Nutq madaniyati madaniyatli, ma’lumotli, ziyoli insonning muhim fazilati hisoblanadi. Bunday inson tafakkur qila bilishi va o‘z tafakkurini to‘g‘ri, aniq, chiroyli ifodalay bilishi kerak. Buning uchun esa fikr aniq, izchil, asosli bo‘lib, tilning grammatik, so‘z va orfografik me’yorlariga rioya etilishi muhimdir.
Ma’lumki, har bir kishi mustaqil ishlab chiqarish faoliyatini boshlar ekan, turli-tuman hujjatlar yozishga to‘g‘ri keladi. Ish hujjatlarini yoza bilish – olingan bilimlarni amaliy hayotga bevosita qo‘llash demakdir. Ish hujjatlarisiz birorta muassasa va tashkilot faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ish qog‘ozlari kishilarning uzoq ish va mehnat munosabatlari jarayonida tarkib topgan muayyan shakl va izchillikda tuzilgan yoki yozilgan hujjatlardir.
Ish hujjatlarini tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablar
Xizmat xujjatlari
Shaxsiy xujjatlar
Xizmat hujjatlari muassasa, tashkilot, korxona yoki ularning vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari nomidan bo‘ladi. Bayonnoma, tavsifnoma, dalolatnoma shular jumlasidandir.
Shaxsiy hujjatlar alohida fuqarolar nomidan yozilgan hujjatlar – tarjimayi hol, ariza, ishonchnoma va shu kabi shaxsiy hujjatlardir.
Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi
Ish hujjatlarini turlari asosan Ariza Bildirishnoma Dalolatnoma Maʼlumotnoma Tavsifnoma Taklifnoma Tavsiyanoma Tarjimai hol Tilxat Tushuntrish xati h.k misol qilib Arizani shakllantrish tartibini koʻrib chiqamiz
ARIZA
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, korxona rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi.
ARIZANING ZARURIY QISMLARI:
Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi.
Hujjatning nomi (Ariza).
Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).
Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismini bosh harflari, familiyasi.
Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir.
Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni tuzish asoslari
Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni tuzish asoslari
Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlarga shartnoma (yoki bitimlar) deyiladi. Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o‘rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir.
Shartnomaning ma’nosi, bu – tomonlar majburiyatlarining o‘rnatilishi, o‘zgarishi yoki butunlay to‘xtatilishi yo‘nalishidagi roziligidir. Tijorat huquqida bu tushuncha quyidagi ko‘rinishlarda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan:
Kontrakt – shartnoma, kelishuv, har ikkala tomon uchun huquq va majburiyatlarni muhlatlari bilan belgilovchi hujjatdir.
Kelishuv – korxona tashkilotlar hamda fuqarolarning rasmiylashgan bir tomonlama majburiyati bo‘lib, u mulk huquqini olish yoki berishda ishlatiladi. Uning ko‘p tarqalgan shakli litsenzion kelishuvdir.
Oshkora shartnoma – tijorat tashkiloti bilan tuzilgan kelishuv bo‘lib, unda, uning tovar sotish, ish yoki xizmatlar bajarish bo‘yicha majburiyatlari belgilanadi. Bu shartnoma asosida amalga oshiradigan faoliyat turlari: chakana savdo, aloqa xizmati, energiya ta’minoti, tibbiyot, mehmonxona xizmati va boshqalar.