Barcha xo‘jalik sub’ektlari mehnat haqi uchun berilgan mablag‘larni sarf qilishda shtat tartibini saqlashga, mehnat haqi stavkalarining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymasligini, mehnat haqi fondidan tayinlanishi bo‘yicha foydalanishni ta’minlashga majburdir. Shu boisdan tadqiqot ishida “Transgazinjiniring” unitar korxonasining mehnatga haq to‘lash fondi hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish usullarini takomillashtirish masalalari ham tadqiq qilindi va kerakli amaliy tavsiyalar berildi.
Mehnat unumdorligi bilan o‘rtacha ish haqi uzviy bog‘liqlikka egadir. Chunki mehnat unumdorligining o‘sishi ish haqini ham o‘sishiga olib keladi. Mehnat unumining ish haqining o‘sishidan yuqori bo‘lishi va buning ta’minlanishi iqtisodiy qonuniyat ham hisoblanadi. Shularni inobatga olgan holda “Transgazinjiniring” unitar korxonasida mehnat unumdorligi darajasining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobkitob qilish usullari tavsiya qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
I.O‘zbekiston Respublikasi qonunlari:
1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi.
8 dekabr 1992 yil (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
2.O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi Qonuni. 30 avgust 1996 yil (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
3.O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” gi Qonuni 26 may 2000 yil yil (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
6. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni. 20 mart 2013 yil.