Birinchidan, ular korxonaning ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli (taalluqli) hisoblanadi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish ustama xarajatlari korxonaning barcha ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiy qismidir.
Uchinchidan, ularsiz bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan barcha xarajatlarni aniqlab bo‘lmaydi.
Ishlab chiqarish ustama xarajatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniq mahsulot tannarxiga kiritib bo‘lmaslikka sabab shundaki, ular bir vaqtning o‘zida korxonada ishlab chiqilayotgan barcha mahsulot turlariga tegishli (taalluqli) hisoblanadi. Shu bois ham, mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini real aniqlash uchun ishlab chiqarish ustama xarajatlari ma’lum tartiblar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlar o‘rtasida taqsimlanishi ob’ektiv zarurat hisoblanadi.
2.IShLAB ChIQARISh USTAMA XARAJATLARINING HISOBI
O‘zbekiston Respublikasi 21- con BHMSga binoan ishlab chiqarish ustama xarajatlari hisobi 2510 "Umumishlab chiqarish xarajatlari" schyotida olib boriladi. Ushbu schyot debetida bilvosita ishlab chiqarish zaxiralari, xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olingan xarajatlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish", 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha analitik hisob korxonaning alohida bo‘linmalari va xarajatlar moddalari bo‘yicha yuritiladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (2500)ning bog‘lanishi: