Isabayeva asida yusufjonovna bolalarni nutqini o‘stirish


Tarbiyachi nutqiga qo'yiladigan pedagogik talablar



Yüklə 2,06 Mb.
səhifə88/126
tarix20.11.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#166565
növüУчебник
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126
4. ДАРСЛИК

Tarbiyachi nutqiga qo'yiladigan pedagogik talablar. Tarbiyachi nutqiga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:
1. Nutq tovush tomonining to'g'riligi. Agar tarbiyachining nutqi aniq bo'lsa, jumlalarni, so'zlarni va har bir tovushni aniq talaffuz. etsa, bolalar ona tilining tovush tomonini muvaffaqiyatli o'zlashtira oladilar.
Ko'p hollarda, ayrim tarbiyachilar tovushlarni noaniq talaffuz etadilar, so'zning tarkibidagi ayrim tovushlarni tushirib ketadilar, tovushlar o'rnini almashtiradilar.
2. Adabiy til normalariga muvfjiq to'g'ri talaffuz. Tarbiyachi idabiy til normalariga amal qilishi, o'z nutqida turli mahalliy so'z- ishlatmasligi. so'z urg'ularini to'g'ri ishlatishi lozim.
3. Nutqning intonatsion-ifodaviy vositalaridan to'g'ri foydalanish. Nutqda fikrlar, his-tuyg'ularni aniq ifoda etish lozim. Vunga faqat so'zlar yordamidagina emas, balki nutqning intonatsion-ifodaviy vositalaridan: ovoz kuchi, temp, to'xtam, ritm, urg'u va hokazolardan foydalanish orqali erishiladi,
Tarbiyachining she'r, ertak va hikoyalar o'qib berayotganda ushbu vositalardan o'rinli foydalanishi bolalar asar mazmunini yaxshi tushunib olishlari va ona tilining go'zalligini his etishlariga yordam beradi.
Tarbiyachining bir xil ohangdagi nutqi kichkintoylarni zerik tiradi, asar mazmuniga bo'lgan qiziqishini susaytiradi. Bunday nutqni eshitishdan zerikkan bola boshqa narsalarga chalg'iydi, so'ngra tarbiyachining nutqiga butunlay quloq solmay qo'vadi.
4. Tarbiyachi nutqining jo'shqin, inionatsiyaga boy bo'lishi. Shoshilib gapirish so'zlar tarkibidagi tovushlarni noaniq talaffuz etilishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun bolalar bilan nutqiy muloqotda bo'lganda shoshilmasdan, o'rtacha tempda (tezlikda) gapirish kerak. Bunday tempda gapirish nutqning aniq bo'lishini ta'minlaydi, aksincha, tez temp nutqning buzilishiga sabab bo'ladi, uni idrok qilishni qiyinlashtiradi.
Tarbiyachi ovozdan to'g'ri foydalanishi lozim. Haddan tashqari baland gapirish bolalarni charchatadi. Agar ovoz past kuchsiz bo'lsa, bolalar mashg'ulotda zerikadilar.
5. Tarbiyachi nutqining aniq, oddiy bo'lishi, fikrlar iz.chillik- bilan bir-biriga bog'lanib, tushunarli ifodalanishi. Bolalar tarbiyachidan, kattalardan tovush va so'zlarni to'g'ri talaffuz etishni o'rganibgina qolmasdan, balki tinglagan ertak va hikoyalarining mazmunini aniq, qiziqarli tarzda qayta hikoya qila olishga, tevarak-atrofni kuzatish natijasida olgan taassurotlarini so'zlab berishga, o'z fikrlarini ketma-ketlik bilan bayon etishga xulosalar qilishga ham o'rganadilar.
Nutqda bildiriladigan mazmunni bolalarga tushunarli. qiziqarli, bog'langan holda yetkaza olish tarbiyachi nutqining zaruriy xususiyatlaridan hisoblanadi.
Tarbiyachi fikrini ketma-ketlik bilan bayon etishi, o'z nutqi tushunarsiz so'zlar, murakkab va uzun jumlalar bilan qalashtirib tashlamasligi kerak. Agar tarbiyachining nutqi qisqa jumlalarda,, iborat bo'lsa, uni bolalar oson o'zlashtiradilar. Aksincha, nutqdagi jumlalar uzundan uzoq bo'lsa, nutqning mazmunini tushuna olish juda qiyin bo'ladi.
6. Tarbiyachi lug'atining boy bo'lishi. Tarbiyachi o'z. nutqida so'zlarni to'g'ri va aniq ishlata olsa, u holda uning nutqi bolalarga tushunarli bo'ladi. O'zbek tilining lug'ati juda ham boy, u doimo- yangi so'zlar bilan to'ldirib boriladi, iste'moldan chiqqan so'zlar yo'qolib boradi. Tarbiyachi bolalar bilan nutqiy muloqotda bo'lganda, ulaming yoshini hisobga olib, ona tilining lug’at boyligidan keng foydalanmog'i lozim.
So’zlarni to’g’ri tanlash tarbiyachi nutqini ifodalimazmunli bo’lishini ta’minlaydi. Yangi so’zlarni ishlatishga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak.
Kattalar bilan bevosita muloqot qilish bola nutqiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar atrofdagilarga taqlid qilganlari holda nafaqat to‘g‘ri talaffuz, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash, iboralar tuzish sirlarini, balki kattalarda (pedagoglar, ota-onalar, oila a’zolari va boshq.), atrofdagi bolalarda uchrab turadigan nutq nomukammalliklarini ham o‘zlashtirib oladi. Bolalarning nutq madaniyati pedagogning (va boshqa katgalarning) nutq madaniyatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.Tarbiyachining ifodalilik vositalaridan foydalangan holda o‘qigan hikoyasi bolalarda qiziqish uyg‘otadi, ularda qayg‘urish, so‘z kuchini his qilish, uning mazmunini anchagacha yodda saqlab qolish imkonini beradi; agarda aynan shu hikoya tez va quruq ohangda his-hayajonlarsiz o‘qib berilsa, u faqatgina badiiy asarga nisbatan zerikish va befarqlikni shakllantiradi.
Tarbiyachining nutqi emotsional to‘liq, intonatsiyalarga boy, etarli darajada baland va tezligi bir maromda bo‘lishi lozim. Bolalar bilan muloqotda xuddi tovushlarni- -noto‘g‘ri talaffuz etib bo‘lmaganidex, nutqning shoshqaloqligiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Agarda nutq biroz ohista sur’atda davom etsa, u yaxshi qabul qilinadi. Bunday sur’at nutqning aniqligini oshiradi va aksincha, tezlashtirilgan nutq qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bolalar uchun mo‘ljallangan ertaklar, hikoyalar, she’rlarni badiiy so‘z ustalari odatda, og‘zaki nutqqa qaraganda biroz sekin sur’atda o‘qiydilar. Shu bilan birga esda tutish lozimki, bu qoida hamma narsani ham qamrab olmaydi. Badiiy asarlarni o‘qishda nutqni jadallashtirish yoki sekinlashtirishni ushbu chog‘da mazmun tushuntirilayotgani bilan oqlash mumkin, ayni paytda bu badiiy ifodalilik vositasiga aylanishi zarur.
1. Ona tilidagi hamma tovushlarni to’g’ri talaffuz etishi,nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishi.
2. Sof,aniq ravshan nutqqa ega bo’lishi ,ya’ni diksiyasi yaxshi bo’lishi,
3. Nutqida adabiv talaffuzdan (so’zardan)foydalanishi. ya'ni orfoepik normalarga rioya qilishi.
4 Bayon etiladigan fikrlarning mazmuniga qarab intonatsiya vositalaridan (ovoz kuchi, tempi, arg'u, to'xtam, ritm, temp. ohang) to'g'ri fovdalanishga harakat qilishi.
