Amaliy mashg‘ulot №3. Skvajinaga joylashtirilgan portlovchi modda miqdorini hisoblash. Ishdan maqsad:skvajina zaryadlarining parametrlarini hisoblash prinsiplarini о‘rganish va о‘zlashtirish. Ochiq kon ishlarida portlatish ishlarining qо‘llanilish tarixiga nazar tashlaganimizda portlatish vositalarining hamda portlovchi moddalar joylashtiriladigan bо‘shliqlarning takomillashib borishiga bog‘lik ravishda portlatish ishlari xam rivojlanib borganiga guvox bо‘lamiz.
Mustaxkam tog‘ jinslarini burg‘ulash-portlatish usuli yordamida qazib olishga tayyorlashda massivda portlatish skvajinalarni burg‘ulash lozim. Portlovchi skvajinalarning asosiy parametri: skvajina chuqurligi, diametri va qiyalik burchaklari.
Skvajina chuqurligi portlatiladigan pog‘ona balandligiga, gorizont bо‘yicha skvajina qiyalik burchagiga va skvajina pereburiga bog‘liq bо‘ladi. Qiyalik burchagi bо‘yicha gorizontal, qiya va vertikal skvajinalar bо‘ladi.
Skvajina pereburi pog‘ona ost qismida tog‘ jinslarini sifatli yumshatish uchun lozim. Perebur burg‘ulash hajmini oshishiga, pog‘ona krovlisini buzilishiga olib keladi, natijada esa pereburni minimal holda qabul qilinadi. Zaryad kotsentratsiyasi skvajina diametri oshganda tog‘ jinslarida maydalanmay qolgan bо‘laklarni oshishiga va zaryad yaqinidagi tog‘ jinslarini maydalanib ketishiga olib keladi. Skvajina tiqini (zaboykasi) mustaxkam bо‘lishi, uzunligi esa portlatish maxsulotlarini chiqib ketmasligini bartaraf etadigan darajada yetarli bо‘lishi, tog‘ jinsini chiqib ketishini va kuchli portlash tо‘lqinini hosil qilishi. Zaboyka qilish uchun material sifatida burg‘ulash chiqindisi, qum, sheben, о‘lchami 50 mm dan kо‘p bо‘lmagan boyitish fabrikalari xvostlari qо‘llaniladi. Skvajina diametri portlatish uchun talab etiladigan PM zaryadini uning uzunligi bо‘yicha joylashtirishni ta’minlashi lozim. Skvajina о‘qidan pog‘onaning quyi brovkasigacha bо‘lgan gorizontal masofa W pog‘ona osti bо‘yicha qarshilik deyiladi. nisbat esa skvajinalarni yaqinlashish koeffitsiyenti deyiladi.
Hozirgi paytga kelib har kanday mustaxkamlikdagi tog‘ jinslarida skvajinalarni burg‘ulashning samarali texnik vositalari mavjud bо‘lib, bu usul karerlarda keng qо‘llanilib kelinmokda. Skvajina diametrini, katorlar sonini, qiyalik burchagini va boshkalarni о‘zgartirish hisobiga portlovchi moddalarni massivda bir tekisda taqsimlash mumkin. Bu yerda skvajinaning har bir parametrini nazoratga olgan holda portlatishni boshqarish va tegishli tarkibdagi va kattalikdagi tog‘ jinslarini olish mumkin. Skvajinalar pog‘onaning tepa qismida parallel xolatda bir yoki bir necha qator etib orasidagi masofalar hisoblab chiqilib teng qilib joylashtiriladi (tо‘r yoki shaxmatli tarzda). Skvajinalar orasidagi masofa shunday tanlanishi kerakki, har bir portlatilgan skvajina о‘rtada ochiq joy koldirmasdan bir-birining ustiga parchalangan tog‘ jinslarini yopishi yoki koplashi kerak.
Skvajinali zaryadlar va skvajinalarni pog‘onada bir qator xolatda joylashish parametrlarini hisoblashni bajarish (3.1 rasm).
Hisoblashni bajarish tartibi: 3.1. Sharoshkali dolotaning berilgan diametri bо‘yicha (7.1 ilova) portlovchi skvajina diametri ( , mm) aniqlanadi:
= (3.1)
bu yerda: - dolota diametri, mm;
- tog‘ jinsi mustaxkamligiga bog‘lik holda qabul qilinuvchi burg‘ulash koeffitsenti (2.2-ilova).