Ish qog’ozlarining grammatik tarkibi reja



Yüklə 45,64 Kb.
səhifə6/10
tarix20.04.2022
ölçüsü45,64 Kb.
#55858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1.ISH QOG’OZLARINING GRAMMATIK TARKIBI

Ommabop uslub o‘zbek tilshunosligida filologiya fanlar nomzodi T.Qurbonov tomonidan monografik yo‘nalishda o‘rganilgan.

Til taraqqiyotida muhim omil sanaladigan publisistika o‘z navbatida tilning imqoniyatlaridan ham keng foydalanadi.

Ommabop uslub imkoniyatlarining kengligini lingvistik va ekstralingvistik (paralingvistik) – tildan tashqaridagi omillarning mustahkam aloqadorligida kuzatamiz. Publisistik janrda yozilgan asarlarning mohiyatan hozirjavobligi, ularning axborot hamda targ‘ibot-tashviqot xarakterda bo‘lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz miqyosida sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalardan zudlik bilan xabardor qilish natijasida yuzaga keladigan novatorlik unda tabiiy ravishda yangi ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo‘llanilishi va tilimizda me’yorlashishiga sabab bo‘ladi. Boshqacha aytganda, ommabop uslub tilning yangi so‘z va iboralar hisobiga boyib borishiga ko‘maklashadi.

Ommabop uslub ma’lum ma’noda oraliq uslub sanaladi. Bu uslubda shakllangan matnlar obrazliligi, ta’sirchanligi, tasviriy vositalarning mahsuldor qo‘llanilishi bilan badiiy uslubga yaqinlashsa, dialektizmlar, istorizmlar, argo va jargonlarqo‘llanilmasligi bilan undan uzoqlashadi. Ifodaning aniqligi va publisistik janrlarga xoslangan hamda ijtimoiy-siyosiy terminologiyaning qo‘llanilishi bilan ilmiy uslubga o‘xshaydi. Ayni paytda, ifodadagi qisqaliq lo‘ndaliq ixchamlik yorqinlik kabi xislatlar ham uni ilmiy uslub bilan yonma-yon qo‘yadi.

Radio va televideniyedagi ayrim chiqishlar shuni ko‘rsatadiki, bu uslubdagi matnda so‘zlashuv uslubi elementlari ham ba’zan aralashib ketishi mumkin.

Ma’lumki, publisistika badiiy, siyosiy, ilmiy jabhalarni qamrab oluvchi yirik soha hisoblanib, ommaviy axborot vositalari sanaladigan radio va televideniyeda, gazeta va jurnallar sahifalarida aks etadigan yangiliq xabar, reportaj, tahlilnoma, bosh maqola, maqola, ocherq felyeton, pamflet, e’lon, reklama singari qator janrlarni qamrab oladi. Ana shu qamrov doirasining kengligi o‘z navbatida til birliklarining har bir janrda alohida tarzda me’yorlaShuvini taqozo etadi. Bu o‘rinda esa me’yorlashishning umumiy jihatlari xususida so‘z yuritish imqoniyati mavjud.

T.Qurbonovning kuzatishicha, sifatdosh oborotlar, fe’llarning shart mayli shakllarining almashinib ishlatilishi, ritorik so‘roq, ritorik murojaat, undov, bir bosh bo‘lakli gaplarning faolligi bu uslubga xos xususiyatlar sanaladi. Eng muhimi, ijtimoiy-siyosiy atamalar ko‘p qo‘llaniladi. Hatto umumiste’moldagi so‘zlar ham ommabop uslubda yozilgan matnda atamaga aylanishi mumkin: ovoz, ochiq ovoz, yopiq ovoz, hal qiluvchi ovoz, maslahat ovozi, qarshi ovoz, ovozga qo‘ymoq , ovoz bermoq, Osiyo ovozi singari.

Ijtimoiy-siyosiy atamalar asosan –chi, -parast, -parvar, -xona,-noma qo‘shimchalari yordamida yasaladi. Misollar: terrorchi, qo‘poruvchi, aqidaparast, millatparvar, devonxona, bojxona, hissador, tadbirkor kabi.

Shu o‘rinda mazko’r uslubda so‘z yasalish imqoniyatining boshqa vazifaviy uslublarga nisbatan mahsuldor ekanligini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi.

Turli metaforik turg‘un birikmalar - davr talabi, do‘stona suhbat, yuqori hosil uchun ko’rash, yaratuvchilik ishlari, dunyo hamjamiyati, mustaqil mamlakatlar hamdo‘stligi, mustaqillikni mustahkamlash singarilarni faol qo‘llash ham ommabop uslub tabiatiga mosdir.

So‘roq gaplarning mahsuldor ishlatilishi, ularning murojaat va dialog shaklda bo‘lishi, bunda savol beruvchi ham, javobberuvchi ham muallifning o‘zi hisoblanishi (G‘urur nima o‘zi? Rangi qanaqa? U hammada birday bo‘ladimi yoki aksinchami? Menimcha, g‘ururli odam mamlakat miqiyosida amalga oshirilayotgan har qanday muvaffaqiyatni o‘ziga tegishli deb biladi va undan quvonadi. Xalq so‘zi, 2001 yil 20 sentyabr), uyushiq bo‘lakli gaplarga ko‘proq murojaat qilinishi (Chunki o‘qituvchi zoti mashaqqatli mehnati, hayotiy tajribasi, beqiyos mehri bilan yosh avlodga faqat ilm-fan sirlarini o‘rgatib qolmay, uning yuragida Vatanga muhabbat, ajdodlar ruhiga hurmat, el-yurtga sadoqat kabi yuksak tuyg‘ularni kamol toptirishda ibrat va namuna bo‘ladi. I.Karimov. O‘zbekiston o‘qituvchilariga va murabbiylariga tabriq Xalq so‘zi, 2001 yil 29 sentyabr), undovlarning, kirish bo‘laklar va kirish gaplarning (Vaholanki, ular o‘z mutaxassisligi bo‘yicha qayerga joylashishni bilmay yurishgandi. Albatta, bu bilan muammo bartaraf etildi, deb aytish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Ishonch, 2001 yil 22 sentyabr), shaxsi umumlashgan gaplarning keng qo‘llanishi bilan ajralib turadi.

Ommabop uslubning badiiy uslub bilan mushtarak tomonlari, ayniqsa, uning leksikasi va frazeologiyasida seziladi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdeq yangilikni yoritishga bo‘lgan intilish ommabop uslubning asosiy xususiyati sanalib, bu xususiyat tilning yangi so‘z va iboralar bilan boyib borishiga sabab bo‘ladi. T.Qurbonov bu uslubda so‘z yasalishning ikki ko‘rinishi – morfologik va kompozision usulining mahsuldor ekanligini ta’kidlaydi hamda bunda -chi, -shunos, -parast, -xona, -dosh, -liq -cha birliklarining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.


Yüklə 45,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin