Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan natijalari


Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat



Yüklə 222,5 Kb.
səhifə4/8
tarix05.12.2023
ölçüsü222,5 Kb.
#173298
1   2   3   4   5   6   7   8
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan natijalari

Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib, birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo‘lib, ular firmaning barcha majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javobgarlikni cheklanmagan ravishda o‘zlarining zimmalariga oladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatda firma egalari firmaning majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni Nizom fondiga qo‘shgan ulushi doirasida zimmasiga oladi, xolos.
Korporatsiya - paychilikka asoslangan jamiyat bo‘lib, har bir mulk egasining mas’uliyati ushbu korxonaga qo‘shgan hissasi bilan cheklangan. Korxona aksiyalarini sotib olgan shaxslar korxona mulki egalariga aylanadilar. Korporatsiya faoliyatini aksionerlar majlisi nazorat qiladi. Aksiyadorlar o‘z aksiyalariga daromad (dividend) oladilar. Korporatsiya kreditorlari o‘z talablarini aksiyadorlarga emas, korporatsiyaga qo‘yadilar.
Aksionerlik jamiyati ochiq turda bo‘lsa, korxona aksiyalari ochiq bozorda, ya’ni fond birjalarida erkin sotiladi. Aksiyadorlarga kor­po­ratsiya yoqmasa, ular o‘z aksiyalarini ochiq bozorda sotib korxona bilan aloqasini umuman uzishi mumkin.
Foyda olmaydigan tashkilotlar. Bozor sharoitida bunday turdagi tashkilotlarga foyda olish maqsadida harakat qilmaydigan kasaba uyushmalari, klublar, machitlar, kasalxona, kollejlar, xayriya jamiyatlari va boshqalar kiradi.
Kooperativlar. Kooperativlar o‘z a’zolarining resurslarini foyda olish maqsadida birlashtirish asosida vujudga keladi.


3.Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari

Har qanday firmaning asosiy maqsadi foydani maksimallashti­rish­­dan iboratdir. Umumiy holda foyda (Profit) yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi.



bu yerda - foyda; - umumiy daromad; - umumiy xarajat.
Xarajatlar firmaga nisbatan tashqi va ichki xarajatlarga bo‘linadi.Yaqqol namoyon bo‘luvchi va namoyon bo‘lmaydigan xarajatlar deb ham ataladi. Tashqi xarajatlarga tashqi to‘lovlar, ya’ni tashqi mol yetkazib beruvchilarga (xom-ashyo, materiallar, elektro­energiya, gaz) to‘lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xara­jatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga olmaydi.

Yüklə 222,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin