Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Maktabgacha ta`lim muassasalari va oilada olib boriladigan ishlar



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə91/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
4. ДАРСЛИК

2. Maktabgacha ta`lim muassasalari va oilada olib boriladigan ishlar. Ta’lim muassasalarida ota - onalar va tarbiyachilar bilan o'tkaziladigan har bir munozaralar bolalarni maktabning ilk bosqichiga qadam qo'yishlarim silliqlik bilan o'tilishida yordam beradi hamda sog'lom bola va sogiom muxit sharoitini mustaxkam yaratishga imkon beradi.
Treninglar maktabgacha ta’lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov gurux tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ulaming ota-onalari, boshlang'ich sinif o‘qituvchilari ishtirokida o'tkazilishi bola rivojlanishida to‘g‘ri tashxis qo’yishga yordam beradi.
Ota-onalarga: “Sizning bolangiz yaqinda yoshga to’ladi uning hayotida yangi tartibli, rejaga asoslangan ta'lim boshlanib, u bolangizni har tomonlama sogTom, tetik, mustaqil shaxs sifatida voyaga etishida zamin yaratish bosqichlariga aylanadi” deb murojat etiladi. Maktab ostonasiga birinchi qadamini qo'yar ekan sizning bolangiz hayotida o‘chmas, esda qoluvchi damlar boshlanadi deb savolnomalar tarqatiladi vayozma ravishda javob berilishini iltimos qilinadi.
1. Sizning bolangizda maktabda o‘qishga moyillik bormi?.
2. Sizningcha bola maktabga tayyorgarlikni oilada oladimi?
3. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishi uchun nima zanir?
4. Jismoniy sogiom boiishi uchun nimalarga e’tibor qaratilishi lozim?
5. Shaxsan sizning bolangiz bolalar bog'chasidan so‘ng maktab sharoitiga moslashishi uchun nimalarga etibor qaratar edingiz?
6. Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab ta’limi o‘rtasidagi farqlami bolangiz ongiga singdira olasizmi?
7. Maktab hayotidagi qonun-qoidalami bilishi va unga amat qilishiga yordam bera olasizmi?
8. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan qanday talab va istaklaringiz bor?
Shu kabi savollarga javoblar olingandan so‘ng munozarani olib borish uchun ota- onalarga topshiriqlar beriladi:
- ota-onalaming maktab bo‘sag‘asidagi tashvishlari qay darajada ekanligini aniqlash,
- maktabga bolalami har tomonlama tayyorlash uchun ota-onalami qiziqtirgan kitoblarni mavjudligi,
- bolani sog'lom muxitda tengdoshlari bilan o'rtoqlashishga ko'maklashishi.
- o’cjish va sanashni bilish darajalarini amqlashga yordam berish.
- bolalami intizomli, tartibli, chidamli va mustaqil fikirlashga undash.
Ota-onalar topshiriqlar yuzasidan o‘zaro munozara qilganlaridan so'ng ulami fikr va muloxazalarini tinglash hamda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari va boshlang‘ich ta’lim o’qituvchilari bolalami maktab ta’limiga tayyorlashda ulami sog‘lomligiga katta e’tibor qaratish, jismonan va aqlan rivojlantirish mas’uliyatini yuklash, muassasalar bilan hamkorlikda ish olib borish vazifalarini bajarishdan iboratligi tushuntiriladi hamda ta’limning kevingi turi - boshlang'ich sinflarda muvaffaqiyatli ta’lim olishga yo’naltiriladi. Xususan mustaxkam oilada sog‘lom bola tarbiyasi bolalami ma’rifatli, ishbilarmon, tadbirkor, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitiga o'tishning ma’naviy-axloqiy asoslarini to‘g‘ri tushuna oladigan, halol, to‘g‘ri, birovlar haqqiga xiyonat qilmaydigan, hayr-ehson, sahovat va muruwat kabi fazilatlaming asl ma’nosini yaxshi anglaydigan jamiyat a’zosi qilib tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-ona awalo, o‘zi, qolaversa, farzandlarmi ham o‘rgatib bormog'i har biri o‘z mas’uliyatini anglab etmog‘i, ota-ona va tarbiyachi farzand tarbiyasida mohirona bo’hshi bugungi kun talablaridan biri hisoblanadi.
Bolalarning ta’lim-tarbiyasiga, bilim olishiga asosiy zamin yaratuvchi maskon oiladir. Bolalarda insoniylik, awalambor, oilada, ota-onalardan ibrat olgan holda shakllanadi. Ota-ona bolaga boshidan ta’lim-tarbiyani, nutqmadaniyatini, odamiylik hislatlarini qunt bilan singdirib borsalar, etuk, barkamol, sog’lom, mustaqil fikrlovchi eng asosiysi, odobli shaxs bo'lib etishadilar.
Inson hayotda bilim olishga intilishni, Vatanni sevishni, ardoqlashni, kattalami hurmat qilishni, muomala madaniyatini ota-onadan o'rganadi. Oila birinchi navbatda ta’lim-tarbiya maskani hisoblanadi. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy-madaniy tarbiya berishning yo’llan va vositalari xilma-xil bo'lib, bular ichida bolalarning nutqi, muomalasi alohida o‘rin tutadi. Farzand ota-onaning baxti va boyligi hisoblanadi, ota-onalarning bolalami sevishi, o‘z navbatida bolalarning ota-onalaridan o’rgangan, eshitgan muomalalari, so‘zlashish madaniyati bolalarning ota-onalarini astoydil hurmat qilishi oila ko‘rki boiib hisoblangan.
Ota-onaning shaxsiy namunasi bola tarbiyasining eng muhim metodlaridan biri hisoblanadi. Ota-ona o‘z bolalarida mehnatsevarlik, kaltalarga hurmat, o'zidan kichiklarga shafqatli bo‘lish va g’amxo‘rlik qilish, yovuzlikka nafrat kabi ijobiy xislatlami shakllantirishga harakat qilganlar.
Ba’zi oilalarda ota-onalaming o‘zaro kilishmovchiliklari sababli bolalar hayotda juda qiynaladilar. Bunday oilalarda bo‘lib turadigan janjal-to‘palonlar, xaqoratli so'zlar oilada o‘sib kilayotgan farzandlarga katta ta’sir etadi. Bolalarda ota-onasiga bo‘lgan hurmat yo‘qoladi. Bola yurish turish va o'zaro munosabat qoidalari, yoshlaming ota-ona va kattalar oldidagi burchi, mehnati, kasb-kori va ulaming inson hayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va tasawurlami oilada oladilar, odob hamda ma’naviy hayot oilada o‘yg’onadi. Shuning uchun ota-onaning jamiyat oldidagi eng katta va birmcln vazifasi farzandlaming qobiliyatlari va qiziqishlariga e’tibor bergan holda ularga to'g’ri ta’lim-tarbiya berishlaridir.
Bugungi kunda farzandlarining ehtiyoj va intilishlari asosida yuksak darajada tavlim-tarbiya berayotgan oilalar juda ko‘p.
Bola har qadamda, har daqiqada kattalardan ta’sirlanadi, o’rganadi, eshitgan ko'rganlarini takrorlaydilar, Ota-onalaridan mulokotga kirish madaniyatini o'rganadilar, bu narga keyinchalik ulaming hayoti mazmunini begilaydi. Ota-onalar bolalariga nutqmadaniyatiga muvofiqnimani qanday gapirish mumkin, nimani aytmaslik kerakligini yaxshi biladilar.
Nutq madaniyati inson ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Nutqmadaniyati bu awalo fikrlash madaniyatidir.
Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag’rida nwivjud boigan oilalaming ijtimoiy- iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog’liqdir.
Oila bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo‘lib, bu muhittda shaxs kamoloti eng muhim hisoblangan hulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamoloitini ta’minlabgina qolmasdan, ota-onalarda o‘ziiga xos faolikni ham yuzaga keltiradi. Oilada qaror topgan sog’lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning etuk, barkamol bo‘lib voyaga etishishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir. Ota-onalar o‘z ijtimoiy burchini bajarar ekanlar, farzandlarning mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg’usini shakllantirish, ulami ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash, turli ko‘rinishdagi munosabaitlarini me’yorlarga og’ishmay rioya etish, sog’lom turmush tarzini yaratish, ko‘zda tutiladi. Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, ijtimoiy mehnat hamda oilaviy hayotga tayyor, nutqmadaniyatni shakllangan, so‘zga boy shaxsni o‘sib ulg’aytirib beradi. Ota-onalar bolalarining etuk, barkamol va sog’lom o’sishlarida ulaming kundalik hayotiy rejimiga amal qilishlari nihoyatda muhimdir.
Oilada uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga s;azovordir. Odob- axloqmavzusida uyushtirilgan muloqotlar farzandlarning til vo-ntalarini mustaqil tarzda qoilashlariga erishish zarurligini ko'rsatadi. Bunday oilaviy suhbatlar farzandlarning kundalik faoliyatida, sayru sayohatlarda samarali natija berishi shubhasizdir.
Hozirgi zamon talablariga muvofiq oilada bolalar ona tilini, adabiy talaffuz me’yorlariga binoan barcha tovush va so‘zlami aniqva tiniqtalaffuz etib, so‘z boyligini rivojlantirmog’i lozim. Bolalar shaxsini shakllantirish, nutqini rivojlantirish borasida yo‘l qo'yiladigan kamchiliklar hali-hanuz oilalarda etarli darajada emas. Ota-onalaming bolalarga beparvoliklari, so'zlashganda nutqmadaniyatiga ahamiyat bermasliklari oilada bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda. Oilada bolalar o’rtasidagi o‘zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o’yinlarda, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi. Bolalaming nutqmadaniyatini shakllantiiishda oiladagi katta-kichiklar, tmgdoshlari bilan qilinadigan muomalalari ko'proqrol o’ynaydi Farzandlarning o‘z harakatlari va xulqini boshqara bilishi diqqat, fikr va xotira sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatadi. Oilada bolalarning yaqin qarindoshlari bilan hamkorlikdagi va mustaqil faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq kundalik mashg‘ulotlarni bajarishi ularning fikrlash faolligini rivojlantirishga jadal ta’sir ko‘rsatishi kuzatildi. Shu bilan birga, oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligini yo‘lga qo‘yish orqali rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni muntazam tashkil etishda uzviylik tamoyiliga amal qilish o‘zining ijobiy samarasini berdi.
Xulosa qilganda, oilada biror-bir yutuqqa erishish tarbiyaga bogiiq. Shuning uchun ham oilada tarbiya, madaniy xulq-atvor odatlarini shakllantirishga muayyan darajada e’tibor berish, ularda yaxshilik, kamtarlik, adolatlilik, vijdonlilik to‘g’risidagi axloqiy tasawurlarini tarkib toptirish va shu xildagi sifatning didiga nisbatan salbiy munosabatni tarbiyalash kerak.
Oilada farzandlar nutqmadaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan, barkamol avlodni voyaga etkazishda o‘z samarasini berishi shubhasizdir
3. Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan ta­nishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jumallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bolaming uyidagi va oiladagi kun tartibi, ota-onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi.
Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta’limi to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim - tarbiya jarayonlari, bola­lar hayotini aks ettiruvchi tasvirlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalaming ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi oila bilan olib boriladigan ish- ning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalami qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi.
Ota-onalar uchun ochiq eshiklar kunining tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bun­day kur larda ota-onalarga bolalaming mashg‘ulotlari, mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalaming jamoada o‘zlarini qanday tutushlari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi.
Ota-onalar qo‘mitasi. Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim muassat asining Ustavi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun tuziladi, U ota-onalaming umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bi qo‘mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1-2 vakil saylanadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lim muassasasining xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir.
Ota-onalar qo‘mitasi bolalaming ota-onalari bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Qo‘mita a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi o‘zlarini qiziqtimvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ruza va hisobotni eshitishga haqlidir.
Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta’lim muassasasida saqlanadi.
Munozara shaklidagi ota-onalar bilan o‘tkaziladigan pedagogik kengash.
Maqsad: Ota-onalarga bolalarining maktabning ilk bosqichiga moslashuvini silliqlik bilan o‘tishida yordam berish. Bolalami mak­tabga tayyorlashda ota-onalarning vaziyatlarini aniqlash.
Ishtirokchilar:

  • maktabgacha ta’lim muassasasi metodisti;

  • katta guruh tarbiyachilari;

  • maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari;

1-sinf o‘quvchilarining ota-onalari.
O‘zbek oilasining o‘ziga xos, betakrorligi - nutq etiket qoidalarignutq etiket qoidalarignutq etiket qoidalarignutq etiket qoidalarigka intilish kabilarning barhayotligidadir.
Bolalarning ta’lim-tarbiyasiga, bilim olishiga asosiy zamin yaratuvchi maskon oiladir. Bolalarda insoniylik, avvalambor, oilada, ota-onalardan ibrat olgan holda shakllanadi. Ota-ona bolaga boshidan ta’lim-tarbiyani, nutq madaniyatini, odamiylik hislatlarini qunt bilan singdirib borsalar, yetuk, barkamol, sog’lom, mustaqil fikrlovchi, eng asosiysi, odobli shaxs bo‘lib yetishadilar.
Inson hayotda bilim olishga intilishni, Vatanni sevishni, ardoqlashni, kattalarni hurmat qilishni, muomala madaniyatini ota-onadan o‘rganadi. Oila birinchi navbatda ta’lim-tarbiya maskani hisoblanadi. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy-madaniy tarbiya berishning yo‘llari va vositalari xilma-xil bo‘lib, bular ichida bolalarning nutqi, muomalasi alohida o‘rin tutadi. Farzand ota-onaning baxti va boyligi hisoblanadi, ota-onalarning bolalarni sevishi, o‘z navbatida bolalarning ota-onalaridan o‘rgangan, eshitgan muomalalari, so‘zlashish madaniyati bolalarning ota-onalarini astoydil hurmat qilishi oila ko‘rki bo‘lib hisoblangan.
Ota-onaning shaxsiy namunasi bola tarbiyasining eng muhim metodlaridan biri hisoblangan. Ota-onalarning o‘zaro bir-birlari bilan suhbatlashishi, ovozlarining past-balandligi, sizlab gaplashishlari, bir-birlarini tinglashlari, yurish-turishlari, munosabatlarining ta’siri ostida o‘sib-ulg’ayishlari shular jumlasidandir.
Ota-onaning shaxsiy namunasi bola tarbiyasining eng muhim metodlaridan biri hisoblanadi. Bolalarni yuksak axloqli va odobli qilib tarbiyalash qadim zamonlardanoq, barcha xalqlarning orzusi, istagi bo‘lib kelgan. Ota-ona o‘z bolalarida mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, o‘zidan kichiklarga shafqatli bo‘lish va g’amxo‘rlik qilish, yovuzlikka nafrat kabi ijobiy xislatlarni shakllantirishga harakat qilganlar.
Ba’zi oilalarda ota-onalarning o‘zaro kilishmovchiliklari sababli bolalar hayotda juda qiynaladilar. Bunday oilalarda bo‘lib turadigan janjal-to‘palonlar, xaqoratli so‘zlar oilada o‘sib kilayotgan farzandlarga katta ta’sir etadi. Bolalarda ota-onasiga bo‘lgan hurmat yo‘qoladi. Bola yurish turish va o‘zaro munosabat qoidalari, yoshlarning ota-ona va kattalar oldidagi burchi, mehnati, kasb-kori va ularning inson hayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni oilada oladilar, odob hamda ma’naviy hayot oilada uyg’onadi. Shuning uchun ota-onaning jamiyat oldidagi eng katta va birinchi vazifasi farzandlarning qobiliyatlari va qiziqishlariga e’tibor bergan holda ularga to‘g’ri ta’lim-tarbiya berishlaridir.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin