Kirish Mavzuning dolzarbligi:Yevropa mehnat muhojirlari orasida eng jozibador manzil hisoblanadi. 2019 yil holatida mintaqa 82 million muhojirni qabul qilgan bo’lib, undan keyingi o’rinlarni Shimoliy Amerika (59 million), Shimoliy Afrika va G’arbiy Osiyo mamlakatlari (49 million) egallagan.
Oxirgi o’n yilliklarda globalizatsiya va integratsion jarayonlarining jadal rivojlanishi mehnat almashinuvida ham o’z aksini topdi. Birlashgan millatlar tashkiloti va Jahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko’ra, 2016-2019 yillar oralig’ida mehnat muhojirlari soni 11,4%ga ko’paygan. 2019 yilda muhojirlar soni jahon aholisining 3,5 foizini tashkil qilgan va ushbu ko’rsatkich 2000 yilga nisbatan 25%ga oshgan.
Muhojirlarning aksariyati (60%) o’z mintaqasidagi qo’shni mamlakatlarga ko’chib o’tgan. Xususan, 2016 yilda 59 millionga yaqin osiyolik o’z yurtidan mintaqadagi boshqa mamlakatga ko’chib o’tgan bo’lsa, 40 million yevropalik Yevropaning boshqa davlatlarida qo’nim topgan.
Umuman olganda, Yevropa mehnat muhojirlari orasida eng jozibador manzil hisoblanadi. 2019 yil holatida mintaqa 82 million muhojirni qabul qilgan bo’lib, undan keyingi o’rinlarni Shimoliy Amerika (59 million), Shimoliy Afrika va G’arbiy Osiyo mamlakatlari (49 million) egallagan.1 2020 yilda pandemiya sabab iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo’yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Bu haqda iqtisodiyot fanlari doktori Nodir Jumayev o’z fikrlarini bildirdi.
2020 yilda qarz inqirozidan o’zgacha tusga ega bo’lgan, boshlanishidan iqtisodiy xususiyat kasb etmagan inqiroz omili – bu pandemiya ekanligini kuzatishga to’g’ri kelmoqda. Natijada, iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo’yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Boshqacha aytganda, yalpi iste’molning tushib ketishi va yalpi taklifning to’xtalishi bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur iqtisodiy inqirozning eng asosiy belgisi sifatida – iqtisodiy harakatsizlikni keltirish mumkin. Bu sharoitda, davlatlarning eng asosiy vazifasi minimal iqtisodiy harakatni ta’minlab turishdan iborat bo’lishi lozim.