1-mashq
O’zinduksiya koeffitsiyentini Ampermetr va Voltmetr
yordamida aniqlash.
Laboratoriya ishining eksperimental qismi qo’yida berilgan elektr sxemaga ko’ra yig’iladi (44-rasm).
Ishni bajarish tartibi
-
44-rasmda berilgan sxema asosida elektr zanjirini yig’ing.
-
Zanjirning to’g’ri yig’ilganligini o’qituvchiga tekshirtiring va kalitni ulang.
-
G’altakning o’ramlar soni N1=1200, N2=2400, N3=3600 bo’lgan alohida holatlari uchun R reostat jilgichini surish bilan ampermetr va voltmetr ko’rsatishlarini kamida 3 martadan yozib oling.
-
– ifodadan foydalanib har bir hol uchun Z - to’la qarshilikni hisoblang va o’rtacha qiymatini toping.
-
(27) – ifodadan foydalanib g’altakning o’zaksiz holatdagi L0 o’zinduksiya koeffitsiyentini hisoblab toping.
-
G’altakka temir o’zak kiriting va tajribani takrorlang. Ђaltakning o’zak kiritilgan paytdagi L o’zinduksiya koeffitsiyentini hisoblab toping.
-
(22) dan foydalanib har bir o’ram uchun muhitning magnit singdiruvchanligini hisoblang .
-
- o’rtachani hisoblang.
2 – mashq
Tok kuchi va kuchlanish orasidagi faza siljishini aniqlash
(28)
formuladan foydalanib faza siljishlari tangensini toping.
Savollar: 1) Elektromagnit induksiya hodisasini ta’riflang.
2) O’zinduksiya hodisasi deb nimaga aytiladi? Uni qachon kuzatish mumkin?
3) O’zgaruvchan EYuK qaysi tenglama bilan ifodalanadi?
-
O’zgaruvchan EYuKning amplitudasi, fazasi, boshlang’ich fazasi, chastotasi, doiraviy chastotasi va davri deb nimaga aytiladi?
-
O’zgaruvchan tok deb qanday tokka aytiladi? U qanday olinadi?
-
Zanjirning aktiv, induktiv, sig’im va to’la qarshiligi deb nimaga aytiladi? Bu qarshiliklar EYuKning chastotasiga, induktivlik va sig’imga, shuningdek, tok kuchi va kuchlanishga qanday bog’langan?
-
Aktiv, induktiv va sig’im qarshilikli o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonunini ta’riflang va uning ifodasini yozing.
-
Faqat aktiv qarshilikli zanjirda o’zgaruvchan tok qanday ifodalanadi?
-
Faqat induktiv qarshilikli zanjirda o’zgaruvchan tok qanday ifodalanadi?
-
Faqat sig’im qarshilikli zanjirda o’zgaruvchan tok qanday ifodalanadi?
-
Tok kuchi va kuchlanishning effektiv, oniy qiymati deb nimaga aytiladi va u qanday ifodalanadi?
-
O’zgaruvchan tokning ketma-ket zanjirida kuchlanishlarning oniy qiymatlari uchun U=UR+UL+UC tenglama o’rinlimi?
-
Kuchlanishlar va toklar rezonansi deb nimaga aytiladi va u qanday sharoitda ro’y beradi?
Dostları ilə paylaş: |