Suniy yoritish. Sun’iy yoritish umumiy yoki kombinatsiyalashgan bo‘lishi mumkin. Kombinatsiyalashgan yoritishda umumiy va mahalliy yoritish birgalikda qo‘llaniladi. Umumiy yoritishda xona ichi umumiy chiroqlar yordamida yoritilsa, mahalliy yoritishda esa chiroqlar bevosita ish joyiga yoki ish jihozi oldiga o‘rnatiladi, masalan, ish stoli ustida o‘rnatilgan ko‘chma chiroqlar, stanoklar yoki boshqa ish qurilmalarida o‘rnatiladigan chiroqlar va boshqalar.
Yoritilganlikni me’yorlashni engillatish maqsadida barcha ishlar aniqlilik darajasiga ko‘ra 6 razryadga bo‘lingan: o‘ta yuqori aniqlikdagi ishlar – I razryad; juda yuqori aniqlikdagi ishlar – II razryad; yuqori aniqlikdagi ishlar – III razryad; o‘ta aniqlikdagi ishlar - IV razryad; kam aniqlikdagi ishlar – V razryad; dag‘al ishlar –VI razryad.
Eng yuqori yoritilganlik I razryaddagi ishlar uchun belgilangan bo‘lib 5000 lk. ni tashkil etadi, kichik yoritilganlik esa IV razryaddagi ishlar uchun –75 lk qilib belgilangan.
Tashqi muhitda bajariladigan ishlarda ish razryadiga bog‘liq holda yoritilganlik 2 dan 50gacha.bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
V.S.Alekseev,E.O.Murodova,I.S.Davidova “Prospekt” Moskva 2006
H.E.G‘oipov Mehnat muhofazasi.Toshkent. “Mehnat”-2000
Internet saytlar: https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/xayot-faoliyati-xavfsizligi/ishlab-chiqarish-binolari-va-ish-joylarini-yoritish