Ishdan chiqish sabablari



Yüklə 67,5 Kb.
səhifə1/2
tarix21.06.2023
ölçüsü67,5 Kb.
#133654
  1   2
7-MAVZU. ELEKTR TA‘MINOTI TIZIMINING ... (3)




7-MAVZU.
ELEKTR TA‘MINOTI TIZIMINING ASOSIY ELEMENTLARINI
ISHDAN CHIQISH SABABLARI


Reja:
6.1. Elektr ta‘minoti tizimining asosiy elementlarini ishdan chiqish sabablari.
6.2. Havo elektr uzatish liniyalarining ishdan chiqish sabablari.
6.3. Kabel elektr uzatish liniyalarining ishdan chiqish sabablari.
6.4. Kuch transformatorlarining ishdan chiqish sabablari.
6.5. Kommutatsion apparatlarning ishdan chiqish sabablari.
6.6. Nazorat savollari.


6.1. Elektr ta‘minoti tizimining asosiy elementlarini ishdan chiqish sabablari
Turli materiallardan tayyorlangan elementlarning ekspluatatsiya jarayonida termik, mexanik ta‘sirlar hamda elektromagnit maydon va muhitning agressivligi natijasida, shuning bilan birga elektr energiya sifatining buzilishi oqibatida ushbu materiallarda mustahkamlikning (prochnost) yomonlashishi, qismlar o‘rtasidagi aloqaning buzilishi kabi salbiy va qaytarib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tasodifan yuz beradigan bunday o‘zgarishlar elementning ishdan chiqishiga olib keladi.
Ishdan chiqish transformator, kabel liniyalari va generator izolyasiyalarining eskirishi, o‘tkazgichlar, tayanchlar (opora) va kabel qobig‘i metall qismlarining zanglashi, qisqa tutashuv toklarini o‘chirish paytida kommutatsiya appartlarining buzilishi (iznos) hamda materiallarda sodir bo‘ladigan deformatsiya va diffuziya hodisalari oqibatida ro‘y beradi.
6.2. Havo elektr uzatish liniyalarining ishdan chiqish sabablari
Havo elektr uzatish liniyalari, bu elektr tizimlarining eng ko‘p zarar ko‘ruvchi qismlari hisoblanadi. Ularning zarar ko‘rishlariga muhitning yomonligi va ular joylashgan hududlardagi noqulayliklar sabab bo‘ladi.
Havo elektr uzatish liniyalari ishdan chiqishining asosiy sabablariga quyidagilar kiradi:
- muzlash va shamolning ta‘siri;
- chaqmoq paytida sodir bo‘ladigan razryad oqibatida izolyasiyaning berkilib qolishi;
- avtotransport va boshqa mexanizmlar ta’sirida tayanch va o‘tkazgichlarning zararlanishi;
- tayanchlar, izolyatorlar hamda o‘tkazgichlarni tayyorlash paytida kamchilik-larning bo‘lishi;
- tayanchlar, izolyatorlar hamda o‘tkazgichlarning tabiiy iqlimga to‘g‘ri kelmasligi;
- tayanch va o‘tkazgichlar montaj ishlarining noto‘g‘ri bajarilganligi;
- ta‘mirlash va uskunalarning almashtirish vaqtiga amal qilinmaganligi va hokazo.
Bu sabablar asosan tayanchlar, izolyatorlar hamda o‘tkazgichlar mexanik mustahkamliginig yo‘qolishi yoki zaiflashishiga, tayanch detallarining sinib ketishiga, metall hamda taxta qismlarining zanglashi va chirishiga olib keladi.
Liniyalarning titrashi, qaltirashi (plyaska), uzilib ketishi, tayanchlar yoki detallarining buzilishi elektr uzatish liniyalardagi qisqa tutashuvlar (bir yoki bir necha fazali) oqibatida sodir bo‘ladi.



Yüklə 67,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin