ISH QOG’OZLARINING GRAMMATIK TARKIBI
Reja:
1. Hujjatlarning morfologik xususiyatlari.
2. Ish qog’ozlarining sintaktik xususiyatlari.
3. Sinonimlar tasnifi
Tayanch so’z va iboralar: uslub, uslubshunosliq vazifaviy uslubshunosliq yo‘nalishlar, tasnifdagi omillar, lingvistiq ekstralingvistiq vazifvaiy uslublar turlari, rasmiy, ommabop, ilmiy, badiiy, so‘zlaShuv. Rasmiy: davlat-ma’muriy, huquqiy muassasalar, diplomatik munosabatlar, ish yuritish hujjatlari, aniqliq soddaliq qolip, o‘ziga xos atamalar, ot turkumiga oid so‘zlar, majhul nisbat, shart mayli, faol fe’llar. Ilmiy: fan sohasi, ilmiy tafakko’r, dalil, fakt, janr xususiyatlari, monografiya, risola, darsliq qo‘llanma, dastur, ma’ruza, taqriz, referat, aniqliq atamalarning qo‘llanilishi, obyektivliq mantiqiy izchilliq qisqaliq sodda yoyiq, bog‘lovchili qo‘shma gap, xoslangan fe’llar. Ommabop: hozirjavobliq targ‘ibot, tashviqot, axborot, novatorliq ijtimoiy-siyosiy terminologiya, oraliq uslub, qisqaliq lo‘ndaliq ixchamliq yorqinliq ommaviy axborot vositalari, sifatdosh oborotlar, shart mayli, ritorik so‘roq, ritorik undov, murojaat, undov, bir bosh bo‘lakli gaplar, turg‘un birikmalar, kirish bo‘laq kirish gap, shaxsi umumlashgan gap.
Hujjatlar matnining xolislik aniqlik ixchamlik lo’ndalik mazmuniy to’liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining o’ziga xos uslubi, undagi o’ziga xos so’z qo’llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi.
O‘zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga – til va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning N.A.Baskakov, A.Sulaymonov, A.Shomaqsudov, G‘.Abdurahmonov, B.O‘rinboyev, S.Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo‘lib, ularda asosan beshta uslub – so‘zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar e’tirof etiladi.
Ular haqida bilimga ega bo‘lish o‘quvchilarga ona tilimizning nutq jarayonidagi imqoniyatlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Dostları ilə paylaş: |