Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə67/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126
4. ДАРСЛИК

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
2.D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
3.Jo‘raev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
4.Shodieva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
5.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
6. Shodieva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
7. Mo'minova L. R. Maktabgacha yoshdagi bolalami savodga o'rgatish dasturi. -T., 1996.
8. Safarova R. va boshqalar. Savod o'rgatish darslari. -T.: Ma'naviyat, 2003
9.Begmatova N.X., Aripov M. Multimediya texnologiyasidan foydalanish. -T., 2012.


13-§: BADIIY ASARNI SAHNALASHTIRISH TURLARI VA UNI QO’YIB KO’RSATISH METODLARI



REJA:

  1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o ‘ziga xos xususiyatlari

  2. Sahnalashtirilgan o’yinlar

  3. Badiiy asarni shakllantirib ko’rsatish usullari



Tayanch tushunchalar: personaj, emotsional, ijodiy o‘yinlar, sahnalashtirilgan o‘yinlar, siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar, qurish-yasash o‘yinlari


  1. Badiiy asarni sahnalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Sahnalashtirish o‘yinlari, bu bolalaming mustaqil ijodiy o‘yin turi bo‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo‘lib ijro etiladi. Bu o‘yinlar bolalarda iroda, intizom va o‘z xatti- harakatlarini boshqara olish, boshqalaming harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi.

Sahnalashtirish o‘yinlarida bolalar o‘yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlami o‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bujarayonda bolalarning nutq faolligi, lug‘at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi.
Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalaming yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi.
Adabiy asarlami tanlashda quyidagi talablar qo‘yiladi:

  1. Mazmunining g‘oyaviy-ma’naviy barkamolligi.

  2. Badiiy jihatdan mazmundorligi.

  3. Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko‘p bo‘lsa, asar shuncha ahamiyatlidir).

  4. Mazmuni yaxshi bo‘lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko‘p bo‘lishi.

  5. Ifodali o‘qishga mos bo‘lishi.

  6. Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i zarur.

Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko‘radilar. Ma­salan, «Sholg‘om», «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq» va boshqa­lar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda (qo‘g‘irchoq, soya, soya teatri orqali) sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
Badiiy asarni eslab qolishlari uchun uni qayta qo‘yib berish, sahnada ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.
Sahnalashtirish o‘yinlari qiziqarli o‘tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to‘g‘ri rahbarlik qilinishi kerak. Kattalar o‘yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. o‘yinda.faol ishtirok etgan bolalami alohida rag‘batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar.
Bolahrning ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qu­rilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlaming roli kattadir. Pedagoglardan Z.V. Lishtvan, V.G. Nechayeva o‘z tadqiqotlarida qurish- yasash o yinlarining o‘ziga xos tomonlari va ahamiyatini yoritib berganlar. Bolalar nashriyotlari badiiy asarlarni sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar kabi turli ko‘rinishidagi ko‘rgazmali qo‘llanmalarni chop etmoqdalar.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin