarning sustligi va mustaqillikning yo‘qligi

Tushunchalarni amaliyotga qollash uchun sharoit yaratish

Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilganda ham tarbiyachi rolining past bo‘lishi

Tarbiyachi shaxsining doimiy emotsional tasiri

Ishtirokchilar o‘zaro muloqotdan
Ajratiladi, nutqiy faoliyat sust

O‘qitish metodlarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi




Tashkiliy puxtalik

Sust qayta bog’lanish

Mativatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi




Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq tushunchalarni o‘rgatishda foydalidir

O‘rta me’yorda yondashuv

O‘tilgan materialning esda yaxshi saqlab qolinishi




Pedagog tomonidan o‘qitish jarayoni va o‘qitish muhitining yuqori darajada nazorat qilinishi

Bola sust ishtirokchi bo‘lib qoladi

Muloqotga kirishish ko‘nikmasi takomillashadi




Vaqtdan unumli foydalanish

Bolada mativatsiya vujudga kelmaydi

O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi




Aniq ilmiy bilimlarga tayanadi

Bola pedagog bilan o‘zaro munosabatga kira olmaydi

Mustaqil fikrlaydigan bola shakllanadi







Eslab qolish darajasi hamma bolada bir xil bo‘lmaganligi sababli guruh bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi past bo‘lishi mumkun

Mavzuning mazmunini o‘zlashtiradi, tanqidiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi







Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoit yaratilmaydi

Muammoni yechish ko‘nikmalarining shakillanishi




Interfaol («inter»- bu o‘zaro, «akt»- harakat qilmoq)- o‘zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo‘lishni anglatadi. Boshqacha aytganda, o‘qitishning interfaol uslubiyotlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil qila bilishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilinadilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol mashg’ulotlarda tarbiyachining o‘rni qisman tinglovchilarning faoliyatini dars maqsadlariga yo‘naltirishga olib keladi. Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va tinglovchilar birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga:



  • pedagoglarning jarayonga bo‘lgan qiziqishlarining doimiyligini ta’minlashi;

  • mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;

  • pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari kiradi.

Mana shunday vazifalarni amalga oshirishda yangi interfaol va noan’anaviy pedagogik texnologiyalar juda qo‘l kelishini tadqiqotchilar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan ko‘pgina pedagogik tajribalarning natijalari tasdiqlamoqda.
Bola tug’ilgan kundan boshlab, uni maktabgacha bo’lgan davrda har tomonlama yetuk, barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o’rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzuidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishi, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, ijtimoiy maktabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimida uning ajralmas qismi bo’lib shakllandi.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyaning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, maktabgacha tarbiyani hayot, zamon bilan bog’lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga egaligiga asoslanadi.
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta’lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish jadal rivojlanayapti. MTMlari ta’lim-tarbiya jarayonida ulardan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia texnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, multimedia vositalarini ishlab chiqaruvchi maxsus muassasadan tashqari, har bir MTM tarbiyachilarining o‘zlari tayyorlashi mumkin bo‘lgan dasturli va rolli multimedia vositalarini qo’llash mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalaniladigan multimediali ta’lim vositalarini ikki turga bo‘lish mumkin:

  1. Monitor ekranida to‘g’ridan-to‘g’ri bilim berishga mo‘ljallangan vositalar.

  2. Ko‘rgazmali qurol.

Odamzod har daqiqa sezgi a’zolari orqali axborot yig’ib fikr qilish va xayotiy muammolarni hal qilish choralarini o‘ylab topib amalga oshirish bilan kun ko‘radi. Insonlar qayerda bo‘lmasinlar, bugungi kun zamon talabiga mos ravishda malakasini oshirib, yangi ma’lumotlar bilan bilim bazasini yangilab borishi kerakligini taqozo etmoqda.
O‘rganilayotgan muammoning ilmiy amaliy ahamiyati shundan iboratki, maktabgacha yoshdagi bolalarni mashg’ulotlar jarayoniga qiziqishlarini oshirish va mavzuni mustaqil o‘zlashtirish samaradorligini va ahamiyatini shakllantirish.
Informatika fanini o‘qitishda multimedia tizimi haqida tushincha berish, multimedia vositalaridan foydalanib bilim olishning ahamiyati, uning yaxshi taraflarini aytib o’tish lozim.
Multimediali o‘rgatuvchi dasturlar matn, grafika, video, tovush va animatsiyalarni o‘zida tutadi. ya’ni kompyuterga yozilgan maxsus dasturni ishga tushiradi. Bu dasturlar asosan fanning nazariy bo‘limidan, amaliy mashg’ulotlari va nazoratlardan iborat bo’lishi mumkin. Bunday dasturlar orqali olingan bilim xotirada ko‘p vaqt saqlanadi va kerak bo‘lganda amalda qo‘llanish imkonini beradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasiga asoslangan kompyuterli ta’limning asosiy maqsadlaridan birinchisi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Shuning uchun mashg’ulot shakli, mazmuni, o‘tkazish metodikasi va baholash mezonini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, ba’zi MTMlarda kampyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lsa-da, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun, MTM sharoitida kompyuterdan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, mashg’ulot mobaynida multimedia texnologiyasidan foydalanganda u yoki bu materialni o‘rganishda vaqtni tejash hisobiga ta’lim mazmuni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassalarida an’anaviy usulda ta’lim-tarbiya berishning shakli, mazmuni va metodi ko‘pgina adabiyotlarda bayon etilgan. Jumladan, ushbu masalada P.Yusupovaning «Maktabgacha ta’lim pedagogikasi» da keng yoritib berilgan. P.Yusupova ta’lim shakli to‘g’risida shunday yozadi: «Ta’lim shakli deganda, ta’lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma’lum bir vaqtda o‘tkaziladi».
Adabiyotlarda, MTM ta’lim metodlari bo‘yicha ham qator fikrlar bildirilgan. Metod - ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maqsadli ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog’liq faoliyatlarning izchil usullar tizimidir.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin