Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə27/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
4. ДАРСЛИК

Jismoniy daqiqa.
Bolalar, yana bizning ovozimiz ham bor-a! U ham uychada yashaydi. Biroq uning uychasi og‘izda emas, bo‘yida (ko‘rsatadi).
Ba’zan ovoz uxlaydi va sekingina pishillaydi, uning pishillashi eshitilmaydi (tarbiyachi «s» tovushini talaffuz etadi So‘ngra bolalar «s» tovushini talaffuz etadilar.Qo‘llarining orqa tomonini bo‘yinlariga qo‘yib, ovoz uxlayaptimi yoki yo‘qmi, tekshirib ko‘radilar). Ovoz uyqudan turgandan key in ashula aytadi. U shunday ovozda ashula aytadiki, hatto uychaning devorlari titray boshlaydi (bola «z» tovushini bo‘yinga qo‘l kaftining orqa tomonini qo‘yib talaffuz etadi. Bu bilan ovoz uxlayaptimi yoki yo‘qmi, tekshiriladi. Xuddi shu tariqa bola­lar ikki - uch marta «s» va «z» tovushini navbatma-navbat talaffuz etadilar va tovush uxlayaptimi yoki ashula aytyaptimi aniqlashadi. Bolalar, bugun biz ko‘p narsalarni bilib oldik. Mashg‘ulot bolalarni rag‘batlantirish bilan yakunlanadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
Demak, gapirishimiz uchun bizga nimalar yordam beradi?
(lablar, til, til uchi, til kuragi, tilning orqa qismi, tishlar, tang­lay, tovush)
2-mashg‘ulot:
Mavzu: «O» tovushini talaffuz qilish
Maqsad: «O» tovushi bilan tanishtirish.
Vazifalar:

  • «O» tovushini talaffuz qilishga o‘rgatish

  • «O» tovushining unli tovush ekani haqida tushuncha berish, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini aytish, uning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish,

  • «O» tovushli so‘zlar bilan bolalar nutqini boyitish.

Kutilayotgan natijalar:

  • «O» tovushining unli tovush ekanligini, uning so‘z boshi, o‘rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar.

  • «O» tovushli so‘zlar ayta oladilar.

Kerakli jihozlar:

  • «O» tovushi bor suratlar, kubik: bir tomoniga labning ochiq holati rasmi yopishtirilgan, boshqa tomonlariga unli harflar yopishtirilgan.


  • Yüklə 2,06 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin