Sana : «___»________2023 yil
16-Mavzu :Elektr-gazpayvandlash asboblari va jihozlaridan foydalanish qoidalari
Payvandalash-yig‘ish jarayonida o‘tish, deb bitta detalni ikkinchisiga hamda boshqa elementar qismlarini kerakli aniqlik darajasida payvandlab mahkamlashga aytiladi.
Ish yo‘li, deb ishchining operatsiyalarni, o‘tish yoki o‘tib olishlarni ajarish uchun zarur bo‘lgan tugallangan harakatiga aytiladi (masalan, xomakini o‘rnatish va olish, asbobni o‘zgartirish).
O‘rnatish, deb texnologik operatsiyaning xomakini mahkamlash uchun bajariladigan qismiga aytiladi. Masalan, detal yoki bir nechta detallarni yig‘ish-payvandlashdan avval moslamaga o‘rnatish va mahkamlash yoki shtampga joylashtirish kerak. Detalni moslamaga yoki shtampga joylashtirish, o‘rnatish deb aytiladi va operatsiya tarkibiga o‘tishlardan biri bo‘lib kiradi.
Pozitsiya, deb ishlov beriladigan detalning moslama bilan birgalikda asbobga yoki jihozning qo‘zg‘almas qismiga nisbatan operatsiyaning ma’lum bir qismini bajarishda qotirib qo‘yiladigan holatiga aytiladi. Misol tariqasida, olti shpindelli yarim avtomat tokarlik dastgohida ishlov berishni ko‘rsatish mumkin. Bu operatsiyada oltita holat bo‘lib, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish uchun detal 60°ga siljiydi. Demak, bu dastgohda bajariladigan ishlar olti holatdan (pozitsiyadan) tashkil topgan bo‘ladi.
Sana : «___»________2023 yil
17-Mavzu : Payvandlash materiallarning turlari A 9 modulga asoslanib, yonilg‘i datchigi, yonilg‘i nasosi yechib olingach, yonilg‘i bakida benzin qolmasin.
Bakni yuvishda vannadan foydalanilsin.
Bak suv bilan to‘ldirilgach, chayqatilsin va tokib tashlansin.
Bakka yonilg‘i emulgatori solinib, suv bilan to‘ldirilsin va 10 daqiqa davomida chayqatilib, so‘ngra tokilsin. Emulgatorlardan foydalanishda ishlab chiqarish korxonasi ko‘rsatmalariga amal qilinsin.
Aralashmadan bo‘shatilgan bak bo‘g‘zigacha suv bilan to‘ldirilsin va tokib tashlansin.
Yonilg‘i baki germetikligini tekshirish uchun 7-10 kPa bosim ostida siqilgan havo bilan to‘ldirilsin.
Shubhali joylarga sovun eritmasi surkalib, shu joylar suvga botiriladi. Germetikligi yo‘qolgan va suvga botirilgan joylardan havo pufakchalari chiqadi.
Germetikligini yo‘qotgan yonilg‘i baki yangisiga almashtiriladi yoki epoksidli yelim bilan yelimlanadi.