Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli nimadan iborat?
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari haida nimalami bilasiz?
Qanday mashg ‘ulotlar aqliy tarbiyada samarali hisoblanadi?
Bolalarni rang, shakl, kattalik tushunchalarini anglashga qanday o'rgatiladi?
Turli mashg ‘ulot, o ‘yin, tabiat burchagi va maydonchadagi mehnat hamda sayrning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati nimalardan iborat?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1.F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
2.D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
3.Jo‘raev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
4.Shodieva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
5.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
6. Shodieva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
7. Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.
8. Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. -T.: Ma'naviyat, 2003
9.Begmatova N.X., Aripov M. Multimediya texnologiyasidan foydalanish. -T., 2012.
Suhbat qismlari va unga tarbiyachining tayyorgarligi
Suratlar asosida suhbat o’tkazish
Tayanch tushunchalar: suhbat, suhbat turlari, suhbat qismlari, tarbiyachi tayyorgarligi, suratlar,axloqiy mavzudagi suhbat, bilishga oid suhbat, didaktik maqsadga ko’ra suhbat.
1.Suhbat va uning turlari. Suhbat ta'lim-tarbiyaviy ishning murakkab turidir. Suhbat tarbiyachining guruhdagi hamma bolalar bilan ma Turn bir mavzu yuzasidan maqsadga qaratilgan holda tashkiliy so'zlashishidir.
Bolalar bog'chasida bolalar bilan o'tkaziladigan suhbat ularning kundalik faoliyatlari va turli voqea-hodisalarni kuzatishi natijasida olgan tushunchalarini aniqlash va ularni bir tizimga solish maqsadida o'tkaziladi. Tarbiyachi bolalar bilan suhbatni tashkil etar ekan, u bolalarga haqiqatni to'liq va chuqur idrok
qilishga yordam beradi, ularning diqqatini tushunish qiyin bo'lgan voqea-hodisalarga jalb qiladi. Suhbat mashg'ulotida bola ilgari ko'rgan, kuzatgan voqea va hodisalarni qaytadan esga tushiradi, mantiqiy fikr yuritadi, tahlil va muhokama qiladi. Suhbat bolalarni jamoaga birlashtiradi, bir-birlariga bo'lgan qiziqishni oshiradi, bilim va tasawurlarini mustahkamlaydi, ularning nutqiga (lug'atini faollashtirishga, grammatik shakllarni takomillashtirishga) sezi-larli darajada ta'sir etadi, tarbiyachining gaplarini, o'rtoqlarining berayotgan javobini e'tibor bilan eshitishga odatlanadilar. Suhbat bolalarni o'z fikri bilan o'rtoqlashishga, jamoada so'zlashishga, faolligini oshirishga, o'z-o'zini tuta bilishga odatlantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi, ya'ni yuqori axloqiy sifatlarni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Suhbat uslubiyoti bola-larda bilim, axloqiy sifatlarni tarkib toptirish bilangina cheklan-may, balki ularning bog'lanishli nutqini o'stirishda, tevarak-atrofdagi narsalarga qiziqishga, ularni aniq ko'rishga va ushbu narsalarga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatishda mu-him vosita hisoblanadi.
Suhbat mashg'ulotida tarbiyachi quyidagilarni amalga oshiradi:
Bolalarning tajribalarini aniqlaydi va tartibga soladi, ya'ni tarbiyachi rahbarligida kuzatish vaqtida va oiladagi, bolalar bog'chasidagi turli faoliyatlar jarayonida kishilar hayoti va tabiat to'g'risidagi bilim hamda tasawurlarini aniqlaydi.
Bolalarda tevarak-atrofga to'g'ri munosabatni tarbiyalaydi.
Bolalarni suhbat mavzusidan chalg'imay, o'z fikrini maqsadga yo'naltirilgan holda izchillik bilan bayon etishga o'rgatadi.
O'z fikrini oddiy va tushunarli tarzda ifodalashga o'rgatadi.
Bolalarning ilgari o'zlashtirgan bilimlariga asoslanib, ularning fikrlarini faollashtiradi, mustaqil mulohaza va muhokama qilishga o'rgatadi, muhokama qilinayotgan hodisaga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lish fazilatini shakllantiradi va tarbiyalaydi. Bundan tashqari, tarbiyachi suhbat vaqtida bolalarda barqaror diqqatni, boshqalarning nutqini tinglash va tushunishni, savollarga ortiqcha kuttirmasdan, chaqirishni kutmasdan, tez javob berish istagini, yetarli ovoz balandligida, hamma eshitarli qilib aniq gapirish odatini ham tarbiyalaydi.
Suhbat mashg'ulotida bolalar kelgusida maktabda ta'lim olish jarayonida zarur bo'lgan bilim, malaka va odatlarni egallaydilar.
Suhbat bolalarning xilma-xil faoliyatlariga va xulqlariga katta ta'sir etadi.
Masalan, oila, onalar mehnati to'g'risidagi suhbatlardan so'ng bolalar o'zlarining yaqin kishilariga amaliy jihatdan o'z munosabatlarini namoyon etishga harakat qiladilar. Bunday suhbatlardan keyin bola tarbiyachisiga: „Yaqinda onamning tug'ilgan kunlari, ularga nima sovg'a qilishim mumkin, maslahat bering", - deb murojaat etadi.
Transport vositalari to'g'risidagi suhbatdan keyin esa ko'cha bo'ylab harakat qilayotgan mashinalarni zo'r qiziqish va diqqat bilan kuzatadilar, ularda juda ko'p qizaqarli savollar paydo bo'ladi, ijodiy o'yinlarining mazmuni sezilarli darajada boyiydi.
Suhbat asosan 3 xil bo'ladi:
Kirish suhbati.
Sayohat va kuzatish davomida o'tkaziladigan suhbat.