Ishdan maqsad: Neft va neft maxsulotlari tarkibidagi suv miqdorini aniqlash. Bu usul neft yoki neft maxsulotlari namunalari bilan erituvchini azeotrope xaydashga asoslangan. Kerakli reaktiv idish va materiallar
4- Laboratoriya ishi
NEFT TARKIBIDA SUV MIQDORINI DINASTARK USULI YORDAMIDA ANIQLASH
Ishdan maqsad: Neft va neft maxsulotlari tarkibidagi suv miqdorini aniqlash. Bu usul neft yoki neft maxsulotlari namunalari bilan erituvchini azeotrope xaydashga asoslangan.
Kerakli reaktiv idish va materiallar: Kolba isitgich yoki elektr plitkasi
0.5 l xajmli dumaloq kolba
1 l xajmdagi o’lchov silindri
BR-1 markali benzin
Qaynatgichlar (farfor, pemza bo’laklari, shisha kapillyar trubka)
Ishni bajarish tartibi: Tajribani bajarish uchun erituvchi sifatida rezina sa’noatida foydalaniladigan BR-1 markali benzin qo’llaniladi.U 80-120 C da qaynaydi, uning tarkibidagi aromatik uglevodorodlar miqdori 3% dan ko’p bo’lmaydi.
Neft namunasi shisha idishga solinadi va 5 minut davomida chayqatiladi. Qovushqoqligi yuqori (quyuq) bo’lgan neft va neft maxsulotlari 40-50 C da qizdiriladi. Aralashtirilgan neft yoki neft maxsulotlari 100ml xajmli (1) shisha kolbaga solinadi (3- rasm). So’ngra (1) kolbaga 100 ml erituvchi qo’yiladi va aralashtiriladi (chayqatiladi).
Suyuq neft maxsulotlari kolbaga solishdan avval xajmi orqali o’lchash mumkin. Buning uchun o’lchov silindriga tajribani bajarish uchun 100ml neft maxsuloti (1) kolbaga solinadi. So’ngra shu o’lchov silindriga 100ml erituvchi solib, kolbaga qo’yiladi. Suyuqlik bir maromda qaynashi uchun kolbaga pemza yoki shisha kapillyardan bir nechtasi solinadi.