So‘zlashuv uslubi kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos tarzda amal qilishidir. Uni ma’lum ma’noda tildagi boshqa uslublarga qarama-qarshi qo‘yish mumkin.
Bu uslubning o‘ziga xos xususiyati nutq jarayonida til va tildan tashqari omillarning uyg‘un bo‘lishida ko‘rinadi. Ayni paytda bu holat so‘zlaShuv uslubidagi me’yoriy holatlarni belgilashni qiyinlashtiradi. Chunki tildan foydalanuvchining shaxsi, buning ustiga, nutqiy vaziyat yagona bir me’yorni tayin etishga imqon bermaydi.
Shunday bo‘lsa-da, so‘zlashuv uslubining o‘ziga xos me’yorlari haqida mulohaza yuritish uchun ham tilimizda dalillar yetarli. Ammo nima bo‘lganda ham bu me’yorlarni so‘zlashuv uslubi uchun muhim bo‘lgan til va tildan tashqari omillarning uyg‘unligidan axtarish bizni asl maqsadga yaqinlashtiradi.
Xo‘sh, so‘zlashuv uslubi qanday o‘ziga xosliklarga ega? Birinchidan, nutq elliptik xarakterda bo‘ladi. Lekin bunday holatda ham tinglovchiga fikr tushunarli bo‘ladi. Chunki u oldin aytilgan fikrning mantiqiy davomi bo‘ladi. Masalan,