Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari. Mundarija


Ishchi kuchi migratsiyasining mohiyati, tarkibi va dinamikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə4/10
tarix05.06.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#125105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari.

2. Ishchi kuchi migratsiyasining mohiyati, tarkibi va dinamikasi
iqtisodiy munosabatlar tizimining muhim elementi hisoblangan ishchi kuchi migratsiyasi uzoq yillar davomida iqtisodiy tadqiqotlar obyekti b olib kelmoqda. Migratsiya so’zi lotincha «migratio» so’zidan olingan bolib, «ko’chib yurish» ma’nosini bildiradi. Umuman olganda aholi migratsiyasini ichki va tashqi migratsiyaga, tashqi migratsiyani esa migratsiya maqsadidan kelib chiqqan holda turlarga bolish mumkin. Ularning orasida iqtisodiy migratsiya yetakchi o’rinni egallaydi.
Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy sabablarini tadqiq etish uchun kapitallar migratsiyasini tahlil etishda qollaniladigan usullardan foydalanish mumkin. Faraz qilaylik, ishchi kuchi migratsiyasining asosiy sababi rivojlangan mamlakatlarda o’rtacha ish haqi miqdori o’rtasidagi farq hisoblanadi. Masalan, faqat ikki mamlakat mavjud. Birinchi mamlakat LA hajmda mehnat resurslariga ega, ikkinchi mamlakat esa AL1 hajmdagi mehnat resurslariga ega (3-rasm).

3-rasm. ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy sabablari va oqibatlari.
Ikkala mamlakatning mehnat resurslari hajmi birgalikda LL1 ni tashkil etadi. Si va S2 to’g’ri chiziqlar ishchi kuchidan foydalanib yaratilgan mahsulot hajmi qiymatining o’sishini ifoda etadi. Agar ishchi kuchining migratsiyasi mavjud bo’lmasa, unda birinchi mamlakat o’zidagi mavjud mehnat resurslaridan foydalangan holda LC hajmdagi o’rtacha ish haqini ta’minlab beradi. Shu tariqa ikkinchi mamlakat ham L*D hajmdagi o’rtacha ish haqini ta’minlab beradi.
Birinchi mamlakat mehnat resurslari yaratgan mahsulot hajmi a+b+c+d+e+f ni, ikkinchi mamlakatda yaratilgan mahsulot hajmi esa i+j+k ni tashkil etadi. LC < L*D tengsizlik esa birinchi mamlakatda ishchi kuchi qiymatining ikkinchi mamlakatga qaraganda pastroq ekanligini ko’rsatadi.
Agar ikkala mamlakat ham ishchi kuchining migratsiyasi yo’lidagi to’siqlarni olib tashlasa, birinchi mamlakat mehnat resurslarining AB qismi ikkinchi mamlakatga ko’chib o’tadi. Natijada ikkala mamlakatda ham ish haqi BR darajada balanslashadi.
Bir tomondan birinchi mamlakatda qolgan va ikkinchi mamlakatga ko’chib o’tgan mehnat resurslari yaratgan mahsulot hajmi a+b+c+d+e+f+h ni, shundan a+b+c+d qismi ushbu mamlakat mehnat resurslari tomonidan, e+f+h qismi esa ikkinchi mamlakatga ko’chib kelgan chet ellik migrantlar tomonidan yaratiladi. Bunda ikkinchi mamlakatga ko’chib kelgan ishchilardan foydalanib yaratilgan mahsulot awalgi hajmidan A segmentga ko’proq bo’ladi. Ishchilarning daromadi a+b+d+e+f+h ni tashkil etib, ishlab chiqarishning qolgan omillarining daromadliligi s segmentga kamayadi.
Ikkinchi tomondan esa, birinchi mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ishchi kuchining oqib o’tishi ikki mamlakatda. ish haqining LD dan LF gacha kamayishiga olib keladi. Ushbu holatda 0’zidagi ishchi kuchidan va xorijdan kelgan ishchi kuchidan foydalanish evaziga ikki mamlakat yalpi ichki mahsulotining hajmi i+j+k dan i+j+k+g+h+e+f gacha ortishiga sabab bo’ladi. To’g’ri h+e+f segmentlar xorijiy ishchilar tomonidan yaratilgan mahsulot hisoblanadi va uning katta qismi daromad solig’ini ayirib tashlangandan keyin birinchi mamlakat ishchilariga ish haqi ko’rinishida berilishi lozim.
Natijacla ichki ishlab chiqarish hajmining sof o’sishi faqat s segmentdan iborat. Ikki mamlakatda 0’rtacha ish haqining pasayishi natijasida bu mamlakat ishchilarining daromadi i+k dan к gacha qisqaradi. Ishlab chiqarishning boshqa omillarining daromadliligi esa 1 dan i+g+j gacha ortadi.
Jahon miqyosi nuqtayi nazaridan ishchi kuchining bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishi natijasida ishlab chiqarishning umumiy hajmi (a+b+c+d+e+J)+(k+i+j) dan (a+b+c+d)+(e+f+g+h+i+j+k)ga qadar ortadi.
Ishchi kuchining migratsiyasi natijasida xorijga alohida xususiyatga ega bo’lgan tovar - ishchi kuchi ko’chib o’tadi. Uning boshqa tovarlardan farqli jihati shundaki, u boshqa tovarlarni ishlab chiqarishda asosiy omil sifatida qatnashadi.
Shunday qilib, ishchi kuchi migratsiyasi deganda mehnatga layoqatli aholining bir davlatdan ikkinchi davlatga iqtisodiy va boshqa sabablarga ko’ra bir yildan ortiq muddatga ko’chib o’tishi tushuniladi. Ishchi kuchi migratsiyasi tufayli turli mamlakatlardagi ish haqi darajasi o’rtasidagi farq qisqaradi. Ishchi kuchi migratsiyasi natijasida jahon ishlab chiqarish hajmi mehnat resurslarini mintaqalar bo’yicha qayta taqsimlash va ulardan samarali foydalanish evaziga ko’payadi.
Jahon amaliyotining ko’rsatishicha, ishchi kuchi migratsiyasi quyidagi sabablaiga ko’ra sodir bo’ladi:

    • mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasining turlichaligi;

    • ish haqi miqdori o’rtasida milliy farqlarning mavjudligi;

    • ishsizlikning mavjudligi;

    • kapitalning harakati va transmilliy korporatsiyalar faoliyati.

ishchi kuchi migratsiyasining ishchi kuchini eksport va import qiluvchi mamlakatlarga ta’sir etuvchi ijobiy va salbiy oqibatlar jadvalda aks ettirilgan:

1-jadval


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin