Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari. Mundarija


O’zbekiston ishchi kuchi migratsiyasi jarayonida va bunga pandemiyaning tasiri



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə8/10
tarix05.06.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#125105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari.

5. O’zbekiston ishchi kuchi migratsiyasi jarayonida va bunga pandemiyaning tasiri
Aksariyat mehnat muhojirlari iqtisodiyotning norasmiy sektorida vaqtincha va huquqlari himoyalanmagan ishlarda faoliyat yuritishadi. Ko’pgina mamlakatlarda ushbu toifadagi insonlar o’sha davlatdagi milliy mehnat qonunchiligiga amal qilmaganligi sababli, pandemiya kabi favqulodda vaziyatlarda ularning ijtimoiy va iqtisodiy himoya choralaridan foydalana olmaslik xavfi yuqori. Xususan, COVID-19 bilan bog’liq inqiroz sharoitida ba’zi mamlakatlarda mehnat muhojirlariga nisbatan diskriminatsiya, ishdan bo’shatish, mehnat sharoitining yomonlashishi va boshqa shu kabi salbiy holatlarning oshishi kuzatilmoqda.
Aksariyat muhojirlarning turli sabablarga ko’ra sog’liqni saqlash tizimidan foydalana olmasligi, virusning yanada keng va jadal sur’atlarda tarqalishiga olib kelmoqda. Aksincha, tibbiy xizmatlardan foydalangan taqdirda, bu ularning moliyaviy ahvolini yanada yomonlashtirib, kambag’allik qopqoniga tushish ehtimolini ko’paytiradi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, iqtisodiy inqirozdan oldingi davrda dunyo bo’ylab yiliga 100 million nafar aholi sog’liqni saqlash uchun sarflangan xarajatlar tufayli
kambag’allik darajasiga tushib qolar edi.
Shuningdek, qattiq karantin choralarining joriy qilinganligi va davlatlararo transport qatnovlarining cheklanganligi tufayli muhojirlar mehnat bozoridagi ish o’rinlarning keskin kamayishi va ish xaqi miqdorining tushishi kabi qiyinchiliklarga duch kelishmoqda 3-jadval).
Hisob-kitoblarga ko’ra, 2020 yilning ikkinchi choragida ish o’rinlarining qisqarishi dunyo bo’ylab 10,5 %ga teng bo’ldi. Boshqacha aytganda, joriy yilning 2-choragida dunyo bo’ylab ishsizlar soni 195 million nafarga ko’paydi. Mintaqalar kesimida, Amerika (-12,4%), Yevropa va Markaziy Osiyo (-11,8%) hududlarida raqamlar o’rtacha ko’rsatkichlardan ham salbiyroq tus oldi. Undan tashqari muhojirlarning aksariyati faoliyat olib boradigan iqtisodiyotning norasmiy tarmoqlaridagi o’rtacha ish haqi -60%ga qisqargan bo’lib, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur qisqarish -70%ga teng.
2-jadval

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin