Ishchi kuchi migratsiyasining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari.
4. Ishchi kuchi migratsiyasini davlat tomonidan tartibga solish usullari Jahon iqtisodiyotida ishchi kuchining harakatchanligi faollashgan sari migratsiya jarayonlarini tartibga solish zaruriyati dolzarb bo’la boshladi. Dunyo davlatlararo migratsiya bo’yicha yuridik norm alar va qonun-qoidalarga muhtoj. Ular bir tomondan, inson haq-huquqlarini himoya etishga qaratilgan, ikkinchi tomondan esa, migrantlarni qabul qiluvchi va jo’natuvchi mamlakatlarning manfaatlarini himoya qilishi kerak.
ishchi kuchi migratsiyasi jarayonini tartibga solishni ikki turga bolishimiz mumkin:
ishchi kuchining migratsiyasini tashkilotlar yordamida tartibga solish.
davlat tomonidan tashqi migratsiyani turli usullar orqali tartibga solish.
Tashqi mehnat migratsiyasini tashkil etishda, tajribalar va axborotlar bilan ayirboshlashda, bu jarayonni tartibli va rejali amalga oshirishni ta’minlashda migratsiya bo’yicha tashkilotlarning o’rni alohida ahamiyatga ega. Ushbu tashkilotlar tarkibida XMT alohida o’rin tutadi.
Bu tashkilot a’zo mamlakatlardagi (35 ta a’zo) o’z bolimlari orqali bo’lajak muhojirlar uchun til o’rganish kurslarini tashkil etadi.
Ushbu yo’nalishda XMT ham o’z ishini faollashtirib, mehnat me’yorlari bo’yicha 1919-1990-yillar davomida 174 ta Konvensiya va 181 ta tavsiyalar qabul qildi. Ularda ishchi kuchining mamlakatlararo ko’chib yurishini huquqiy jihatdan tartibga solish ham o’z ifodasini topgan. Jumladan, 1949-yilda qabul qilingan muhojir - mehnatkashlar to’g’risidagi konvensiyada XMTga a’zo bo’lgan davlatlarga muhojirlarn ishga qabul qilishda, ish haqi to’lashda va ularning kamsitishlariga yo’l qo’ymaslik majburiyatlarini yuklovchi qator qoidalar o’rin olgan.
XMTga a’zo bo’lgan va uning asosiy hujjatlariga imzo chekkan mamlakatlar, qayd etilgan hujjatlarda qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilishlari va milliy mehnat qonunchiliklarini ularga muvofiq o’zgartirishlari lozim.
mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish ishchi kuchini qabul qiluvchi va ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarning milliy qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi tashkilotlar va davlatlararo kelishuvlar tomonidan ham tartibga solinadi.
6-rasm. mehnat tashkilotining vazifalari.
Davlatning migratsiya jarayonlaridagi ishtiroki tarixdan ma’lum. XVIII-XIX asrlardayoq ishchi kuchining erkin ko’chib yurishini cheklash bo’yicha to’siqlar mavjud bo’lgan. Hozirda ishchi kuchining erkin harakati qator huquqiy, ma’muriy, madaniy, til, ijtimoiy va boshqa dastaklar yordamida tartibga solinadi (6-rasm).
Ishchi kuchini qabul qiluvchi ko’pchilik mamlakatlar immigratsiyani tartibga solishda selektiv yondashuvni m a’qul ko’rishadi.
Bu yondashuvning mazmuni shundan iboratki, bunda davlat o’ziga kerakli ishchilarning mamlakatga kirib kelishiga to’sqinlik qilmaydi, qolganlarning mamlakatga kirib kelishi taqiqlanadi. Ishchilarning u yoki bu mamlakatga kirib kelishi mamlakatdan mamlakatga qarab o’zgarib turadi.
Immigratsion qonunchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
Kasbiy malaka. Ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlarning qonunchiligida mutaxassislik bo’yicha bilim darajasi va staji borasida qat’iy talablar mavjud. Ta’lim borasida minimal o’rta maktabni tugatganlik yoki kasb-hunar kollejini tugatganlik diplomi talab etiladi.
Mehnat staji borasida kamida 3-5 yil va tavsiyanoma talab etilishi mumkin.
7-rasm. ishchi kuchi migratsiyasini davlat tomonidan tartibga solish xususiyatlari.
Isltichilarning shaxsiga oid cheklovlar. Ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlar immigrantlarning sog’ligiga oid qat’iy talablar ham qo’yishadi. Narkomanlar, ruhiy kasal odamlar, COVID virusi bilan kasallanganlar mamlakatga qo’yilmaydi.
Miqdoriy cheklash. Ishchi kuchini qabul qiluvchi ko’pchilik mamlakatlarda immigrantlarni qabul qilishda miqdoriy cheklashlar joriy e:iladi, ya’ni ularning maksimal soni belgilab qo’yiladi.
Iqtisodiy tartibga solish. Bu usul immigrantlarning sonini qisqartirishni ta’minlovchi m a’lum moliyaviy cheklovlarni joriy etadi. Bir qator mamlakatlarning qonunchiligi immigratsiyani rasmiylashtirish uchun va mahalliy korxonaga ishga joylashish uchun immigrantlarning m a’lum to’lovlarni amalga oshirishlarini talab etadi.
Vaqtli cheklovlar. Ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlarning ko’pchiligi mamlakatga kirib kelgan xorijiy ishchilarning mamlakatda bo’lishlarining maksimal muddatini belgilab qo’yishadi. Muddat tugagandan keyin ular mamlakatni tark etishlari yoki davlatning tegishli mutasaddi organlaridan muddatlarini uzaytirishlari kerak bo’ladi. Geografik imtiyozlar. Immigrantlarni qabul qiluvchi har bir mamlakat immigratsiyaning geografik va milliy tarkibini belgilaydi.
Bu usul, odatda, m a’lum mamlakatdan kirib kelayotganlar sonini miqdoriy kvotalash orqali amalga oshiriladi. Taqiqlar. Xorijiy ishchi kuchini yollash bo’yicha ochiq va yashirin taqiqlar xorijliklar shug’ullanishi mumkin bo’lmagan kasblar to’g’risidagi qonunlarda keltiriladi. Ochiq taqiqlar xorijiy ishchilar ishlashi mumkin boim agan tarmoqlar yoki ixtisosliklar bo’yicha sanab o’tiladi. Yashirin taqiqlar, aksincha, faqat mahalliy aholi ishlashi mumkin boigan tarmoqlar ixtisosliklarini sanab o’tadi va bu yo’nalishda xorijliklarning ishlashiga yo’l qo’yilmaydi.
Davlat tomonidan ishchi kuchini qabul qilishni chegaralash va taqiqlash orqali tartibga solish usullarini ko’rib chiqdik. Shu bilan bir qatorda mamlakatdan immigrantlarni chiqarib yuborish borasida reemigratsiyani rag’batlantiruvchi chora-tadbirlar ham qoilaniladi. Buning asosiy sababi kasaba uyushmalarining hukumatga o’tkazadigan ta’siri hisoblanadi.
Reemigratsiya borasida davlat tomonidan amalga oshiriladigan an’anaviy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi: Reemigratsiyani rag’batlantiruvchi dasturlar. Bu dasturlarga noqonuniy ravishda kirib kelgan immigrantlarni mamlakatdan majburiy chiqarib yuborishdan tortib vatanlariga qaytishni xohlaydigan immigrantlarga moddiy yordam berish bilan bogliq choralar kiradi.
Immigrantlarni kasbiy tayyorlash dasturlari. Immigrantlarning o’z mamlakatlariga qaytishlarini rag’batlantiravchi omil sifatida ba’zi mamlakatlar (Fransiya, Germaniya, Shveytsariya) ularn i kasbiy tayyorlash dasturlarini ishlab chiqishadi.
Ommaviy emigratsiya qiluvchi mamlakatlarga iqtisodiy yordam berish dasturlari. Rivojlangan mamlakatlar ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar bilan ishchilarning pul o’tkazmalarini investitsiyalash va davlatga yangi ishchi o’rinlarini yaratish maqsadida korxonalar qurish orqali rivojlanayotgan mamlakatlarda reemigrantlar uchun ish joylarini yaratishga yordam berish to’g’risida kelishuvlar tuzishadi.
Ishchi kuchini qabul qiluvchi mamlakatlar tomonidan amalga oshirilgan faol chora-tadbirlarning aksariyati bu mamlakatlarning o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga erishish imkonini bermadi. Dasturlar natijasida o’z vatanlariga qayta boshlagan immigrantlar oqimi dasturlarni moliyalashtirish tugashi bilan kamaya boshladi. Bu dasturlar samaradorligining muhim sabablaridan biri - ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlarning emigratsiya oqimini qisqartirishni xohlarnaganliklaridadir.
Emigratsiya siyosati. Emigratsiya siyosatining maqsadi ishsizlikni kamaytirish, ishlayotgan emigrantlarning eksport-import operatsiyalarini balanslashtirish uchun ishlatilayotgan moliyaviy mablag’lari kirib kelishiga ko’maklashishi, emigrantlarga xorijda munosib hayot sharoitlari bilan ta’minlanishi, emigrantlarning o’z vatanlariga qaytib kelishi ularning xorijda egallagan kasblari, to’plagan tajribalari va malakalari bilan mos kelishi kerak.
XXI asr boshlarida migratsiya jarayonida eksportyor mamlakatlar faolligining kuchayayotganligini ushbu mamlakatlar tomonidan emigratsiya siyosatining quyidagi shakllarini amaliyotda samarali qo’llayotganlari bilan izohlash mumkin.
Emigratsiya miqyosi va emigrantlarning sifat ko’rsatkichlarini tartibga solish orqali eksporter mamlakat manfaatlarini himoyalashga qaratilgan siyosat. Aksariyat mamlakatlarning emigratsiya siyosati o’z fuqarolarining erkin harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan bo’lsa, boshqalari yuqori malakali mutaxassislar masalasi va demografik holat yomonlashganda chegaralangan emigratsiya siyosatini olib borishadi.
Mamlakat iqtisodiyotini resurslar bilan ta’minlash maqsadida ishlayotgan - migrantlarning valuta mablag’larini jalb etishga yo’naltirilgari siyosat. Ushbu maqsadda milliy banklarda emigrantlar uchun qulay foiz stavkalarida schotlar ochiladi, ularga o’zlarining moliyaviy vositalarini tovar va ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun foydalanishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi, ba’zi bir davlatlar tomonidan esa ishlayotgan migrantlarning o’z mamlakatlariga olingan ish haqining katta qismini yuborishlari majburiy qilib belgilangan.
Xorijda ishlash uchun ishchi kuchini yollash bo’yicha iqtisodiyijtimoiy kafolatlar bilan ta’minlay oladigan shartnomalar va ikkiyoqlarna kelishuvlardan foydalanish yo’li orqali emigrantlarning haqhuquqlarini himoya qilishga qaratilgan siyosat. Mehnat migratsiyasi bo’yicha kelishuvlar shartlarining bajarilishini, migrantlarning mamlakat ichida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan bahsli muammolarmi hal qilish va ularning asosiy huquqlariga amal qilinishini nazorat qilish maqsadida muassasalar, fondlar, vakilliklar, maxsus kishilarni tashkil etish yo’li bilan shu masalani hal etish.
Ishlayotgan migrantlarning haq-huquqlari va davlat manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan siyosat. Ushbu masalani hal etishning birgina yo’li xorijda ishlash uchun fuqarolarni yollash faoliyatini davlat tomonidan majburiy litsenziyalashdir. Litsenziyalashning maqsadi kerakli ma’lumot, ishlash tajribasi, ishonchli aloqalariga ega va faoliyatining natijalariga moddiy va huquqiy javobgarlikni ola biladigan tashkilotlargagina xorijda ishlashni tashkil etish vositachiligini amalga oshirish huquqini berish.9