Ishlab chiqarish jarayoni auditi



Yüklə 34,83 Kb.
səhifə10/12
tarix16.12.2023
ölçüsü34,83 Kb.
#182547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
9-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni auditi

Tekshirishning muhim bosqichi sotilgan tayyor mahsulotning tannarxini to’liq va to’g’ri hisobdan chiqarilganligini aniqlashdan iborat. Mahsulotlarning tannarxiga bilvosita va yordamchi xarajatlarning to’g’ri taqsimlanganligini aniqlash audit o’tkazishdagi asosiy tekshirilishi zarur jarayon hisoblanadi.

  • Tekshirishning muhim bosqichi sotilgan tayyor mahsulotning tannarxini to’liq va to’g’ri hisobdan chiqarilganligini aniqlashdan iborat. Mahsulotlarning tannarxiga bilvosita va yordamchi xarajatlarning to’g’ri taqsimlanganligini aniqlash audit o’tkazishdagi asosiy tekshirilishi zarur jarayon hisoblanadi.
  • Mahsulotga qilingan xarajatlarni tekshirishda va mahsulotlar tannarxini tahlil qilishda: mahsulotlarning haqiqiy tannarxi reja tannarxi bilan taqqoslanadi; ayrim mahsulot turlaridan zarar ko’rish sabablari; xarajatlarning ayrim mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishlar turlariga to’g’ri olib borilganligi; buxgalteriya hisobi schyotlarini yopish tartibiga rioya qilinishining asoslanganligi kabilar aniqlanadi. Bulardan tashqari, umum ishlab chiqarish va ta’mirlash xarajatlarining tannarx ob’ektlariga to’g’ri taqsimlanganligi 2510- «Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schyoti va ushbu xarajatlarni taqsimlash hisob-kitobi ma’lumotlariga muvofiq tekshiriladi.
  • Yoqilg’i-moylash materiallarining sarflanishi tasdiqlangan me’yorlar va bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib, mashina va uskunalarning (yoqilg’i bilan ishlaydigan bo’lsa) hisob varaqalariga asosan aniqlanadi. Shuningdek, me’yoridan oshiqcha sarflangan yoqilg’i-moylash materiallarining qiymati aybdor shaxslar zimmasiga olib borilganligini ham aniqlash zarur.
  • Mahsulot tannarxining to’g’ri hisoblanishi, xususan, xarajatlar bir qismining asossiz ravishda yordamchi xo’jaliklar yoki tugallanmagan ishlab chiqarishga olib borilishi hisobiga tovar mahsulotlar tannarxining sun’iy tarzda pasaytirilish holatlari yo’qligi aniqlanadi.
  • Ishlab chiqarish jarayonida brakka hisobdan chiqarilishini tekshirishda yaroqsiz mahsulotlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasining o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishi aniqlanadi.

Yüklə 34,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin