Davlatning mehnat munosabatlariga ta`sir ko`rsatish usullari va yo`llari: Maqsadli ijtimoiy dasturlarni (kam ta`minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo`yicha nafaqa, turli ijtimoiy to`lovlar, pensiya ta`minoti) ishlab chiqarish va amalga oshirish;
Bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini amalga oshirish;
Ishga yollashning umumiy shart – sharoitlarini belgilash;
Mehnat munosabatlarining barcha tomonlari qamrab oluvchi qonunchilik faoliyati;
Davlat ta`lim tizimi orqali ishchilarni o`qitish va qayta tayyorlashni tashkil qilish.
Ish haqining eng kam darajasi (minimal ish haqi) ni aniqlash va o`zgartirish;
Kasaba uyushmalarining mehnat munosabatlariga ko`zlangan asosiy maqsadlar:
Ishsizlikni ijtimoiy kafolatlash;
Mehnat sharoitlarini yaxshilash;
Ish haqini oshirish.
Ish haqini oshirishga erishishga qaratilgan chora – tadbirlar:
Ishchi kuchiga talabni ko`paytirish:
Ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatga talabni rag`batlantirish;
Mehnatni unumdorligini oshirish;
Ishchi kuchi billan birgalikda foydalaniladigan boshqa resurslar narxini o`zlashtirish.
II. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish:
Immigratsiyani cheklash;
Bolalar mehnatini qisqartirish;
Pensiyaga o`z vaqtida chiqishni qo`llab – quvvatlash;
Ish havtasini qisqartirishga erishish.
Kasbni malakali lisenziyalash:
Ta`lim darajasi, mutaxassislik bo`yicha ish staji, atestatsiya natijalari va shaxsiy fazilatlari bo`yicha.