Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Tabiiy buyumlarni tasvirlash



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə66/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126
4. ДАРСЛИК

Tabiiy buyumlarni tasvirlash. Bu mashg'ulot katta ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega, bunday mashg'ulotlarda bolalarning kundalik hayotlarida ishlatiladigan, atrofini o'rab turgan, ro'zg'orda ishlatiladigan buyumlar tasvirlanadi. Shuningdek, tabiat obyektlari (mevalar, uy o'simliklari, barglar), xo'jalik buyumlari, tanish mehnat qurollari va hokazolar bo'lishi mumkin. Bolalar hikoya tuzar ekan, ularning buyumlar (shakli, nimadan qilinganligi, uning vazifasi) to'g'risidagi bilimlari yanada mustahkamlanadi. Buyumlarni tasvirlash bilan bir vaqtda ularning kuzatuvchanligi, tahlil qila olish malakasi, taqqoslash qobiliyati rivojlanadi. Bu mashg'ulot turida buyumlar yig'indisidan (25 — 30 dona, vazifasi, turkumi va hokazolari bir xil bo'lgan) foydalangan ma'qul. Masalan, katta guruhda quyidagi buyumlardan foydalanish mumkin: turli xildagi sovundonlar, tish cho'tkalari, g'iloflar, taroqlar, oynalar va hokazo; idish-tovoqlar va oshxona buyumlari (o'qlov, kapgir, chovli, tuzdon va hokazo); tikuv buyumlari (ip g'altaklari, tugmachalar, qaychilar, igna qadagichlar va boshqalar); maktab (o'quv) anjomlari (qalamlar, o'chirg'ichlar, chizg'ichlar, ruchkalar). Bolalarning hikoyasini buyumlarning turkumlanishi asosida, vazifasiga qarab (Yana kimda g'iloflar bor?), materiali bo'yicha (Yashil rangdagi buyumlarni eslay-sizmi?) navbatlashtirish mumkin.
Mashg'ulotda topishmoqlardan ham foydalanish mumkin: Hammaga to'n tikadi, o'zi yalang'och (Igna); Tap-tap etadi, tagidan karvon o'tadi. (Elak); Borishda qorni och, qo'shiq aytar, kelishda qorni to'q yig'lab qaytar (Chelak). Bolalarning taqqoslovchi hikoyalaridan ham foydalanish mumkin. Masalan, ikkita ignadonni tasvirlash: „Mening ignadonim plastmassadan yasalgan, uniki esa — yog'ochdan. Mening ignadonimning yuqorisida angishvonasi bor, unikida esa yo'q. Mening igna­donimning uchi o'tkir, xuddi raketaga o'xshaydi, lining ignadoni esa xuddi hushtakka o'xshaydi". Bunday mashg'ulotlar natijasida bolalar o'zlari mustaqil ravishda buyumlar to'g'risida, uning eng muhim belgilarini ajratgan holda topishmoqlar o'ylab topishga o'rganadilar.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

  1. Bola tarbiyasida o ‘yinchoqning ahamiyati nimalardan iborat?

  2. Turli yosh guruhlarda bolalarni o ‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish uslulari haqida nimalarni bilasiz ?.

  3. Bola tarbiyasida milliy o ‘yinchoq va qo ‘g ‘irchoqlarning roli qanday?

  4. Qo‘g‘irchoqlarning qanday ko ‘rinishlarini bilasiz?

  5. O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari xususida to‘xtaling?.




Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin