Badiiy asarni sahnalashtirib ko‘rsatish usullari.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Ertak va hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, quyon kabi personajlarni o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi.
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg‘om», «Bo‘g‘irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ulaming kechinmalari, qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko‘proq qanday asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo‘lg‘usi sahnalashtiriladigan o‘yinlar jonlantiriladi.
Non isi Alisher Navoiy Sahnada saroy ko‘rinishi tasvirlanadi. «Non isi» rivoyatini sahnalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar hozirlanadi. Ishtirokchilaming barchasi o‘z o‘rnini egallaydi.
Bir kuni podshoh Husayn Boyqaro o‘z huzuriga vazirlarini chaqiribdi. Dunyodagi eng xushbo‘y narsani keltiring!
O‘ng qo‘l vaziri bir dasta atirgul keltiribdi.
Vazir: - Mana shohim.
Shoh: - Yo‘q, men aytgan narsa bu emas.
Chap qo‘l vaziri qalampirmunchoq keltiribdi.
Vazir: - Mana, shohim, marhamat.
Shoh: - Yo‘q. Men aytgan narsa bu emas. Sizlarga uch kun muhlat topsalaringiz - topdingiz, topmasalaringiz, hammangizni jazolaymen!
Vazirlar nima qilishlarini bilmay, rosa boshlari qotibdi. O‘ylay-o‘ylay, Alisher Navoiyning huzuriga borib, maslahat so‘rashga qaror qilishibdi.
- Assalomu-alaykum, taxsir.
- Vaalaykum assalom. Kelinglar, xush ko‘rdik, marhamat.
Vazir: - Ey, mehribon ustoz! Bizni jazodan qutqaring. Shohimiz dunyoda eng xushbo‘y isli narsani keltirishimizni buyurib edilar. Shuni hech topa olmayapmiz. Panohingizga oling.
Navoiy: - Bu jumboqni ochadurg‘on kishi - Dehqon bobodur. Qani, yuringlar-chi, so‘raymiz.
Hammalari birgalashib, Dehqon bobo huzuriga boribdilar. Dehqon: - Otam rahmatli tandirdan yangi uzilgan non isidan hushbo‘yroq narsa yo‘q, deguvchi edilar. Yangi yopilgan non olib boringlar-chi, shohga ma’qul kelsa, ajabmas. Navoiy yangi uzilgan nonni savatga solib, shoh huzuriga kiribdi. Navoiy: - Mana, shohim. Dunyoda hushbo‘y hidli narsa - tandirdan yangi uzilgan nondir.
Shoh: - Rahmat, do‘stim, ko‘nglim istagan narsani siz topib keltiribsiz.
Navoiy: - Shohim, rahmatni menga emas, Dehqon boboga ayting, ko‘nglingizning istagini shu kishi topdi.
Shoh chapak chalib, mulozimlarini chaqiribdi.
Shoh: - Dehqonga sarpo kiydiring!
Shoh xazinaboni dehqonga sarpo kiydiribdi.
Dehqon: - Qulluq, shohim, qulluq.
Bolalarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati. Bolalar badiiy adabiyoti ularga aqliy, axloqiy va estetik tarbiya berishda, nutqini har taraflama rivojlantirishda va boyitishda katta ta'sir etuvchi vosita hisoblanadi. Badiiy adabiyot bolalarga jamiyat hayotini va tabiatni, kishilik dunyosining ichki his-tuyg'ularini va o'zaro munosabatlarni poetik obrazlarda ochib beradi, tushuntiradi. U bolaning his-tuyg'ularini rivojlantiradi, xayolini tarbiyalaydi va o'zbek adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishtiradi. Bu namunalar o'zining ta'siri jihatidan xibna-xildir: hikoya orqali bolalar so'zlarning aniqligini, ma'nodorligini anglab oladilar; she'rlardan esa ularning musiqaviyligini, kuylanuvchanligini, ohangdorligini bilib oladilar, xalq ertaklari bolalarga tilning ifodaliligini, mazmundorligini ochib beradi, nutqning xilma-xilligini, hazil-mutoyibaga boyligini bolalarning ko'z oldida namoyon qiladi.
Badiiy adabiyot bolalarga kishilarning hayoti va mehnatlari, ishlari va qahramonliklari, bolalikdagi eng qiziqarli voqealar, ularning o'yinlari, mehnatlari haqida hikoya qilib beradi.
Badiiy adabiyot bolalarga hayotni tushuntiradi va shu orqali bola hayotiy tajribasining ortib borishiga ta'sir etadi. Badiiy adabiyot kishilarning ichki dunyosini, ularning his-tuyg'ularini, xarak-terlarini ochib berishi bilan bolalarni hayajonlanishga, qahra-monlarning xatti-harakatlarini baholashga va uni muhokama qilishga o'rgatadi. Badiiy asarning eng yaxshi namunalari bolalarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga: yaxshi — yomon, haq — nohaq, rost — yolg'on va h.k. so'zlarning ma'nosini tushunib olishlariga yordam beradi.
Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda bolalar bog'chasining tarbiyachisi oldida turgan vazifalar. Bolalar bog'chasi tarbiyachisining oldida har bir badiiy asarni san'at asari sifatida bolalar ongiga yetkazish, uning mazmunini ochib berish, badiiy asarda qatnashuvchi personajlarga nisbatan emotsional munosabatda bo'lish, muallifning lirik kechinmalarini his etishga, ya'ni asarda qatnashuvchi qahramonlarga nisbatan o'z munosabatlarini ifodalashga o'rgatish kabi murakkab vazifalar turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiyachining o'zi, bolalarni badiiy asar bilan tanishtirishdan awal, uni his etishi va tushunishi, mazmunini tahlil eta olishi zarur. Shuningdek, pedagog o'qish va hikoya qilib berish texnikasini, ya'ni aniq diksiyani, ifodali o'qish vositalarini (mantiqiy urg'uni to'g'ri qo'ya olish, pauza, ovoz toni va tempi) egallagan bo'lishi kerak. Badiiy asarning har bir janrini ifodali tarzda bolalarga yetkaza olingandagina, uning g'oyaviy mazmunini to'g'ri idrok ettira olish mumkin. Bolalarda badiiy asarni idrok etish qobiliyati o'z-o'zidan vujudga kelmaydi, uni bolaning ilk yoshidan boshlab rivojlantirish va tarbiyalash kerak, shundagina bola keyinchalik badiiy asarlami diqqat bilan tinglashga, badiiy nutqqa e'tibor berishga o'rganadi. Bolalar ongiga badiiy asarlarning axloqiy, estetik mohiyatini yetkazish — bu murakkab vazifa hisoblanadi.
Pedagogik rahbarlikning bir maqsadga qaratilishi bolalar tomonidan badiiy asarlarning estetik jihatlarini va ularning mazmunini, badiiy ifoda vositalarini idrok etish imkonini yara-tadi.
Turli yosh guruhlarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo'yicha „Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi"ning mazmuni. Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi" bolalar adabiyoti bilan tanishtirishda quyidagi vazifalarni qo'yadi: bolalarda badiiy so'zga muhabbatni tarbiyalash; kitobni sevishga o'rgatish. Shuningdek, dasturda bolalarga qaysi asarni o'qib berish, hikoya qilib berish, yod olish ko'rsatilgan.
Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo'yicha dastur vazifalari birinchi kichik guruhdan boshlab belgilab berilgan. „Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi"ning birinchi va ikkinchi kichik guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo'yicha quyidagi ish vazifalari belgilangan:
1. Bolalarda badiiy asarga nisbatan qiziqish uyg'otish. Ularni yoshiga, qiziqishlariga mos keladigan asarlar bilan tanishtirish.
2. Bolalarda ertak, hikoya, she'rlarni berilib tinglash, tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ko'nikmalarini hosil qilish.
3. Asar mazmuni bo'yicha beriladigan savollarga javob berish, qisqa she'rlarni, ertak va hikoyalarning mazmunini buzmay (tarbiyachi bilan birga, keyinchalik mustaqil) takrorlash kabi ko'nikmalarni o'stirish. Bolalarda asarlar bo'yicha ishlangan rasmlarga nisbatan qiziqishni rivojlantirish.
O'rta guruhda esa bolalarni badiiy adabiyot bilan tanish-tirishning quyidagi vazifalari belgilangan:
1. Bolalarda badiiy adabiyotga qiziqish va tabiiy muhabbatni tarbiyalash.Ularni turli mavzudagi ertak, shuningdek, topishmoqlar, sanamalar, hadislar, maqollarning mazmunini idrok etishga o'rgatish.
2. O'zbek xalq dostonlaridan olingan parchalar bilan tanishtirish. Sharqning buyuk allomalari haqida qisqacha ma'lumot berish orqali bolalar qalbida avlod-ajdodlarga nisbatan hurmat, iftixor tuyg'usini uyg'otish.
3. Asarlar mazmuni bo'yicha savollarga javob berish ko'nikmasini mustahkamlash.
4. Asarda ishtirok etuvchi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga, ayrim an'anaviy sifatlarini (yaxshi, yovuz, jasur), rahiy kechinmalarini (xafa, xursand) ta'riflashga undash. She'r, ertak, topishmoq, hikoya, sanamalarni ifodali aytishga o'rgatish.
Katta va maktabga tayyorlov guruhida:
1. Bolalarda hayotga nisbatan qiziqish va muhabbatni yanada kuchaytirish, asardagi go'zallikni, nafosatni his etish kabi ko'¬nikmalarni mustahkamlash.
2. Ularning badiiy asarlardagi qahramonlar xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini to'g'ri baholash, aks ettirilayotgan voqealar mohiyatini tushunish qobiliyatlarini o'stira borish lozim.
3. Bolalarning milliy, badiiy didlarini rivojlantirish, badiiy adabiyotning o'ziga xos xususiyatlari, ba'zi janrlari, asarning tili haqidagi boshlang'ich tasawurlarini shakllantirish.
4. Bolalarni asar g'oyasini tushunishga, tasviriy vositalarni his etishga, she'riy nutqdagi musiqiylik, ohangdorlik va ritmni payqay olishga o'rgatish.
5. Bolalarning o'zbek xalq og'zaki ijodiyoti, sharq allomalari, yozuvchilari, shoirlari haqidagi tushunchalarini boyitish. Ertak va hikoyalarni o'qib berganda va bolalar tomonidan badiiy asarlarni qayta hikoya qilish jarayonida badiiy asarlarda aks etgan voqea va obrazlarga nisbatan ularning shaxsiy munosabatlarini aniqlab, to’g’ri yo’l ko’rsatib borish.
6. Asarlardagi obrazlar haqida gapirilayotganda, ularning holatlarini imo-ishora, yuz ifodasi, harakatlar orqali bayon qilishga o'rgatiladi.