4.Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli. Bu usul o'ziga xos bo'lib, undan bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida tarbiyachi va bolalar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. Tarbiyachi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, tarbiyachi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.
Oxirida hikoya tarbiyachi tomonidan takrorlanadi, so'ngra 2 —3 bola takrorlaydi. Bu usulning mohiyati shundaki, mash-g'ulotda barcha bolalar faollik ko'rsatishadi, ularning xayollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu usulning bir qator kamchiliklari mavjud: bolalarning nutq faoliyati jumlalarni tuzish, so'zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular monolog nutqni rivojlantirish ustida kam mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan foydalanish chegaralangan.
5.Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli. Ayrim mashg'ulotlarda hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdek, mashg'ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo'lib, hikoyalar to'liq va chuqur mazmunga ega bo'ladi, ko'p bolalardan so'rash imko-niyati vujudga keladi.
Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo'yicha tasvirlash mumkin. Masalan, bolalar ushbu rasmlarni qism bo'yicha tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk bolalari bilan", „Echki bolalari bilan", „Sigir buzog'i bilan", „Qishki o'yinlar" va hokazolar.
Tarbiyachi tasviriy hikoya uchun mavzu taklif etishdan awal rasmni kichik-kichik qismlarga ajratib chiqadi. Masalan, „Quyonlar" degan mavzuda tasviriy hikoya tuzishda tarbiyachi bolalarni shunday ogohlantiradi: „Quyonlar haqida hikoya qilamiz, ammo hammasini bir yo'la emas, balki quyonlar haqida hamma narsani xotirlash (esga tushirish) uchun tartib bilan gapiramiz". So'ngra har bir qism uchun reja taklif etish mumkin. Masalan: „Hozir, bolalar quyonni tanasi nima bilan qoplan-ganligini, uning tumshug'i qanday ekanligini, u qanday harakat qilishini (yurishini) eslaymiz".
Bu reja asosida 2 — 3 bola hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga o'tiladi: „Bizning quyonlarimiz qayerda yashashini, katagida nimalar borligini, ular nima uchun kerakligini gapirib bering". So'ngra quyonning oziqlari, kim ularga g'amxo'rlik qilishi va hokazolar haqida hikoya qilib berish mumkin. Mashg'ulot oxirida nutqi yaxshi, hikoya qilish malakasi rivojlangan bir bola rasmda tasvirlangan narsalar haqida batafsil gapirib berishi mumkin.