5. Bolalar bilan nntqiy muloqotda bo’lganda yengil, sekin tempdagi, o'rtacha baland ovozdagi nutqdan foydalanishi.
6. Bolalarning yoshiga qarab hikoya matnining mazmunini bayon etishda sinonim, omoniliardan va kinova so’zlardan, xalq og’zaki ijodiyotining namunalaridan fovdalanishi.
7. Nutqning grammatik tomoniga e'tibor bergan holda fikrini izchillik bilan. bir-biriga bog'Iab bayon etishi.
8. Bolalar bilan so'zlashganda balandtionda gapirmaslik, qo'pol so’zlardan (adabiv til normalariga to'g'ri kelmaydigan, mantiqsiz so'zlardan) foydalanmaslik.
Tarbiyachining o'z nutqini takomillashtirish ustida ishlashi muhim sanaladi. Nutqdagi kamchiliklami o'z vaqtida bartaraf etmaslik natijasida yillar o'tishi bilan bu nuqsonlar mustahkamlanib, kishilar uni sezmay ham qoladi. Nutqida kamchiligi bo'lgan tarbiyachi bolalar bilan ishlashi mumkin emas. Ko'pchilik kattalar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish mumkin emas, deb hisoblaydilar. Lekin bu to'g'ri emas. O’z nutqi ustida doimiy va qatiy ishlagan (tarbiyachi nuqsonlarini bartaraf etish mumkin. Avniqsa, tarbiyachi o'z nutqida sirg'aluvchi (s, ). shovqinli (sh, j, ch), sonor (I, r) tovushlar (alaHii/iga e'tibor benshi kcrak. Agar tovush talaffuzida nuqsoni bo'lsa. artikulatsiya apparati a'zolarining harakatiga, tovush talaffuzini takomilliashtirishga yordam beruvchi mashqlarni bajarishi kerak. Buning uchun maxsus adabiyotlardan foydalanishi To'g'ri nafas olish va nafas chiqarish ustida ishlash. Tarbiyachi so'zlashganda to'g'ri nafas olib, uni to'g'ri chiqarishi nutqning jarangdor, ohangdor bo’lishiga yordam beradi. U normal holdagi ovoz va tovushning hosil bo'lishin ita’minlaydi, nutqning bir xilligi va musiqaviyligini saqlaydi, nutqning mazmundorligiga qarab ovoz kuchi va balandligini o'zgartirisli imkonini beradi. Nutq jarayonida to'g'ri nafas chiqarishda kamchiligi bo'lgan tarbiyachi doimiy ravishda to'g'ri nafas chiqarishga yordam beruvchi quyidagi mashqlarni bajarib borishi zarur:
1. Tarbiyachi o'ziga qulay bo'lgan holatni (turgan holda, chalqancha yotgan holda, o'tirgan holda) tanlaydi. Bir qo'lini qorniga, ikkinchi qo'lini esa yondan ko'krak qafasining pastki qismiga qo'yib, burni orqali chuqur nafas oladi (bunda qorin yuqoriga ko'tariladi, oldinga chiqadi, ko'krakning pastki qismi kengayadi). Bu qorin va ko'krak qafasiga qo'yilgan qo'l yordamida his etiladi – shu vaqtning o'zida havo erkin, bir tekisda chiqariladi (qorin va ko'krak qafasining pastki qismi avvalgi hola tiga qaytadi).
2. Burun orqali qisqa havo olib, uni 2 - 3 soniya davomida o'pkada ushlab turib, so'ngra og'iz orqali bir tekisda cho'zib chiqarish.
3. Og'izni ochgan holda qisqa nafas olish va cho'zib, ashula qilib unli tovushlardan (a, o, i, u) birortasini talaffuz etish.
4. Bir nafas chiqarishda bir nechta unli (a) tovushlarni talaffuz etish.
5. Bir nafas chiqarishda 3 dan 5 gacha sanash (bir, ikki, uch..,), sekin-astalik bilan sanashni 10-15 tagacha yetkazish. Bir nafas chiqarishda teskari (o'n to'rt, o'n uch, o'n ikki) sanash.
6. Bir nafas chiqarishda (avval qisqa, so'ngra cho'zib) tez aytish aytib, bir jumla bilan ikkinchi jumla o'rtasidagi (o'xtam vaqtida havoni yutish (nafas olish):
a) Oq choynakka oq qopqoq, ko'k choynakka ko"k qopqoq.
b) Chovli simdan, chovgun misdan.
d) Lola arralaydi, Sora allalaydi.
e) G'uj chumchuqlar g'ujum ustida chug'uiiashib, g'uj chumchuqqa g'ujum cho'qilatmaydi.
7. Bir nafas chiqarishda yonib turgan shamni puflab o'chirish, shoxdagi barglarni, qoqigulni, yupqa qog'ozdan qirqiiib, ipga osilgan kapalak shakllarini puflash va hokazolar.
Shuningdek, tarbiyachi yaxshi diksiyaga ham ega bo’lishi kerak. Nutq orfoepiyasi ustida mashq qilish, nutqning adabiy talaffuzini o'zlashtirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki talaffuz har doim ham qoida talabi asosida. ya'ni adabiy til normasi talablari darajasida bo'lmaydi. Shuning uchun ham adabiy til normalari darajasidagi nutqni suxandonlardan. badiiy so'z ustalaridan. namunali madaniy nutqqa ega bo'lgan kishilardan o'rganish kerak. Ularning nutqlariga taqlid qilish lozim. Agar ayrim so'zlarning to'g'ri lalaffuz etilishiga. urg'ularning ishlatilishiga shubha bo'lsa, lug'atdan fovdalanish kcrak.
Nutqning ifodaligi ustida ishlashda og'zaki nutq uchun ifodalilikning intonaision vositalaridan to'g'ri fovdalanish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tarbiyachi o'z nntqida urg'ularni to'g'ri ishlatish, ovoz tempini va kuchini o'zgartirish bilan so'zlarning mazmunini ajratish, to'xtamlardan nutqda ovozni vaqtincha to'xtatish (o'rinli foydalanish, nutqda ovozning balandligi va kuchiga qarab harakati nutq tempi, ma'lum vaqt ichida aytiladigan so'zlar miqdori), ovoz balandligini o'zgartirish ustida mashq qilish lozim. Intonatsiya nutqni jonli, jo'shqin qiladi, fikrni to'liq va tugallangan holda bayon etishga yordam beradi.
Tarbiyachi o'z lug'atini, tilning grammatik tomonini badiiy, ilmiy, maxsus va boshqa adabiyotlarni doimiy ravishda o'qib borish bilan boyitadi va takomillashtiradi. Biroq tarbiyachi adabiyotlarni o'qish jarayonida tilining mazmuniga, yangi so'zlarga ahamiyat beribgina qolmasdan,balki muallifning asar mazmunini ochishda tilning qaysi vositalaridan foydalanganligiga,qaysi so’z va grmmatik shakllarni ishlatganligiga,materialni qay darajada bayon etganligiga ham e’tibor qaratishi kerak.
Tarbiyachi nutqidagi so'zlar aniq tanlansa, jumlalar grammatik tomondan to'g'ri bo'lsa, imdagi flkrlar oddiy, aniq, ravshan bo'lsa, izchil ketma-ketlikda bayon etilsa, bolalarning yoshi va psixik xususiyatlari hisobga olinsa, bunday nutq bolalar tomonidan osonlik bilan idrok qilinadi va ular uchun tushunarli bo'ladi. Xulosa qilib aytganda,tarbiyachining hikoyasi to’liq,chiroyli so’zlari to’g’ri tanlab olingan, grammatik tomondan to’g’ri shakllangan, mazmunli va ifodali, mantiqan bog’langan bo’lishi kerak.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin