Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə44/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
4. ДАРСЛИК

Kirish suhbati. Bu suhbat turidan bolalarni sayohatga olib borishdan oldin yoki bolalarga o'qilgan badiiy asarlarni qayta hikoya qildirishdan oldin foydalaniladi. Masalan, 6 yoshli bolalar bilan „Pomidor o'tqazdik" mavzusida suhbat o'tkazishda (pomidor o'tqaziladigan yerga olib borishdan awal) tarbiyachi bolalarni guruh xonasida to'plab, qisqacha kirish suhbati o'tkazadi, kirish suhbati davomida bolalarga quyidagi savollarni beradi:

  • Bolalar, eslanglar-chi, biz sizlar bilan tuvakdagi pomidor ko'chatlarini yerga (jo'yaklarga) qachon ekkan edik?

  • Kimning ko'chati qayerga ekilganligini tez bilib olish uchun qanday belgi qo'ygan edik?

  • Pomidor yaxshi hosil berishi uchun uni qanday parvarish qilish kerak?

  • Pomidorga suvni nimada quyish yaxshiroq — leykadami yoki chelakdami?

Bolalar javobidan so'ng tarbiyachi ularni to'ldirib, shunday deydi: — To'g'ri, bolalar, biz uch kun oldin gurahimizning yeriga tuvakdagi pomidor ko'chatlarini ekkan edik. Har kim o'z ko'chatini parvarish qilishi uchun har bir ko'chat kimniki ekanligini bildiruvchi uzun cho'pni tuvak yoniga (yerga) suqib, unga ismlarni yozib qo'ygan edik. Mana bugun biz sizlar bilan yerga ekilgan pomidor ko'chatlarimizni parvarish qilish uchun boramiz va u yerda kimning ko'chati qanday ko'karganini, unga qanday qilib suv berishni, qanday o'g'it solishni kuzatamiz. Mana, men pomidor ko'chatlariga suv quyish uchun leyka-chalarni tayyorlab qo'ydim. Leykachalardan quyilgan suv xuddi yomg'irga o'xshab tushadi. Bu ko'chat ildizlarining atrofmi yumshatishga, ildizning yaxshi rivojlanishiga yordam beradi. Ho-zir hammangiz kiyimlaringizni kiyib olib, ikkitadan bo'lib, qo'l ushlashib, ekin maydonimizga borishga tayyorlanasiz.
Bog'cha dahlizida shovqin qilmasdan, boshqa gurahlarning mashg'ulot o'tishlariga xalaqit bermasdan, sekin-asta yuramiz.
Sayohat yoki biror-bir narsani kuzatish davomida suhbat o'tkazish. Bolalarni pomidor ko'chati ekilgan yerga olib borib, pomidor ko'chatining o'sishini kuzatish va uni qanday parvarish qilish to'g'risidagi suhbatni tarbiyachi quyidagi savollar asosida davom ettiradi:

  • Bolalar, biz hozir qayerga keldik?

  • Kimning ko'chati qayerga ekilganligini qanday bilib olasiz?

  • Pomidor ko'chati yaxshi o'sishi uchun nima qilish kerak?, - Parvarish qilish nimalardan iborat?

  • Nima uchun o'simlikka namlik (suv) kerak?




  • Suvni nimada quygan yaxshiroq? Nima uchun? (Bir bolaga leykachani beradi, u o'z ko'chatiga suv quyadi.)

  • Nima uchun ko'chatga oziq beriladi? (Tarbiyachi ko'chatga oldindan tayyorlab qo'yilgan o'g'itni solib ko'rsatadi va ustidan leyka bilan suv quyadi.)

  • Ko'chatga nima uchun quyosh nuri kerak? , :

— Begona o'tlarning ko'chat uchun qanday zarari bor? Shundan so'ng tarbiyachi bolalarning javobini to'ldirib, suhbatni pomidor haqidagi she'rni aytib berish bilan tugatadi:
Barglar ostidan Xoh salat qiling,
Boqsam mo'ralab. Xoh soling oshga.
Uzgingiz kelar, Ishtaha ochgum
Tongda saralab. Keksa-yu, yoshga.
Tarbiyachi mashg'ulotdan so'ng bolalarga o'z ko'chatlariga o'g'it va leykadan suv quyishni aytadi, o'zi esa topshiriqni bolalar qanday bajarayotganlarini kuzatib boradi, zarur bo'lsa, yordam beradi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin