p1,p2, pn - doimiy ishlab chiqarish omillarining narxlari,
q1, q2, qn - doimiy ishlab chiqarish omillarining soni.
Yalpi o‘zgaruvchan xarajatlar (TVC – total variable cost) – barcha o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan yalpi xarajatlar.
TVC =p1q1+p2q2+...+pnqn p1,p2, pn - o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillarining narxlari,
q1, q2, qn - o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillarining soni.
TC = TFC+TVC Chekli xarajatlar (MC - Marginal cost) – firma bir-birlik qo‘shimcha ishlab chiqarish xajmi ortirishi evaziga qiladigan xarajati.
MC = d TC/ dQ = TC’(Q)= TVC’(Q)
O‘rtacha yalpi xarajatlar (ATC - Average total cost) - yalpi xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin:
ATC = TC/Q, ATC = AFC+ AVC=(FC+VC)/Q
O‘rtacha doimiy xarajatlar (AFC – Average fixed cost) - yalpi doimiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin: