Sana : «___»________2023 yil
22-Mavzu : Kuzovni bo‘laklarga bo‘lib ajratish ishlarini mustaqil bajarish
Payvandchi elektrodni chok uzra qanchalik sekin surib borsa, valik shunchalik keng chiqadi. Enli valiklarni bostirishda payvandchi elektrodni chokka ko‘ndalang ravishda tebranma harakatlantirmog‘i lozim. Demak, bunday chokni bostirishda elektrod uch xil, ya’ni elektrod o‘qi bo‘ylab yuqoridan pastga qarab, chok chizig‘i bo‘ylab ilgarilanma harakat va chokka ko‘ndalang yo‘nalishda tebranma harakat qilmog‘i lozim. Elektrodning tebranma harakati metall chetlarining qizishiga yordam beradi va payvandlash vannasining sekinroq sovishini ta’minlaydi. Suyuqlantirib valik yotqizish tugagandan keyin, uning chetidagi kratel, bu erda darz ketmasligi uchun yaxshilab payvandlanishi kerak. Qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda suyuq metalning erigan shlak qatlami bilan to‘la va bir tekis muxofazalanishini ta’minlash kerak. SHlak zarralarining vanna sirtiga chiqishi va shlak metalni oksidsizlantirishi uchun metall etarli vaqt davomida suyuq holatda saqlab turiladi. Payvandlash protsessida muayyan vaqt mobaynida elektrod metalidan qancha
suyuqlantirilganini tubandagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:
Sana : «___»________2023 yil
23-Mavzu : Avtomobil rama va kuzovlarining umumiy
tuzilishi
Metallarni gaz alangasida payvandlashda issiqlik manbai sifatida yonuvchi gazlarni ma’lum nisbatda kislorod bilan gorelkani aralashtirilib bu aralashmani havoda yondirilishda ajralgan alangasi issiqligidan foydalanilad. Bu usul o‘zining oddiyligi, qimmatbaho uskunalar talab etmasligi, alanga issiqlik quvvatining oson romtlanishi va uni payvandlash joyiga turlicha yo‘naltirish mumkinligi kabi avzalliklarga ega. Bu usulning kamchiliklariga, asosan,
payvandlanadigan metallni qizdirish tezligining kichikligi va issiqlikning metalga ta’sir
qilish zonasining kattaligini ko‘rsatish mumkin. Sifatli choklar olishda payvandchining
malakasi, alanganing quvvati, chokbop metallarning to‘g‘ri belgidanishining ahamiyati
g‘oyat katta. Kuzatishlar ko‘rsatadiki, qalinligi 1 mm po‘latni gaz alangasida payvandlashda
ish unumi satiga 10 m bo‘lsa, qalinligi 10 5mm li shu po‘latni gaz alangasida payvandlashda ish unumi soatiga faqat 2m bo‘ladi. SHuning uchun qalinligi 6 mm dan yupqa metallarni payvandlashda bu usuldan foydalanish maqsadga muvofiq. Amalda bu usuldan yupqa po‘lat, rangli metall qotishmalari listlardan rezervuarlar, idishlar tayyorlashda, turli nuqsonlarni (darzlarni, g‘ovaklarni) tuzatishda keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |