MTTda pedagogikjarayonni nazoratqilish. Ish rejaga frontal, mavzuli, qiyosiy nazorat turlari kiritiladi.
Nazorat turlari oʻquv yili davomida guruh sonidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
MTT guruhlarida oʻtkaziladigan nazorat turlari rejasi boʻyicha pedagog kengashlar yoki metodist burchagida pedagoglar uchun joylashtiriladi.
Nazorat ishlari — MTT direktorining buyrugʻi asosida nazorat oʻtkazish boʻyicha aniq muddati koʻrsatilgan holda tasdiqlangan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Ishchi guruh tarkibiga metodist, hamshira, xoʻjalik mudiri,
psixolog tarkibidan, kasbiy kompetentligi yuqori boʻlgan pedagoglar toq sonda kiritiladi.
Frontal nazorat —tarbiyachining ish faoliyati, guruhlarda taʼlim-tarbiya jarayonini zamonaviy yondashgan holda tashkil etilishi, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning rivojlanishi va maktab taʼlimiga tayyorgarlik darajasi (kuzatish asosida), guruhning sanitar-gigiyenik hamda moddiy-texnik bazasi, ota- onalar hamda Kuzatuv kengashi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarning holati oʻrganiladi.
Frontal nazorat yakunlari maktabga tayyorlov guruhlarida oʻtkazilib, 3- sonli pedagogik kengashining muhokamasiga qoʻyilishi maqsadga muvofiq.
Mavzulinazorat— tarbiyachining rejada belgilangan mavzu asosida taʼlim- tarbiya jarayoniga yondoshuvini oʻrganishni nazarda tutadi. Ishchi guruh maʼlum bir yoʻnalish boʻyicha taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish sifatini bajarilishi nazorat qiladi.
Qiyosiy nazorat — ikki va undan ortiq parallel guruhlardagi pedagogik faoliyatlar taqqoslama oʻrganiladi. Metodist, maʼlum bir yoʻnalish mazmunidagi taʼlim jarayonini har ikki guruh tarbiyachisi ish faoliyati davomida nazorat qiladi, qoʻllanilayotgan metodik usullarini, taʼlim jarayonlarida bolalar mustaqil faoliyatlarining tashkil etilishini, bolalarning sohalar boʻyicha kompetensiyalarini egallash uchun yaratilgan sharoitlarni taqqoslaydi, ish reja asosida guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayonlari, bolalar faoliyati va boshqa metodik hujjatlarni tahlil qilish shaklida oʻtkaziladi.