Kurs ishining maqsadi.
Yuqori tempuraturada pechning ishchi qismidagi jismlar sestimasida bo’ladigan nurlanish issiqlik almashunivi hisoblash metodlarini ishlab chiqish va pechni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar berish.
Kurs ishning vazifalari.
1. Mavzuga doir ilmiy va ilmiy-metodik manbalarni o‘rganish, tahlil qilish
2. Nurlanish koeffitsentlarini hisoblash va uni issiqlik almashunivida qatnashuvchi yuzalarning shakli hamda o’zaro joylashganligi bog’liqligini ko’rsatish.
3. Parallel va perpundikulyar tekisliklar silindirik va tekis sirtlar orasidagi issiqlik almashunivida nurlanish koeffitsentining tasirini o’rganish.
4. O’zaro parallel yassi yuzalar orasidagi issiqlik yutuvchi va nurlovchi gaz muhitining ta’sirini aniqlash.
1.Issiqlik nurlanishning asosiy qonunlari
Plank qonuni. Absolyut qora jismlar absolyut noldan yuqori temperaturada o‘zidan fazoga barcha to‘lqin uzunlikdagi nurlarni tarqatib turadi. Bir xil temperaturada absolyut qora jismlarning nurlanish jadalligi boshqa real jismlarnikiga qaraganda yuqori bo‘ladi. Nurlanish jadalligi J,o ni to‘lqin uzunligi va temperatura T ga bog‘liqligi Plank qonuni bilan belgilanadi:
(1.1)
1.1-rasm. Absolyut qora jismning nurlanish jadalligini to‘lqin uzunligi va temperaturaga bog‘liqligi
bu yerda C1=0,37410-15Vtm2; C2=1,438810-2 mK – Plank doimiylari;
e – natural logarifm asosi.
Nurlanish jadalligini to‘lqin uzunligi va temperatura bo‘yicha Plank qonuniga asosan taqsimlanishi 1.1-rasmda tasvirlangan.
Vin qonuni. 1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, jismning temperaturasi orttirilsa, uning nur tarqatish jadalligining maksimumi qisqa to‘lqin tomonga siljiydi. Bu qonuniyatni V. Vin 1893 yili taklif etgan va uning matematik ifodasini bergan:
max=0,0028989/T
yoki
Tmax=v=2,89810-3mK (1.2)
Bu V.Vinning siljish qonuni deyiladi. Siljish qonuniga muvofiq jismlar nur ko‘rinishida tarqatadigan elektromagnit to‘lqinlarning jadalligi har xil temperaturada turlicha bo‘ladi. Masalan, elektr isitkichning temperaturasi T=1100 K bo‘lganda, u max=310-6m bo‘lgan to‘lqin uzunlikdagi nurni tarqatadi, uning spektri asosan infraqizil nurdan iborat bo‘ladi. Quyosh (T=5500 K) nuri to‘lqin spektrini olsak, undagi to‘lqin uzunlik max=510-7m ga to‘g‘ri keladi. Bu to‘lqin uzunlik spektrning ko‘zga ko‘rinadigan qismiga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |