Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari. Mundarija


ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/10
tarix05.06.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#125105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari.

ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari




Ishchi kuchining ommaviy ravishda ko’chib yurishi va mehnat bozori jahon takror ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Bu jarayon ishchi kuchini nafaqat miqdoriy jihatdan, balki sifat jihatdan ham tavsiflash imkonini beradi. Hozirgi vaqtda odamlar bir mamlakatda tug’ilishlari, maktabgacha bo’lgan tarbiyani boshqa mamlakatda olishlari, uchinchi mamlakatda o’qishlari, to’rtinchi mamlakatda esa ishlashlari mumkin.
ishchi kuchi migratsiyasining sabablari, yo’nalishlari, qonunga muvoflqligi va tashkil etish shakllari mezonlariga qarab quyidagi turlarga bolinadi (4-rasm):

4-rasm. ishchi kuchi migratsiyasining shakllari.
Tahlillarning ko’rsatishicha, 2019-yilda jahonda 231,5 mln kishi o’z tug’ilgan mamlakatlaridan tashqarida yashamoqdalar va ushbu ko’rsatkich dunyo aholisining 3,2 %ini tashkil etadi (2-jadval).
2-jadval
ishchi kuchi migratsiyasining global oqimi, 2019-yil.5

migrantlarning 16,3 millioni qochoqlardan iborat bo’lib, qolgan 93 foizi esa iqtisodiy sabablarga ko’ra boshqa mamlakatlarda yashashmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra yaqin kelajakda iqtisodiy migrantlar soni ortib borishi kutilmoqda.
Jumladan, ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarda 15 yoshdan 39 yoshgacha bo’lganlar sonining 570 million kishiga ko’payishi, ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlarda esa aksincha, ularning soni 216 million kishigacha qisqarishi bashorat qilinmoqda6. Hozirgi paytda migratsiya oqimining geografik yo’nalishlari bo’yicha quyidagi markazlarni ajratib ko’rsatish mumkin: Shimoliy Amerika, G’arbiy Yevropa va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar.
qismi yaqin Lotin Amerikasi mamlakatlari — Meksika, Karib havzasi mamlakatlaridan kirib keladi. AQShga yuqori malakali ishchi kuchi esa dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridan keladi (G’arbiy Yevropa, Lotin Amerikasi, Rossiya, Hindiston va h.k.).
G’arbiy Yevropaning rivojlangan mamlakatlari, jumladan, Yelga a’zo mamlakatlar Janubiy Yevropaning nisbatan kam taraqqiy etgan mamlakatlaridan (Portugaliya, Malta, Ispaniya), Shimoliy Afrikaning arab mamlakatlari va Yaqin Sharq mamlakatlaridan, Sharqiy Yevropa va sobiq SSSR respublikalaridan ishchi kuchini jalb etadi.
XXI asming 10-yillarida yangi voqelik vujudga kelib, rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida ishchi kuchi migratsiyasining sur’atlari jadallasha boshladi. Odatda, ishchi kuchi harakati iqtisodiy islohotlar jadal sur’atlar bilan amalga oshirilayotgan mamlakatlar tomon yo’naladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin