Ishlab chiqarish amaliyoti xisoboti


Sana : «___»________2023 yil 7-Mavzu : Kuzovlarni ta’mirlashda chora tadbirlarni belgilash



Yüklə 33,57 Kb.
səhifə4/15
tarix31.08.2023
ölçüsü33,57 Kb.
#141200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ishlab chiqarish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Sana
Sana : «___»________2023 yil


7-Mavzu : Kuzovlarni ta’mirlashda chora tadbirlarni belgilash
Avtobus kuzovlari bir yoki ikki qavatli, usti yopiq va ba’zan ochiq xam bo’lishi mumkin. Avtobuslar kuzovi sinchsimon qobiqli bikr konstruksiyadir. Zamonaviy avtobuslar nuqul metalldan yasalgan vagon ko’rinishidagi usti yopiq karkasli kuzovga ega. Bu turdagi kuzovlar dvigatelni ma’qul joyga joylashtirish (kuzov ichiga, ya’ni old qismiga, orqa qismiga yoki polining tagiga), yo’lovchilarga mo’ljallangan kuzov xonasidagi joydan maqsadga muvofiq foydalanish imkonini beradi. Avtobus kuzovlarining umumiy vazni va narxi avtobusning yarim vaznini va yarmiga yaqin tannarxini tashkil etadi. Vagon turidagi kuzovlarda rama bo’lmaydi, shuning uchun barcha yuklanishlarni kuzov o’zi qabul qiladi. Shu narsani ta’kidlab o’tish kerakki, avtobusning butun agregatlari kuzovning tubiga biriktiriladi. U ko’ndalang va bo’ylama karkasli balkalardan xamda ular bilan bir butun qilib tutashgan qovurg’asimon ustunchalar kuzov qafasini tashkil qiladi va qovurg’a ustun uchun material sifatida po’lat va duralyuminiydan yasalgan xar xil shakldagi o’zakdan foydalaniladi. Karkasli kuzov qafasini qobiqlash uchun list po’lat yoki alyuminiy qo’llaniladi

Sana : «___»________2023 yil


8-Mavzu : Chora tadbirlarni belgilash orqali mustaqil bajarish

Yuk avtomobillarining kuzovi asosan ikki qismdan iborat bo’lib, unga xaydovchi va bitta yoki ikki yo’lovchi uchun kabina va yuk tashishga mo’ljallangan kuzov kiradi. Umumiy ishlarni bajaruvchi xamma ishbop yuk avtomobillarida yuk ortish yoki to’ldirish uchun kuzov platforma shaklida ishlangan bo’ladi. Dvigatelning joylashuviga qarab yuk avtomobillari yopinchiqli (kapotli) va yopinchiqsiz kabinalarga bo’linadi. Agarda dvigatel kabina oldida joylashsa , unda dvigatel ustiga uni berkitib turuvchi yopinchiq o’rnatiladi (GAZ53 A, ZIL-130). Dvigatel kabina tagida yoki ichida joylashsa yopinchiqqa xojat qolmaydi. Bunda kabina (MAZ-5335, KamAZ-5320) bevosita dvigatel tepasiga o’rnatiladi va u avtomobil saxnidan (platformasidan) ancha oldinga surila oladi, bu hol yuk saxnini uzaytirishga xamda xaydovchi uchun yo’lni yaxshi ko’rishga imkon beradi. Dvigatelga qo’l yetishi qulay bo’lishi uchun bunday kabinalar oldiga ko’tarib ochiladigan qilib ishlanadi va ularga yengil ochilishi uchun lukidon bilan maxkamlab qo’yilgan sharnirli tirgak cheklagich hamda prujinali tayanchlar qo’yiladi. Yopinchiqsiz kabina avtomobilning uzunlik o’lchamidan saxn sifatida oqilona foydalanishga imkon beradi. Dvigatelning kabina tagida joylanishi kabina sig’imini ham birmuncha kattalashtiradi.





Yüklə 33,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin