Ishlab chiqarish jarayonining hisobi. Sotish jarayonining hisobi. Asosiy vositalarning eskirish



Yüklə 37,03 Kb.
səhifə1/6
tarix26.10.2023
ölçüsü37,03 Kb.
#161458
  1   2   3   4   5   6
Ishlab chiqarish jarayonining hisobi.


Ishlab chiqarish jarayonining hisobi.

Reja:

  1. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi.

  2. Sotish jarayonining hisobi.

  3. Asosiy vositalarning eskirish



Ishlab chiqarish jarayonining hisobi.
Ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tayyor mahsulot yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning turiga qarab xarajatlar qilinadi. Mazkur xarajatlar tarkibi esa, O‘O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O‘zdavistiqbolstat va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan va 1995 yil 1 yanvarda amalga kiritilgan, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil va 2003 yildagi qarori bilan tuzatishlar kiritilgan «Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish xaqidagi Nizom»da keltirilgan.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetida asta-sekinlik bilan yig‘ilib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar belgilanadi:
-Ishlab chiqarish xaqiqiy xajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulot, hamda mahsulot har bir turi bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarga ega bo‘linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham pul o‘lchov birligida bo‘ladi;
-mahsulot xaqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va uning har bir turi bo‘yicha tannarxga kiritilgan xarajatlar xaqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat haqi, materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schetlar qo‘llanilib, ulardan asosiysi 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» aktiv schetidir. Mazkur schet yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo‘lganidagi so‘ng esa, 2010 scheti kretidan 2800 «Tayyor mahsulot» schetining debetiga o‘tkaziladi.
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz bo‘lsa, har oyning oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida qoldiqlar aniqlanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish bu barcha ishlab chiqarish boskichlaridan utmagan texnika nazorati tomonidan tekshiruv qabul qilinmagan buyum va mahsulotlardir, ya’ni ular texnologik jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» scheti debetida qoldiq siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya usuli orqali aniqlanishi yoki normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha baholnishi mumkin.

Yüklə 37,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin