O`ZBEKISTON RESPUBLIKAS IOLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Urganch sharq tillari va xizmat ko`rsatish texnikumi Buxgalteriya hisobi va audityo`nalishi 201- gurux bitiruvchisi Zakirova Dinara Davronbek qizi “Mehnat, unga haq to‘lash hamda mehnat haqi jamg‘armasidan foydalanish hisobi va auditini tashkil etish. (korxona misolida)” mavzusida tayyorlagan T A Q D I M O T I
Urganch – 2022
MUNDARIJA
KIRISh
I bob. Mehnat, unga haq to‘lash hamda mehnat haqi jamg‘armasidan foydalanish hisobini tashkil qilish
1.1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa - bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg‘or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishdir.
Xo‘jalik sub'ektlarining mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish va tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Bular o‘z navbatida, mazkur tadqiqot ishi mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.