2.1-rasm. Ikki parallel sirtlar orasida nurli issiqlik almashinuvi sxemasi
Bu sirtlarning temperaturalari mos ravishda T1 va T2 (T1T2) va yutilish koeefitsentlari A1 va A2 bo‘lsin.
Sirtlar orasidagi masofani shunday tanlaymizki, natijada har bir sirtning nurlanishi narigisiga yetib borsin. Bu sirtlar orasidagi nurli issiqlik almashinuvi kattaligi quyidagiga teng:
E=Eef1-Eef2,
Bunda Eef1=E1+(1-A1)Eef2,
Eef2=E2+(1-A2)Eef1.
Bu tenglamalar tizimini Eef1 va Eef2 ga nisbatan yechib, E1 va E2 o‘rniga Stefan –Boltsman qonunidan ularning ifodasini va A1 hamda A2 o‘rniga mos ravishda 1 va 2 larni (chunki A=) qo‘yamiz. O‘zgartirishlardan so‘ng quyidagi tenglikni hosil qilamiz:
bu yerda - temperatura ko‘paytiruvchisi deyiladi;
- jismlar tizimining keltirilgan qoralik darajasi deyiladi;
keltirilgan nurlanish koeffitsienti deyiladi.
Keltirilgan nurlanish koeefitsenti, agar temperatura ko‘paytiruvchisi 1 K va har bir sirtning yuzasi 1m2 bo‘lsa, 1-sirtdan 2-sirtga 1 s da uzatilayotgan nurlanish energiyasini bildiradi. Demak, (2.2) formulani quyidagicha yozish mumkin:
2.2-rasm. Yopiq joyda jismlar orasidagi nurli issiqlik almashish sxemasi
Shunday qilib, nurli issiqlik almashinuvini jadalligini orttirish uchun k va ni ya’ni issiqlik almashinuvida ishtirok etayotgan sirtlarning qoralik darajasini va temperaturalar farqini orttirish lozim.
Dostları ilə paylaş: |